Аълохон махдум жоме масжиди
Download 79.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqАЪЛОХОН МАХДУМ ЖОМЕ МАСЖИДИ лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- PESHTOQDAGI YOZUVLAR
A’LOXON MAXDUM JOME MASJIDI Kosonsoy shahri markazidagi A’loxon Maxdum jome masjidi XVIII asrda bunyod etilgan (Jome ko‘chasi, 53). Qurilishni namanganlik «Soqov hoji» laqablik usta me’mor Siddiq boshqargan. Masjid kosonsoylik mahalliy boy Sayyid A’lamboy mablag‘iga qurilgan. Hozirgi kunda dastlabki binolardan faqat jome xonakohi va kirish darvozaxonasi saqlanib qolgan. 1992–1996 yillarda darvozaxona va xonaqohga taqab ularni o‘zaro bog‘lab turuvchi yangi darvozaxona hamda oldi ayvon, ikki qavatli, gumbazli ulkan masjid qurilgan. PESHTOQDAGI YOZUVLAR Bosh peshtoq janubga qaragan. Masjidning umumiy maydoni 95x88 m.ni tashkil etadi. Rekonstruksiya jarayonida qadimgi darvozaxona o‘ng qanoti yangi darvozaxonaga bog‘lovchi devor bilan, chap qanoti ikki qavatli bino va burchagida minorasifat ustungo‘sha bilan mustahkamlangan. Dastlabki darvozaxona ichki peshtoqiga bag‘dodiy usulidagi o‘ymakor eshik o‘rnatilgan. Eshik tepasidagi ravoqsimon shaklda Bobo Asliy Damovandiy qalamiga mansub (XI asr so‘fiy shoiri) ruboiy keltirilgan. Birok mazkur ruboiy matnida ba’zi farqli o‘rinlar mavjud. Binobarin, matndagi ba’zi so‘zlar ularning sinonimlari bilan almashtirilgan. Masalan, « » - «kadah» so‘zining o‘rniga « » - «jom» so‘zi bitilgan. Nasx xatidagi matnning ko‘kish harflari oq fonda ifodalangan. Bitik masjid rekonstruksiyasi davrida yozilgan. O‘ymakor eshik har ikki toqasining yuqori qismida suls xatida yozilgan matn va uning ikki yuqori burchagida sana mavjud. O‘ng toqasida Qur’oni karim «Naml» surasining 30-oyati, chap toqasida «Mu’minun» surasining 29-oyati keltirilgan. To‘rt burchak yuqori burchaklarida esa 1994 sana qayd etilgan bo‘lib, u eshikning shu yilda yasalganini bildiradi. YAngi darvozaxona peshtoqi tepasiga ishlangan ikkita minorasifat tokcha bandining 4 tokchali mezanasi gumbazchalar bilan yakunlangan. Tokcha bandi va mezana sharafalar bilan ajratilgan, ular orasidagi belbog‘da matnlar mavjud. Xususan, o‘ngdagi belbog‘da «Alloh», chapdagi belbog‘da «Muhammad» so‘zlari g‘isht terish san’ati orqali nasx xati shaklida hosil qilingan. Peshtokdagi darvoza har ikki tabaqasi tepasidagi mehrobsimon uch burchak shakl hoshiyasi va markazida matn mavjud. Darvoza chap tabaqasining gorizontal hoshiyasida «Basmala», o‘ng va chap burchagidagi hoshiyasida Qur’oni karim «Oli Imron» surasi 100-oyatining to‘liq shakli nasx xati bilan, markazida «Baqara» surasining 215-oyatidan olingan jumla suls xati bilan yozilgan. Harakat belgilari izchil qo‘yilgan. Darvoza o‘ng tabaqasining mehrobsimon uchburchagi markazida Qur’oni karim «Oli Imron» surasining 173-oyatidan olingan jumla suls xati bilan, xoshiyada esa mazkur suraning 173-174-oyatlari to‘liq shakli nasx xati bilan yozilgan. Harakat belgilari izchil qo‘yilgan. Darvoza har ikki tabaqasining yuqorisidagi to‘rt burchak naqshlar orasida ham matnlar bor. Jumladan, o‘ngdagi to‘rt burchakda «Basmala», chapdagi to‘rt burchakda «Qalam» surasining 4-oyati sulsi mushakkal usuli (harflardagi gorizontal va vertikal chiziqlarning o‘zaro murakkab chatishmasi)da naqsh etilgan. Hovlining g‘arbida masjidning qadimgi xonaqohi (13x13 m), shimolida yangi xonaqoh, janubida esa ikki qavatli namozxona joylashgan. Masjid rekonstruksiyasi jarayonida eski xonaqoh old qismiga peshtoq qurilib, naqshinkor eshik o‘rnatilgan. Mazkur eshik tepasidagi lavhaga «basmala», eshik o‘ng qanoti yuqorisidagi lavhaga «Alloh», chap qanoti yuqorisidagi lavhaga «Muhammad» so‘zlari nasx xatida yozilgan. Qadimgi xonaqoh katta gumbaz ostida joylashgan bo‘lib, uning sakkiz qirrali poygumbazi to‘rt burchak asosga tayangan. Mexrob ichi va asos devorining izorasiga ganchdan mehrobiy shakllar ishlangan. Mehrob peshtoqi va to‘rt burchak asos tepa xoshiyasi kontrast ranglarning o‘zaro uyg‘unligini saqlagan holda chizilgan turli naqshlar bilan bezatilgan. Xonaqohning shimol tarafidagi arkadan yangi xonakohta, ikki qavatli namozxonaga olib boradigan yo‘lak joylashgan. YAngi xonaqoh janubga qaragan old qismiga ikki kavatli ayvon ishlangan. Ayvon ustunlari muqarnasidan pastroqdagi belbog‘ aylanasiga nasx xatida yozilgan «Kalimayi toyyiba» joylashtirilgan. Ayvon shiftining yog‘ochdan ishlangan karnizlari orasidagi piromonga «al-Asma al-xusna» («Go‘zal ismlar»)dan olingan Alloh ismlari joylashtirilgan (sharqi-g‘arbiy yo‘nalishda). Xonaqohning sharqiy kismi ikki qavatdan iborat. 1-qavatdagi namozgohning 11 ta bo‘lakka ajratilgan shifti 10 ta ustunga tayanadi. Har bir ustun boshasiga ishlangan betakror shakl va nafis naqshlar orasiga nasx xatida yozilgan «Kalimayi toyyiba» joylashtirilgan. YAngi xonaqohning mehrob oldi maxsus supali maydon bilan ajratilgan. Xonaqohning g‘arbiy hamda janubiy, shimoliy devorlari asosan qirma ganch usulida muzayyan etilgan. Devorlardan o‘rin olgan turli shakldagi lavhalarda matnlar majud. SHimoldan boshlab, g‘arbiy va janubiy tomonda davom etuvchi devor hoshiyasida «al-Asma al-xusna» («Go‘zal ismlar»)dan olingan Alloh sifatlarini bildiruvchi ismlar zikr etilgan va unda yuqorida qayd etilgan matn aynan takrorlangan. Biroq bu matnda ba’zi kamchiliklar mavjud. Odatda matn boshida keltiriladigan « » («Go‘zal ism-lar») jumlasidagi « » - «ismlar» so‘zi matn boshida, « » - «go‘zal» so‘zi matn oxirida yozilgan. G‘arbiy devorning yuqori qismi ikki chetidagi bo‘lakka naqshlar ishlangan. Mehrob tepasidagi nayzasimon kitobaga nasx xatida yozilgan ikki qator matn joylashtirilgan. Jigarrangdagi harflarning cheti zar va oq rang bilan hallangan. Matn u qadar xattotlik namunasi darajasida ifodalanmagan. Nayzasimon shaklning birinchi qatorida «Kalimayi toyyiba», ikkinchi qatorida Qur’oni karim «Ahzob» surasining 56-oyati keltirilgan. Pastroqdagi lavhada nok va uning yaproqlarini bildiruvchi kompozitsiya ishlangan. Ung yaproqda «Taavvuz», chap yaproqda «Basmala» nasx xatida, tepasida «Alloh», o‘rtasida Qur’oni karim «An’om» surasining 102-oyatidan olingan kalima tugro usulida yozilgan. Pastdagi markaziy bo‘lakda katta mehrob, uning ikki yonida kichikroq mehroblar joylashgan. Har uchala mehrob muqarnasi tagidagi belbog‘da kufiy xati bilan shohona usulida bitilgan matn ifodalangan. O‘ng tarafdagi mehrob belbog‘ida «basmala», chapdagi mehrob belbog‘ida «Kalimayi toyyiba», o‘rtadagi mehrob belbog‘ida Qur’oni karim «Isro» surasining 84-oyati yozilgan. O‘rtadagi mehrob ravog‘ining hoshiyasida matn mavjud. Ravoq o‘rtasidagi doira ichiga «Alloh» so‘zi, hoshiyasiga Qur’oni karim «An’om» surasining 59-oyati nasx xatida yozilgan. Mehrobning shimol va janubidagi devori o‘zaro simmetrik bo‘laklarga bo‘lib bezatilgan. O‘z navbatida, mehrob shimoli va janubidagi katta bo‘laklar gorizontal yo‘nalishda joylashgan och yashil lavha vositasida ikkiga ajratilgan. SHimoldagi lavhada Qur’oni karim «Oli Imron» surasining 104-oyati zarhal harflar bilan bitilgan. Mazkur bo‘lakning tepa kismida ikkita ravoq mavjud. Ravoqlar ichidagi doirada «Xulafoyi roshidun» ismlari, ellipsoid shakllar ichida Qur’ondan olingan oyatlar yozilgan. Ungdagi ravoq doirasida Abu Bakr ismi, ellipsoid shakl ichida Qur’oni karim «Haj» surasining 32-oyatidan olingan jumla nasx xatida yozilgan. Harakat belgilari izchil. Bu qismdagi barcha matnlar o‘rtacha xatda yozilgan. CHapdagi ravoq doirasida Umar ismi, ellipsoid shakl ichida Qur’oni karim «Haj» surasining 30-oyatidan olingan jumla nasx xatida yozilgan. Mehrob o‘ng tomonidagi bo‘lakning quyi qismiga 5 ta mehrobiy shakl ishlangan bo‘lib, uning tepasidagi lavhalarda Sa’diy SHeroziy qalamiga mansub she’r keltirilgan1. Matnning oq rangdagi harflari ko‘k, och yashil fonga o‘rtacha nasta’lik xatida yozilgan. Bitikda xatolar uchraydi. Mehrob janubidagi katta bo‘lak ham gorizontal yo‘nalishda joylashgan och yashil lavha vositasida ikkiga bo‘lingan. Ushbu lavhada Qur’oni karim «Tavba» surasining 18-oyati bitilgan. Mazkur bo‘lak tepa ravoqlari ichidagi doiralarda ham xulafoyi roshidun ismlari, ellipsoid shakllar ichida Qur’ondan olingan oyatlar yozilgan. Ungdagi ravoq doirasida Usmon ismi, ellipsoid shakl ichida Qur’oni karim «Baqara» surasi, 238-oyati nasx xatida yozilgan. CHapdagi ravoq ichidagi doirada Ali ismi, ellipsoid shaklda Qur’oni karim «Ankabut» surasining 45-oyatidan olingan jumla yuqoridagi matn kabi nasx xatida yozilgan. Mehrob janubidagi bo‘lakning quyi qismiga xuddi shimoliy devordagi kabi 5 ta mehrobiy shakl va uning tepasidagi lavhalarda SHarafiddin Sanoiy2 (XVII—XVIII) va Sa’diy SHeroziy (XIII) qalamiga mansub she’r keltirilgan. Matn ko‘k, och zangor fonga ok rangdagi harflar bilan bosma xat ko‘rinishiga yaqin shaklda yozilgan. SHimol tarafdagi devor ham gorizontal yo‘nalishda ikkiga bo‘lingan. Bo‘lakning tepa qismi vertikal yo‘nalishda beshta ravoqqa ajratilgan va har bir ravoqda (o‘ngdan chapga) suls xatida yozilgan «basmala»dan so‘ng Qur’oni karimning «Fotiha», «SHarh», «Zalzala», «Qoria», «Takosur» suralari to‘lig‘icha keltirilgan. Harakat belgilari izchil qo‘yilgan. O‘rtacha nasx xatida yozilgan Qur’on matni yozilishida xatolar uchramaydi. SHimoliy devorning pastki qismi vertikal yo‘nalishda 6 ta to‘rt burchakka bo‘lingan. Mazkur shakllarning sharqi-g‘arbiy yo‘nalishida joylashgan 2 ta lavhada Alisher Navoiy (1441-1501)ning she’ri yozilgan.3 Janub tarafdagi devor gorizontal yo‘nalishda ikkiga bo‘lingan. Bo‘lakning tepa qismi vertikal yo‘nalishda 5 ta ravoqqa ajratilgan va sharqi-g‘arbiy yo‘nalishdagi har bir ravoqda «Basmala»dan so‘ng Qur’oni karimning «Kofirun», «Ixlos», «Falaq», «Nos» suralari to‘lig‘icha keltirilgan. Matn nasx xatida yozilgan, harakat belgilari izchil qo‘yilgan. SHimoliy devorning pastki qismi vertikal yo‘nalishda bo‘laklarga bo‘linib, mehrobiy shakllar bilan bezatilgan. Mazkur shakllarning g‘arbi-sharqiy yo‘nalishida joylashgan 2 ta lavhada ham 0Alisher Navoiyning she’ri yozilgan4. Xonaqoh 2-qavati g‘arbida joylashgan markaziy hovuzakning g‘arbiy sarrovi tashqi sathida nasx xatidagi duolar bitilgan. SHarq tarafda joylashgan markaziy xovuzak araqi sarrovining ichki sathida ham nasx xatida yozilgan matnlar mavjud. Bu erda Muhammad payg‘ambar hadisi shariflari keltirilgan. Hovuzakning janubiy sarroviga Sa’diy SHeroziy she’ri joylashtirilgan.5 Matn xattotlik darajasida yozilmagan. Hovuzakning sharqiy sarrovida arab shoirlaridan Abu-l-Atohiya kunyasi bilan tanilgan Abu Ishoq Ismoil ibn Qosim al-Ayniy (747—826)ning diniy-tasavvufiy mazmundagi mashhur qasidasidan olingan baytlar nasx xatida yozilgan. Hovuzakning shimoliy sarroviga ham Sa’diy SHeroziyning 2 bayt she’ri bitilgan. Masjid 1974-1979 yillari Toshkentdagi ilmiy restavratsiya ustaxonasi loyihasi asosida, 1981-1983 yillarda mahalliy ustalar tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlangan. Ta’mirlashda xalq amaliy san’ati ustasi Abduxakimxo‘ja Husayinov va uning shogirdlari qatnashganlar. SHo‘rolar davrida obidaning masjid sifatidagi faoliyati to‘xtatilgan va 1940 yilgacha qarovsiz qolgan. 1940-1949 yillarda atlas to‘kish sexi sifatida foydalanilgan. 1950-1980 yillarda ikkinchi jahon urushi davrida etim qolgan va boquvchisini yo‘qotgan turli millat vakillariga uy-joy qilib berilgan. 1980 yildan istiqlolgacha Harbiy va mehnat shuhrati, o‘lkashunoslik muzeylari faoliyat ko‘rsatgan. 1989 yildan masjidga o‘z maqomi qaytarilib, «A’loxon maxdum» jome masjidi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmokda. Masjidning qadimiyligi va o‘ziga xos me’moriy qurilmasi e’tiborga olinib, madaniy meros ob’ekti sifatida davlat muhofazasiga olingan. Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling