Xix asr oxiri -XX asr boshlarida Yaponiya
Download 56 Kb.
|
Xix asr oxiri -XX asr boshlarida Yaponiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yaponiyada kapitalistik bozor munosabatlarining rivojlanishi.
www.arxiv.uz Yaponiya XIX asrning ikkinchi yarmida xalqaro ahvoli, tashqi siyosati Reja:
1 . Yaponiyada kapitalistik bozor munasabatlarining rivojlanishi. 2. Ijtimoiy siyosiy harakatlar. 3. Parlamentning tuzilishi va Knstitutsiyaningqabul qilinishi. 4.Yaponiyaning tashqi siyosati. 5 Rus- Yapon urushi va Rossiya - Yaponiya munosabatlari. 1. Yaponiyada kapitalistik bozor munosabatlarining rivojlanishi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yaponiyada feudal ishlab chiqari-rish munosabatlari bilan kapitalistik munosabatlar o`rtasida qarama qarshilik kuchaydi. XIX asrning so`nggi choragi Yaponiya tarixida arVanaviy fiodal mulkchilik bilan yangi, bozor munosabatlari o`rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish davri bo`ldi. Yaponiya yangi tarixining ikknchi bosqichi bo`I-gan 1868-1878-yillarda bo`lib o`tgan davlat to`ntarishi Tokuva syogunligi va imperator qo`sh hokimyatchiligini tutgan, Yaponiya imperatori yakka hukumdorga aylangan edi. Birnchi bosqich XIX asr-ning 40-50 yillarida o`z ichiga olib , bu davr syogunlikning inqirozi davri edi. Shimoldagi yirik yer egalari eski feudal tartiblarni saqlash uchun kurash boshladilar. Tub o`zgarishlar tarafdori bo`lgan , savdo sanoat rivojlangan janubiy Yaponiya bu kurashda yengib chiqdi. To-kugacheva xonadoni qo`lida bo`lgan syogunlik boshqaruvi barham topdi. Mamlakatda " Meydzi islohatlari" deb atalgan bir qator jiddiy iqtisodiy islohatlar o`tkazildi. Aholining tazyiqi va noroziligi tufayli 1867 yilda syogun o`z lavozimidan voz kechdi. Bu bilan nafaqat Tokugava syogunlarining , balki Yaponiyada 700 yildan ortiq davrda hukm surgan harbiy siyosiy rejimga chek qo`yildi. III asrda Yamata qabilalarittifoqitashkil topdi . U o`zini " Tenno " -" Imperator" deb atadi . 1192 yilda Yeritamo Minamoto Xonsyuming Shimoliy sharqiy hokimiyatni qo`lga olib , o`zini syogun ( sarkarda ) deb e`lon qilgan . Bu so`z o`sha paytda Yaponiya hukumdori ma`nosini anglatgan . Shunday qilib "qo`sh hokimiyatchilik " kelib chiqdi. 1603 yil lehsu Tokugacheva (1542 - 1616) syogun bo;ldi va 1868 yilgacha mamlakatni boshqardi. Yaponiya tarixida butunlay yangi davr boshlandi . Endi Yaponiya im-peratori o`ziga xos va sharafli lavozimning to`laqonli egasiga aylandi. o`shanda imperator Musixita ( 1854-1913) taxtga o`tirganda 14 yoshda edi , u mamlakatni 45 yil boshqardi . Tarixda imperatorning yangi boshqaruv tizimi Meydzi ( " Maorifparvarlik idora qilish usuli") nomi bilan ataldi. Bu voqea Yaponiya tarixida " Meydzi inqilobi" nomi bilan yuritiladi. Darxaqiqat , Yaponiya qisqa muddatda o`tkazilgan barcha sohalarini islohatlar natijasida ilg`or, sanoati rivojlangan davlatlardan biriga aylandi. Yaponlar hato taraqqiyot sohasida o`z ustozlari bo`lmish g`arbliklarni ham lol qoldirdilar. Gap shundaki . yaponlar g`arb ilm -fani va texnologiyasini ijodiy o`zlashtirishlari bilan birga o`zlarining eng yaxshi , asrlar davomida shakillanib kelgan udumlari va arVanalarini saqlab qoldilar. Albatta bu o`zgarishlar o`z - o`zidan vujudga kelgani yo`q. g`arb davlatlarining birin - ketin bostirib kirishi , ularning zamonaviy qurollari qarshisidayaponlar butunlay himoyasiz edilar. Hayotning achchiq saboqlari ona Vatanga bo`lgan cheksiz fidoiylik , sadoqat, muhabbat, milliy istiqlol tuyg`usi, milliy totuvlikka o`rgatdi. Barcha vatanparvarlar, Yaponiyaning ilg`or kishilar , ziyolilari, davlat arboblari imperator Musixita atrofida jipslashdilar. Yaponiyaning rivojlangan g`arb davlatlari kabi zamonaviy parlament faoliyat ko`rsata boshladi va imperator bilan bir qatorda mamlakat siyosiy hayotida tobora nufuzi ortib bordi. Eski feodallar toifasi dayme barham topdi . Yangi Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatda hukumat vaqt tizimi joriy etilib , parlament ikki palatadan iborat bo`lib , quyi palata a`zolari tayinlanar edilar . Yapo-niya ta`lim tizimida ham katta o`zgarishlar yuz berdi: huquqshunoslik , ijtimoiy va aniq fanlar jadal sur`atlar bilan rivojlandi. Yapon yoshlari-dan iqtidorlilari tanlab olinib ular nufuzli universitetlarida o`qishga yuborildi. Ular o`z vatanlariga yetuk mutaxassislar bo`lib qaytar edilar va Yaponiyaning ravnaqi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solar edilar . Shunday qilib , yaponlar yangi davrning 200 yildan ko`proq vaqti-da o`zlarini tashqi dunyodan to`sib qo`ysalarda , ammo milliy mustaqilligini saqlab qoldilar. 200 yil o`tgach , yana " o`zliklarini " xorijliklarga " ochib ", qisqa vaqt ichida jahon hamjamiyatidan o`rin olib , dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylandi. Natijada , jahon xalqlari orasida taraqqyotning " yaponcha modeli " vujudgakeldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to`sqinlik qiluvchi qonun va tartiblar bekor qilindi . 1868-1878 yillarda Yaponiya hukumati yangilandi. Yangi hukumat boshlig`1 Arisugava Yaponiyada bozor munosabatlari taraqqiyoti tarafdori edi . 15 yoshli yangi imperator Mu-sixito parlamentga o`xshash Davlat Kengashi tashkil qilishga va`da berdi. Ayrim -ayrim hokimlar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa to`siqlar olib tashlandi . Bu tadbir mamlakat miqiyosida savdo -iqtisodiy aloqalarga yo`I ochdi. Yo`IIarda dehqonlaming shaharga qochib ketishiga qarshi , ularni tutib joyiga qaytarish uchun qo`yilgan poyloqchilar manzillari tugatildi . Chunki , sanoat qishloqdan ishchi kuchi " oqib" kelishidan manfaatdor edi . Bu tadbirlar Yaponiyada ichki bozorning sanoat tarmoqlarining rivojiga xizmat qila boshladi. 1869 yilda " to`rt tabaqa" haqidagi qonun bekor qilindi. Feodal zamindor samurai , dehqon , hunarmand va savdogar tabaqalar rasman teng huquqli deb e`lon qilindi 1871 yili huquqsiz ( pariylar ) quyi tabaqa haqidagi qonun bekor qilindi. Barcha tabaqa vakillari kasb tanlashda erkin , tadbirkorlik ishlariga haqli bo`lishdi. Mamlakatda alohida feudal mulklar tizimi, hokimliklar tugatilib, 75ta prefektura - viloyat tuzildi. Natijada markazlashgan hukumat boshqa-ruvida yuzaga keldi . 1872 yilda yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi. 1877 yilda haqiqiy harbiy xizmatda bo`lmaganlar uchun qilich taqib yurish bekor qilindi . Bu narsa samuralarning izzat - nafsiga tegdi va Saydo Takamori boshchiligida qo`zg`olon bo`ldi . Ammo bu harakat bostirildi. 1871-1878 yillarda qishloq xo`jaligi sohasida islohatlar o`t-kazilib, yerni erkin oldi - sotdi qilish , istagan turdagi ekinlami ekishga ruxsat berildi . Hosildan hissa ko`rinishidagi soliq , pul solig`l bilan almashdi . Yerning mayday bo`laklarga bo;linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi . 1877 -1900 yillar Yaponiya sanoat yuksalishi davrida bo`ldi. Bu davr ikki bosqichga monopoliyalashuvgacha va monopolistik kapitalizm bosqichlariga bo`linadi . Xususan , XX asr boshlarida Yaponiyada rivojlanishining o`ziga xos harbiy feodal imperiya ko`rinishi vujudga keldi. Islohatlar qanchalik ilg`or ruhda bo`lmasin , ular yirik yer egalari, sanoatchilar uchun xizmat qildi . Yangi sanoat korxonalarida va qishloq xo`jaligida oddiy mehnat ahlining ahvoli og`irligicha qoldi. Sharoit qanchalik og`ir bo`lmasin , Yaponiyada kapitalistik munosabatlar tez rivojlana boshladi. Yaponiya kapitalizmi Yevropa taj-ribalaridan sharqda birinchi bo`lib foydalandi . Yevropada uzoq davom etgan yuzaga keltirgan ilg`or sanoat tehnikasini Yaponiya tayor holda olaredi. Bu sohada Yaponiyaga Germaniya, Angliya, Fransiya kabi yirik kapitalistik davlatlar yordam berishdan manfaatdor edilar. Yaponiya davlati esa, kapitalistik ishlab chiqarish keng yulga qo`yish uchun homiylik qilish yo`lidan bordi. Birinchi galda Yaponiya to`qimachilik sanoati tez rivojlandi. 1890 yilda u barcha sanoat tarmoqlarining 45 % ini tashkil etadi . 1868-1885 yillarda 1300 sanoat korxonasi qurildi . Ular dastlab badavlat sanoat-chilarga ijaraga berildi . Keyinroq esa sanoat korxonalari o`z narxini yarmini , hatto 10-15 % iga xususiy qilib sotiladigan bo`ldi. Natijada puldor bank egalari Misui va Misubisi , Sumitoma , Yaasida , Furikava , Kavasaki , Tanaka , Asano kabi bank egalari yirik sanoat korxonalari-ning egalariga aylandilar. Yaponiya sanoat va kapital jamg`arish sohalarida o`sha davrdagi Rossiyadan o`n barobar tezroq rivojlanmoqda edi . Yapon kapitalizmi ko`proq bank kapitalizmi tusini oldi. Sanoat markazlashuvi va ixtisoslashuvidan ko`ra bank sarmoyalari-ning markazlashuvi tezroq bordi . Islohatlar davri , sanoat yangilanish jarayoni , kapital jamg`arish bilan barobar davom etmoqda edi . Mablag`larini savdo , transport va banklarga solish ko`proq foydali bo`lib qoldi. Chunki , hali kapital bilan ishonchli ta`minlanmagan sanoat pul qarz berish katta daromad edi . Lekin yanada kapitalizm taraqqiyoti g`arb davlatlariga nisbatan ancha orqada edi . Yaponiyada yangi islohatlar tezkorlik bilan ro`y berdi. Lekin arTanaviy munosabatlar hali katta ta`sirga ega edi. Shunga qaramay, sanoat rivoji o`z natijasini ko`rsata boshladi . Kapitalizm taraqqiyoti dehqonlarning terdan ajralishi bilan birgalikda bordi . 1883 yilda 33 ming dehqon yeridan ajralgan bo`lsa , 1885 yilga kelib , bu raqam 108 mingga yetdi . Natijada ular shaharga ketib , yollanma ishchilargaaylandilar. Ishchilar ma`lum ijtimoiy qatlam bo`lib shakillandilar. Sanoat egalari yangicha ,ilg`or ishlab chiqarish keng yo`lga qo`yib , mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa boshladilar. Sanoat korxonalarining soni yildan yilga ko`payib bordi . Agar 1868-1877 yillarda 489 ta yangi korxona qurilgan bo`lsa , 1878-1885 yillarda 800 ta yangi sanoat korxonasi foydalanishga topshirildi . Bu jarayon iqtisodiy - ijtimoiy sohalarda sanoatda ishlaydigan mehnat ahlini himoya qiladigan qonun va amaliy vositalar yo`qligi sababli qattiq eksplutat-siya , mehnatkashlarni ezish hisobiga davom etdi . Ishchilar ish haqining juda pastligi , ish vaqtining 15-18 soat davom etishi , korxona qonunchiligi , texnika xafsizligi uchun javobgarlikning yo`qligi, bolalar va ayollar mehnatidan beshafqat foydalanish - blar Yaponiyaning yangi davr taraqqiyotiga xos belgilaredi. Buning ustiga Yaponiya ishchilari va mehnatkashlarining turmush ahvoli og`ir edi . Ular na siyosiy , na ijtimoiy huquqlardan foydalanar edilar. Bunday sharoit albatta noroziliklarga sabab bo`lar edi. Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling