Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Menejment va Marketing kafedrasi
Download 1.81 Mb.
|
3-мавзу (7)
Guruhiy (gruppali) jadvallar deganda jadval egasi biron-bir belgi bo’yicha guruhlarga ajratib berilgan jadvalga aytiladi.
Kombinatsion jadval deganda, bir marta guruhlangan jadval egasi yana guruhlarga, ular yana guruhcha osti guruhlariga ajratilgan, jadval kesimi ham guruhlangan ko’rinish olgan jadvallar tushuniladi. Statistik jadvallarni tuzish va rasmiylashtirish bo'yicha quyidagi qoidalarga amal qilinadi:Jadval uncha katta bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam juda murakkab bo’lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan bog’langan bir nechta jadvalda ifodalash zarur. Jadvalning umumiy sarlavhasi uning mazmunining qisqa ifodasi bo’lishi kerak. Unda vaqt, hudud, o’lchov birligi (agar hamma ko’rsatkichlar bitta o’lchov birligida o’lchansa) ko’rsatiladi. Ustun va qatorlardagi nomlar ham aniq, qisqa va tushunarli bo’lishi lozim. Agarda jadval katta bo’lsa, qulaylik tug’dirish uchun jadvalning ustunlariga tartib nomeri beriladi, qatorlari bir, ikki va h.k yoki A, B, V harflari bilan belgilanishi mumkin. Jadvalda o’zaro bog’liq ma’lumotlar yonma-yon keltiriladi. Jadvalda ko’rsatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga” tamoyilida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi. Jadval ma’lumotlarining hammasi bir xil aniqlikda bo’lishi kerak (0,1; 0,01; 0,001 va h.k). Foizlar berilayotganda, ayniqsa, ularni dinamikasi, quyidagi qoidaga amal qilishi kerak. Masalan, 650% emas, 6,5 marta deb yozgan ma’qul. Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy to’plam bo’yicha yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan bo’lishi kerak.
Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling