8- mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar (2 soat) Reja


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana21.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1790455
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Media 8- mavzu



8- mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy 
tahdidlar (2 soat) 
Reja: 
1. Etnik, milliy, va mintaqaviy muammolarga yoʻnaltirilgan psixologik, diniy 
va madaniy tahdidlar.
2. Axborot tizimida “falsifikatsiya metodi” (feyk)dan foydalanish. 
3. Koʻpmillatli jamiyatda tolerantlik, bagʻrikenglik gʻoyalariga tajovuz va 
tahdidlar. 
4. Hozirgi dunyoda terrorizm, ekstremizm va diniy tahdidlar: moslashuv va 
mafkuraviy kurash.
Insoniyat XXI asrga qadam qoʻygan paytdan 
boshlab yer kurrasining turli mintaqalarida zoʻravonlik, 
diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm kuchayganligi 
kuzatish mumkin. Hozirgi paytda koʻpincha etnik, diniy, 
mafkuraviy tafovutlar ekstremistik xulq-atvor shakllari 
uchun bahona boʻlmoqda. Oʻz gʻarazli maqsadlarini koʻzlovchi muayyan siyosiy 
kuchlarning 
gʻalamisliklari 
esa 
vaziyatni 
tobora 
keskinlashtirmoqda. 
Ekstremizmning kuchayishi esa tinchlikka, insoniyatning barqaror va xavf-xatarsiz 
rivojlanishiga tahlika soluvchi yangi xavf-xatarlar orasida oldingi oʻrinlardan biriga 
chiqib oldi. BMT eʼlon qilgan gʻoyalar, oliy maqsadlar va tamoyillar bilan siyosiy-
milliy, iqtisodiy va boshqa maqsadlarga erishish maqsadida zoʻravonlikning 
yashovchanligini koʻrsatuvchi haqiqiy jarayonlar orasida katta tafovut borligi 
yaqqol koʻrinib turibdi. Insoniyat jamiyat tinch hayotiga va xalqaro barqarorlikka 
tahlika solayotgan global havf-xatarlar orasida tadqiqotchilar, avvalo, quyidagilarni 
koʻrsatib oʻtmoqdalar:
- etnik-milliy mojarolar;
- ozchilikka nisbatan kamsituvchanlik;
- qochoqlar va migrantlarga qarshi ksenofobiya harakatlari;
- irqchilik tashkilotlari va mafkuralari hamda irqiy jabr-zulm harakatlari;
- diniy ekstremizm;
- fikr erkinligi va vijdon erkinligini talab qiluvchi ziyoliylarga qarshi 
zoʻravonlik va quvgʻinlar; 
-himoyasiz guruhlarni marginalizatsiyalash
1
va jamiyatdan badargʻa qilishda 
yoki mazkur guruhlarga qarshi kamsitish va zoʻravonlikda namoyon boʻladigan 
murosasizlik (notolerantlik).
Murosasizlik hozirgi dunyoning eng katta global muammolaridan biriga 
aylandi. Buning mohiyati ayrim kishilar va madaniyatlar oʻrtasidagi tafovutlari 
inkor qilish va bostirishdan iborat. Jamoaviy, institutsional va hatto davlat nuqtai 
nazari darajasiga koʻtarilgan murosasizlik demokratiya tamoyillarini qoʻporadi 
hamda insonning shaxsiy va jamoaviy huquqlari buzilishiga olib boradi.
1
Marginallik oʻz guruhi, uyushmasidan tashqarida boʻlish, umum qabul etilgan meʼyorlar, tushunchalar 
chegarasidan chiqish 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling