8- mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar (2 soat) Reja


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1790455
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Media 8- mavzu

Koʻpmillatli jamiyatda 
tolerantlik, bagʻrikenglik 
gʻoyalariga tajovuz va 
tahdidlar 


oʻxshash tarzda talqin etiladi. Masalan, ispan tilida — oʻz gʻoyalaridan farqlanuvchi 
fikrni tan olish usuli; fransuzchada — oʻzgalar sendan koʻra boshqacharoq 
oʻylashlari yoki harakat qililshlari mumkinligiga yoʻl qoʻyish; inglizchada – sabr-
toqatli, iltifotli boʻlish; xitoychada — boshqalarga nisbatan kechiruvchan, 
muruvvatli, oliyjanob boʻlish; arabchada — kechirimli, marhamatli, yumshoq, 
muruvvatli, rahmli, oliyjanob, sabrli boʻlish; ruschada — nimagadir yoki kimgadir 
nisbatan sabrli boʻlish, ogʻir-vazmin, chidamli boʻlish; nimagadir yoki kimgadir 
toqat qilish, oʻzgalarning fikri bilan hisoblashish, iltifotli boʻlish; oʻzbekchada — 
boshqalarga nisbatan bagʻri ochiqlik, oʻzgalarning turmush tarziga, feʼl-atvoriga, 
urf-odatlariga, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga 
muruvvatli boʻlish va h.k. maʼnolari bildiradi. 
Globallashuv davrida ommaviy madaniyat, har bir davlat qatori, Oʻzbekiston 
yoshlarining baʼzi birlariga taʼsir qilishi va boshqa obyektiv va subyektiv sabablarga 
koʻra, bagʻrikenglik ruhida tarbiya kun tartibiga qoʻyildi.
Tolerantlik — yaʼni bagʻrikenglik — koʻngil holati boʻlib, har bir kishi bu 
holatga erishmogʻi, albatta, qiyin kechadi. Alohida olingan jamiyatda bagʻrikenglik 
ongini vujudga keltirish mushkul va murakkab vazifadir. Bagʻrikenglikning 
samaradorligi uning shaki-shamoyili mazkur jamiyatdagi ustun ong xarakteriga 
naqadar muvofiqligiga bogʻliq boʻladi. Bu narsa avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan 
ong hamjamiyatning poydevori ekanligi bilan belgilanadi. Biz eʼtiqodlarimizga 
qoʻshilgan kishilar bilan yoki tili va madaniyati biznikiga oʼxshash bo’lganlar bilan 
yohud bizning etnik guruhimizga mansub boʻlganlar bilan birlashamiz. Olimlarning 
fikricha, bugun insoniyat tarixi davomida til birligi va etnik yaqinlik tuygʻusi 
insonlar hamjamiyatining asosi boʻlib kelgan. Shu bilan birga biz “oʻzgalarga” – 
bizdan boshqacha boʻlgan kishilarga dushmanlik koʻzi va qoʻrquv bilan 
munosabatda boʻlishga moyilmiz. Bunday tafovut biologik madaniy yoki siyosiy 
voqelikning har qanday darajasida mavjud boʻlishi mumkin. Madaniyat yoki dindagi 
eng muhim anʼanalar hisobiga oʻz birligini saqlab qolgan anʼanaviy 
hamjamiyatlarga nisbatan hozirgi zamondagi barcha millatlar madaniy, diniy va 
siyosiy jihatdan koʻproq xilma-xildirlar.
Haqiqatda, biz ishonib kelgan gʻoyalarning nuqsonsizligiga va biz 
bahslashayotgan qarashlarning yolgʻonligiga hech qanday shubha-gumon 
qolmaydigan boʻlsa, har qanday eʼtiqod – diniy, siyosiy yoki madaniy eʼtiqod 
toqatsizlikka olib borishi mumkin. Etnik oʻzaro munosabatlarda bagʻrikenglik 
haqida gapirish juda mushkul. Chunki ayni etnik soha zamirida turli-tuman 
ixtiloflar, ziddiyatlar, mojarolar uchun xavf yashirinib yotadi. Xalqlar oʻrtasidagi 
munosabatlar keskin va fojiali boʻlib kelganligini tarix tajribasi koʻrsatib turibdi. 
Insoniyat tarixida roʻy bergan koʻpdan-koʻp urushlar davomida ayrim millat va 
elatlar qirib tashlangan, baʼzilari quvgʻinga uchragan. Hozirgi davr kishilar milliy 


ongida ham buning taʼsirini koʻrish mumkin. Xalqlar ongida saqlangan ana shunday 
oʻziga xos adolatsizlik mojarolar toʻgʻrisidagi xotiralar oraga maʼlum sovuqchilik 
tushirib, kishilar oʻrtasidagi munosabatlarni chigallashtirishga sabab boʻladi. 
Etnik bagʻrikenglikni shakllantirish – millatlararo mojarolarning oldini olish va 
bartaraf etishning eng toʻgʻri yoʻldir. Bu jarayonda koʻp xil madaniyatlarni 
birlashtiruvchi yagona makonni vujudga keltirishning ahamiyati kattadir. Buning 
uchun avvalo millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash zarur. Quyidagilar 
ushbu madaniyatning oddiy unsurlari hisoblanadi: 
- “etnik indiferentlik” (beparvolik), yaʼni shaxslar oʻrtasidagi muomalada 
milliy omilni eʼtiborga olmaslik (alohida zarur holatlar bundan mustasno);
- boshqa millat kishilari bilan munosabatda mulohazali bolish;
- har bir kishi har qanday dunyoqarash masalasida oʻz nuqtai nazariga ega 
boʻlishi, oʻz nuqtai nazarini aytish huquqiga ega ekanligi;
- milliy, etnik muammolar xususidagi muhokamada mazkur masala yuzasidan 
oʻzi ega boʻlgan bilimlar hajmigagina tayanish; 
- inson o’zi yashab turgan etnik guruhning marosimlari, rasm-rusumlari, urf-
odatlarini bilishi zarurligi; 
- til masalasi millatlararo muomala madaniyatining eng muhim jihatlaridan biri 
ekanligini esda tutish. 
Bagʻrikenglik ongini shakllantirishning til masalasini hal etishda ommaviy 
axborot vositalari va avvalo televideniyening ahamiyati juda katta. Televideniye, 
radio va matbuotda bagʻrikenglikka unchalik mos kelmaydigan “xeysh spich” – 
bachkana va behayo iboralarning ishlatilishi, shaxsning milliy va diniy tuygʻularini 
ranjitadi hamda bachkana va hayosiz soʻzlarni koʻchaga, kundalik hayotga, 
koʻpchilikning tiliga tushiradi. Demokratik fuqarolik jamiyatida esa, shubhasiz, 
bunga yol qoʻyib boʻlmaydi. 
Taʼlim, uslubiy yoʻnalish barcha pogʻonalardagi taʼlim muassasalarida 
bagʻrikenglik ongini, dinlarga sabr-toqat bilan qarashni shakllantirishga va 
madaniyatlararo 
muloqotni 
oʻrgatishga qaratilgan taʼlim dasturlari va 
texnologiyalarini yaratib joriy etishni, muassasalarda ommaviy kommunikatsiyalar 
sohasidagi mutaxassislarni, davlat xizmatchilarini, shuningdek huquq-targʻibot 
idoralari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha maxsus 
dunyoqarash psixologik treninglar (mashgʻulotlar) oʻtkazish lozim. 
Hozir internet orqali tarqatilayotgan va yil sayin tobora keng va xilma-xil tus 
olayotgan virtual zoʻravonlikka, shuningdek elektron ommaviy axborot 
vositalaridan, video va kitob mahsulotlarida tasvirlanayotgan jangari manzaralarga 
qarshi turadigan ichki dunyoqarashni shakllantirish masalasi kun tartibiga 
qoʻyilmoqda.


Bagʻrikenglik muammosi yuzasidan erkin, oshkora muloqot va muhokamaga 
koʻmaklashish, tolerantlik qadriyatlarini ommalashtirish hamda toqatsizlikni targʻib 
qiluvchi guruhlar va mafkuralarga nisbatan loqaydlik koʻrinishlari xavfli ekanini 
tushuntirib berish ishida kommunikatsiya vositalari birinchi darajali ijobiy roʻl 
oʻynashi mumkin. Ijtimoiy portlashlar xavfni kamaytirish maqsadida millatlar va 
dinlararo toqatsizlik bilan bogʻliq boʻlgan inqirozlarning oldini olish va bartaraf 
etish sohasida faol qarshi tashviqot olib borish zarur.
Bugungi kunda istalgan maʼlumotni bir necha soniyalar 
ichida topish va undan foydalanish mumkin. Lekin bir 
yomon tomoni bu oʻrgimchak toʻriga filtr oʻrnatilmagan 
u xar qanday maʼlumotni topib beradi. Gʻarazli kimsalar 
tarqatayotgan maʼlumotlarni ham. Ular ijtimoiy 
tarmoqlarda oʻzlariga “Allohning quli” “Allohning 
qilichi” “Ummu falona” va shu singari jarangdor nomlar qoʻyib sodda insonlarni oʻz 
domiga tortishmoqda. Ular dinni oʻziga niqob qilgan ekstremist terrorchilardir. 
Diniy ekstremizm qanday paydo? Qachon paydo boʻldi?
Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning 
ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. “Terrorizm” soʻzi birinchi marta 1793–1794-
yillarda Fransiya inqilobi davrida isteʼmolga kiritilgan. Oʻsha davrda bu soʻz ijobiy 
maʼnoda qoʻllangan va hukmdorlar tomonidan xalqqa nisbatan zulm oshib ketganda 
unga qarshi kurash ifodasi sanalgan. Shunday boʻlsada ular hech qachon ijtimoiy 
barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etib oʻtish 
lozim. Zero hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega boʻlib, 
dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. 
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib 
fikr va qarashlarning paydo boʻlishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan 
kishilar oʻzlari qilayotgan ishlarni toʻgʻri deb hisoblagan holda, har qanday 
nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yoʻlga boshlagan 
“rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan gʻayriinsoniy xarakterga ega. Ularning 
asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligini barpo etish kerak deb 
kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, 
dinni niqob qilib olib hokimiyatni qoʻlga olish, bu yoʻlda “insonʼʼ deb atalmish 
buyuk jonzotni oʻldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada 
ham oʻz yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Bu yot 
gʻoya tarafdorlari qilgan buzgʻunchiliklarni hali hech kim unutmagan. Oddiygina 
misol 2001- yil 11- sentyabrni eslaymiz: Bundan roppa-rosa 18 yil avval — 2001-
yil 11-sentabrda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida roʻy bergan fojia 
koʻpchilikning yodida. Oʻshanda mahalliy reyslarda parvoz qilayotgan toʻrt 
samolyot terrorchilar tomonidan egallab olinib, Nyu-Yorkdagi mashhur 110 qavatli 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling