Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Menejment va Marketing kafedrasi
Download 1.81 Mb.
|
3-мавзу (7)
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “Menejment va Marketing kafedrasiМаvzu: Statistik ko’rsatkichlar.Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari.Ма’ruzachi: D.Baxromova (PhD)REJA:
Statistika jadvallari tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularni birinchi bo’lib buyuk rus olimi N.K.Kirilov o’zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti bo’lgan “Butun Rossiya davlatini gullash darajasi” (1727 y.) asarida qo’llagan. Ayrim manbalarda statistik jadvallarni yaratuvchisi deb Anshersen (Daniya) hisoblanadi. Lekin uning asari 1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistik jadvallar XVIII asrda paydo bo'lgan. Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi. Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalning maketi deyiladi. Statistikada ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifat tomonlarini ifoda etadi. Ular o’rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini, darajasini, nisbatini va shu kabilarni tavsiflaydi. Ma’lumki, amaliyotda iqtisodiy hayotning turli jabhalariga tegishli ko’rsatkichlar hisoblanadi. Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi., Sifat tomoni korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi. Statistik ko’rsatkichlar tegishliligi bo’yicha bilish, boshqarish, ayrimlari rag’batlantirish funktsiyalarini bajaradi. Statistik ko’rsatkichlarning bilish funktsiyasini mohiyati shundan iboratki, ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni holati va rivojlanishini, yo’nalishi va intensivligini tavsiflaydi. Boshqarish funktsiyasida ular (ko’rsatkichlar) boshqarishning muhim elementlariga aylanadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu funktsiyaning roli yanada ortadi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling