8- mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar (2 soat) Reja


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1790455
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Media 8- mavzu

Axborot tizimida 
“falsifikatsiya metodi” 
(feyk)dan foydalanish 


tarqatuvchi saytlar isteʼmolchilari ikki toifaga boʻlingan. Birlari turli «jozibador» 
nashrlarga ahamiyat bermaydilar, Ikkinchisi esa har bir yozilgan narsaga 
ishonadilar va, hatto, ularni tarqatishga koʻmaklashadilar. Afsuski, shundaylar 
koʻpchilikni tashkil etadi. 
2016-yilda Google korporatsiyasi faktcheking funksiyasi – qidiruv jarayonida 
foydalanuvchilar axborotni tekshirish tizimini ishga tushirganligini eʼlon qildi. 
Faktcheking — yolgʻon axborotni tekshirish usulidir. Global tekshirishni maxsus 
kompaniyalar amalga oshirsa-da, bu jarayonga ishonchli manba sifatida 
tekshiruvdan oʻtgan har bir ommaviy axborot vositasi qoʻshilishi mumkin. 
Axborotlarning haqqoniyligini baholashga bugungi kunda bbc, cnn, the guardian, 
the new york times va yana 111 ta kompaniya kirgan. Shulardan eng yirigi google 
mazkur faoliyatni birinchi boʻlib boshladi va faktcheking iborasiga asos soldi. 
Insonning ruhiy oʻziga xosliklari, shuningdek, internetda oʻzini tutishi ijtimoiy 
ongni yolgʻon xabarlar oldida ojiz qilib qoʻyadi. Bugungi kunda feyk yangiliklarni 
koʻngilochar hamjamiyatlarning bezarar koʻngilxushligi deb baholash jiddiy xato 
boʻlar edi. U allaqachon kommunikatsiya texnologiyalarining oʻta samarali turiga 
aylanib ulgurdi va ilmiy hamjamiyat tomonidan jiddiy oʻrganilishi va tahlil etilishi 
kun tartibidagi muhim masalalardan biri boʻlib turibdi. “Fake news” bugungi kunda 
yangilik emas. Misol uchun, ikkinchi jahon urushi davrida ham harbiy harakatlar 
paytida yolgʻon “gʻalaba” xabarlari tarqaldi, uchinchi reyxning koʻplab 
manipulyatsiyasi sodir boʻldi. Polshaning nemis reyxiga hujumi haqida mutlaqo 
soxta maʼlumotlar bor edi oʻsha davrlarda – natija esa halokatli oqibatlarga olib keldi 
– jahon urushi 70 million insonni oʻz domiga olib ketgan jahon urushi boshlandi. 
Federal respublikaning asosiy qonunida mustahkamlangan matbuot erkinligi 
mustaqillik va axborot erkinligi, soʻz va tanqid erkinligini oʻz ichiga oladi. Noshirlar 
va jurnalistlar jamoatchilik oldidagi masʼuliyatdan xabardor boʻlishlari va oʻz 
ishlarida matbuot obroʻsiga sodiq qolishlari kerak. Ular oʻzlarining jurnalistik 
vazifalarini oʻz bilimlari va vijdonlari darajasida, shaxsiy manfaatlar va moddiy 
motivlar taʼsirisiz amalga oshiradilar. Publitsistik prinsiplar matbuotning 
professional axloqini aniqlaydi. Bu konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlarga 
muvofiq matbuot tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash va matbuot erkinligini himoya 
qilish majburiyatini oʻz ichiga oladi. 
Odamlar yolgʻonligi aniq boʻlib turgan axborotga koʻproq ishonishadi. Chunki 
inson tabiatida yolgʻonga ishonish kuchliroq. Yolgʻon xabar jozibadorroq boʻladi, 
yolgʻon xabarda kimningdir shaʼniga nisbatan salbiy fikrlar boʻladi, u, albatta, 
tanqidiy boʻladi. Axborot oluvchilar odatda haqiqiy holat bari bir yashiriladi, degan 
gumonda salbiy mazmundagi axborotga koʻproq ishonadi. Shuning uchun yolgʻon 
axborot qanday koʻrinishda boʻlmasin, unga ishonch kuchliroq va haqiqat 
yuzagachiqquniga qadar odamlar ongida shakllanib ulgurgan boʻladi. Shundan 


soʻng haqiqiy ahvol garchi barcha axborot manbalarida tarqalsa-da, ammo haqiqatga 
bari bir shubha bilan qaray boshlaydilar. 
Axborotni oʻz vaqtida oshkor qilmaslik bilan ham qisman bogʻliq. Shuning 
uchun feyk xabarlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi oson. U yoki bu axborot 
rasmiy manbalarda chop etilmagach, turli kanallarda, bu sohada professional 
boʻlmagan insonlar tomonidan voqealarning notoʻgʻri talqin qilingan holda 
tarqalishi mana shunday oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Feyk xabarlarning 
tarqalishi tezligi bu xabarlarning shov-shuvli ekani bilan bogʻliq boʻlib, unda 
maʼlumotlarning toʻgʻri yo notoʻgʻriligini aholi oʻylab ham koʻrmaydi. 
Insonlar ommaviy axborot vositalarida ongli ravishda yolgʻon axborotlarni 
tarqatsa, ular demokratik jarayonlarga putur yetkazayotgan boʻladilar. Soxta 
yangiliklar atayin tarqatilganda shunday bir vaziyat yuzaga keladiki, endilikda 
odamlar nimaga ishonish yoki ishonmaslik, kimga ishonish yoki ishonmaslikni 
bilmay qolishadi. Bu shunga olib kelishi mumkinki, jurnalistlar muhim haqiqatlarni 
ochib beradigan chuqur izlanishlarni olib borsalar ham, auditoriya alaloqibat kimga 
ishonishini bilmay qoladi. 2019-yilda amerikaliklar orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma 
natijalariga koʻra, feyk xabarlar terrorizmdan koʻra xavfliroq ekanligi eʼtirof 
etilganligi ham bunga yaqqol misoldir. 
Axborot manbasini kamida 3 ta manbadan tekshirish, mediakontentni tanqidiy 
qabul qilish, uni baholay olish, umuman olganda biz yashab turgan bu shiddatli 
axboriy borliqda munosib yashash koʻnikmalarini shakllantirish, axborot isteʼmoli 
madaniyatiga ega boʻlish har jihatdan muhim. Shu oʻrinda koʻproq haqiqat va 
dalillar emas, balki “oʻzimizning ishonchli yigit” boʻlgan soʻzlovchiga ishonch 
muhimligi haqidagi tezis birinchi oʻringa chiqadi. Shuningdek, bu jarayonlarda ikki 
yoqlama standartlar ham yaqqolroq namoyon boʻla boradi. Masalan, biror bir dalil-
isbot keltirmasdan Rossiyani Navalniyni zaharlashda ayblab, sanksiyalar joriy etish 
bilan tahdid qilishadi, u yoqda esa jamol qoshiqchining oʻlimi bilan bogʻliq holat 
allaqachon gʻarb yetakchilarining yodidan chiqib ketgan va ular Saudiya Arabistoni 
bilan faol muloqotni davom ettirishmoqda. 
Hozirgi kunga kelib, bagʻrikenglik ijtimoiy 
munosabatlarning yangi toifasi deya talqin etilmoqda. 
Bagʻrikenglik hodisasining noyob mohiyati uning 
fanlararo xususiyatidan iborat boʻlib, u shuning uchun 
ham 
aksariyat 
gumanitar 
fanlar 
tomonidan 
oʻrganilmoqda. Garchi bagʻrikenglik voqeligini oʻrganish sohasida ayrim natijalarga 
erishilgan boʻlsa ham, bu tushunchaning ilmiy kategoriya sifatida amaliy yoʻnalish 
mohiyati haligacha aniq taʼriflab berilgan emas.
Tolerantlik soʻzi lotincha (tolerantia) soʻzidan olingan boʻlib, sabr-toqat 
maʼnosini bildiradi. Bagʻrikenglikning maʼno va mohiyati turli xalqlarda bir-biriga 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling