ASMAUL HUSNA marafoni
ALLOHning 99-ta go'zal ismlari
ROBBI ZIDNI ILMAH
Bismillah
ASMAUL HUSNA | 1-kun
-
Alloh الله - Ismi a'lam, ismi zot, ismi asl, ismi jome, ismi a'zam
-
Ar-Rohman اَلرَّحْمٰنُ - Bu dunyoda barchaga - mo'minga ham, kofirga ham ne'mat beradigan marhamatli va mehribon Zot
-
Ar-Rohim اَلرَّحٖيمُ - Oxiratda faqat mo'minlarga rahm-shafqat qiladigan rahmli Zot
-
Al-Malik اَلْمَلِكُ - Barcha maxluqotlarning haqiqiy egasi, cheksiz mulku saltanat sohibi bo'lgan mutlaq podshoh Zot
-
Al-Quddus اَلْقُدُّوس - Barcha aybu nuqsonlardan va noloyiq sifatlardan pok zot
-
As-Salam اَلسَّلَامُ - O'ziga hech qanday nuqson yetmaydigan; bandalariga salomatlik ato etadigan; jannat ahliga salom beradigan Zot
-
Al-Mumin اَلْمُؤْمِنُ - Iymon ato etadigan; moʻminlarga omonlik beradigan Zot
-
Al-Muhaymin اَلْمُهَيْمِنُ - Hamma narsani bilib, qamrab, kuzatib turadigan va saqlab qoʻriqlaydigan Zot
-
Al-Aziz اَلْعَزٖيزُ - Magʻlub boʻlmaydigan mutlaq aziz, gʻolib Zot
-
Al-Jabbar اَلْجَبَّارُ - Hukmini butun borliqqa oʻtkaza oladigan mutlaq hukmron; isloh qiladigan Zot
-
Do'stlaringiz bilan baham: |