Xix asr oxiri -XX asr boshlarida Yaponiya
Yaponiyaning tashqi siyosati
Download 56 Kb.
|
Xix asr oxiri -XX asr boshlarida Yaponiya
4 . Yaponiyaning tashqi siyosati.
Kapitalistik taraqqiyot yo`liga kirishi bilan Yaponiyaning tashqi harbiy rejalari paydo bo`ldi . Harbiy zavodlar qurish , ko`plab qurol aslahalar ishlab chiqarish boshlandi. 1870 yillarda Yapon ichki bozori juda " tor" edi . Shuning uchun sanoat uchun xom - ashyo va tashqi bozor kerak edi . Yaponiyaning bosqinchilik maqsadlari Koreya , Xitoy , Tinch okean havzasiga qaratildi. Bir guruh samuraylar hech kechektirmay urush boshlash tarafdori bo`ldilar. Saygo Takamori tomonidan ko;tarilgan isyon ko`p qon to`kilishiga sabab bo`ldi . Hukumat samuraylar nafaqasini bekorqilib , ularga bir yo`la tovon puli belgiladi. Tovon puli zayom obligatsiyalari bilan beriladigan bo`ldi. Samuraylarning qilichtaqib yurishi taqiqlandi . Ana shular isyon ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Samuraylar isyoni hukumat tomonidan bostirildi , XIX asrning 70 -yillarida Yaponiya bosqinchilik yurishlari yo`liga kirdi . 1874 yili Tayvan oroliga bostirib kirdi . Lekin Yaponlar uchun bu urush omadsiz bo`ldi . 1872-1879 yillarda Yaponiya Xitoyning noroziligiga qaramay , Ryukyu orolini bosib oldi . AQSh 1875 yilda Yaponiyani tan olib , u bilan dip-lomatik aloqa o`rnatdi . Yaponiya Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orolini Rossiyadan ajratib , o`ziga qo`shib oldi . 1875 yil sentyabr oyida Yaponiya Koreyaga hujum qildi va Koreya bilan uni kamsituvchi bitim tuzildi . Yaponlar uchun Koreya" ochiq " mamlakat deb e`lon qilindi . Yapon mollari bojsiz sotiladigan bo`ldi. Mamlakat portlari Yaponiya uchun ochib qo`yildi. Shu yo`I bilan Koreya , Xitoy ta`siridan ajratib olindi. Yaponiya - Xitoy munosabatlaridagi ziddiyat 1894-1895 yillarda urushga olib keldi. 1893 yili yapon qo`shinlari Koreyaga bostirib kirdi. Dehqonlarning Tonkax boshchiligida qo`zg`olonini bostirish bunga bahona buldi. 1894 yil iyulida Yaponiya Seulda Saroy tuntarishi qilib, Yaponparast hukumat tuzdi va poytaxt garnizonini qurolsizlantirdi. 1894 yil avgustida Yapon-Xitoy urushi boshlandi. Xitoy xarbiy flotining transport kemalari chuktirikdi , shu bilan paral-lel ravishda yapon qo`shinlari urush e`lon qilmasdan Koreyada turgan Xitoy xarbiy kuchlariga xujum qildilar. 1894 yil Xitoy qushinlari E.Chjichao boshligida Pxenyan yonida geografik jixatdan yaqinligi va raqobat qiluvchi yirik davlatlaming uzoqligidan foydala-nib , uzoq Sharqdan ustunlikka ega bo`lishiga yo`I ochdi. Yaponiyaning zamonaviy qurollar bilan ta`minlangan harbiy kuchlari ham quruqlikdan , ham dengizdan xujum uyushtirib,Xitoy harbiy qo`shinlarini mag`lubiyatga uchratdi. 1895 yil 17 aprlda Simonoseki sulhi tuzildi. Xitoy Koreyaning mustaqilligini tan oldi , Lyaudunni` tayvanni , penxu (Peskador) orolini Yaponiyaga berdi. Shuningdek , Yaponiya katta miqdorda tovon to`lashga majbur etildi. Teng bo`lmagan shartnomaga ko`ra , Yaponiya o`z savdosi uchun Xitoyni " ochib" qo`yish , Xitoy hududida yangi sanoat korxonalarini qurish va ularning foydalanish huquqini oldi. Yaponiya - Xitoy urushi Yaponiyani monopolistic kapitalizm yo`liga olib kirdi. Uzoq Sharqda uning harakatlari erkinlashdi . Shu bilan birga g`arb davlatlari bilan Yaponiya o`rtasida no teng iqtisodiy bitimlarni bekor qilinishiga olib keldi. Bu davrda Yaponiyada monopolistic unsurlar bilan chirmashib ketdi. Bu jihatdan Yaponiya Rossiyaga o`xshab ketadi, chunki pomeshchiklar va monarxiya aloqalari juda kuchaygan edi . Ko`pgina Yapon konserinlari feodalizm davrida tashkil topgan savdo sudxo`rlik guruhlaridan "o`sib " chiqdi . Yapon burjuaziyasiga mehnatkashlarni eks-pluatatsiya qilishning kapitalizmga xos bo`lgan usullar , ya`ni bolalarva xotin - qizlarni yarim turma shaklidagi yotoqxonalariga joylashtirib , ular mehnatidan foydalanishni davom ettirdi. Angliya , Fransiya , AQSh dan farqli o`laroq , Yaponiyada hokimi-yat burjuaziya qo`lida bo`lmay , balki pomeshchik - burjuazuya bloki qo`lida edi . Bu narsa ishlab chiqarishda davlat rolini kuchaytirdi . Yaponiya Xitoydan Konstitutsiya tariqasida olgan katta miqdordagi tovon pulini armiya va flotni kuchaytirishga sarfladi. Harbiy buyurtmalar yuzaasidan qilingan hisob -kitoblar natijasida bu mablagiar yirik sanoatga vat emir yo`llarga sarflanadigan bo`ldi. Yaponiya hukumati og`ir industriyani rivojlanishiga alohida e`tibor berdi. 1900-1903 yillarda sanoat ishlab chiqarishi AQSH da 85 % , Germaniya 54 % , Fransiyada 51 % , Angliyada 25 % o`sgan boisa , Yaponiyada 181 % o`sdi. U ishlab chiqarish hajmi bo`yicha Italiyadan o;zib ketib , Fransiyaga yaqinlashdi . Mamlakatda sanoat, savdo - stiqva banklar konsentratsiyalashib , imperialistik monopoliyalar vujudga keldi. llgaridek , pomeshchik yer egaligi va dehqonlarning asoratli ahvoli saqlanib , qolaverdi . Ota - onalar o`z bolalarini fabrikalarda ishlatish uchun sotishar edi . Qashshoqlanib borayotgan Yapon dehqonlari va shahar ishchilarining bir qismi Yaponiya sanoati tavarlarining sotib ololmas edi. Yapon imperialistlari mol sotiladigan yangi bozorlar uchun kurash olib borib , bosqinchilik siyosati yurgizdilar. Mamlakat aholisining turmush sharoiti og`irlashib boraverdi. Yapon hukumati aholi to`g`risida hech qanday g`mxo`rlik qilmay , o`z e`tiborini zo`r berib qurollanishga qaratdi . Yaponiya uzoq Sharqda o`z mavqeyi-ni tiklash uchun reaksion siyosat olib borishdan qaytmadi, Yaponiyaning uzoq sharqda kuchli davlatga aylana borishi g`arb mam-lakatlarining mustamlakachilik siyosatida muhim burilishlarga sabab bo`ldi. AQSh , Angliya , Germaniya , Fransiya o`zlarining uzoq Sharq va Janubiy - sharqiy Osiyodagi siyosatlarida Yaponiya bilan ittifoqdosh bo`lishni o`ylab qoldilar. Rossiya esa o`zining Uzoq Sharqdagi manfaatlarini himoya qilish bahonasida Yaponiyaga qarshi harakatlar boshladilar. Yaponiyada Rossiya bilan urush boshladi. Manjuriya va Kreyadan uni " quvib chiqarish " tarafdorlari ko`p edi. Rossiyada ham Yaponlaming " adabini berib qo`yish " tarafdorlari kam emas edi. 1895 yili Xitoy bilan urushda yengib chiqqan Yaponiya 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi. Bundan maqsad Rossiyaga qarshi urush boshlash edi. Harbiy sanoat tez o`sa boshladi. Metalurgiya zavodi qurildi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1 Karimov I.A. " o`zbekiston buyuk kelajak sari" T., " o`zbekiston" 1998, 669-bet. " Yaponiya mintaqamizning murakkab muammolarini- xavfsiz va barqaror tinchlikka erishish , atrof-muhit muhofazssi masalasini hal etishda faol va manfaatdorlik bilan ishtirok etmoqda" 2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”. 1998. 3. Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. T., “Ma`naviyat” 2008. 4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi , O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. T., “O`zbekiston” 2009. 5. Narochnitskiy A.L " Kolonialnaya politika kapitalisticheskix derjav na Dalnem Vostoke ( 1860 -1895 )" M., Nauka 1973. 6. Yaponiyaning yangi tarixi "M .,Nauka 1972. Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling