1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Ahmoniylar davlatining O’rta Osiyoni bosib olishi. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi. To’maris va Shiroq jasorati. Frada va Skunxa qo’zg’aloni


Download 0.65 Mb.
bet5/83
Sana24.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1117940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Tarix

6.Ahmoniylar davlatining O’rta Osiyoni bosib olishi. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi. To’maris va Shiroq jasorati. Frada va Skunxa qo’zg’aloni. Miloddan avvalgi VI asr o’rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo’lgan Ahamoniylar xonadoni hukmdorlari tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan imperiya barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II o’rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko’rgan ilk fors podshosi bo’lgan. Mil. avv. 545 va 540-yillar oralig’ida u Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530- yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi. Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to’g’risida "tarix otasi" Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning malikasi To’maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo Fors shohi bu taklifni rad etadi va Amudaryodan kechib o’tishni boshlash to’g’risida farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to’g’risida shunday hikoya qiladi: "Bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog'i edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o’q yog'dirishdi. o’qlari tugagach, qo’llariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Hech kim cheki-nishni xayoliga keltirmasdi. Ko’p qon to’kildi. Nihoyat, massagetlarning qo’li baland keldi. Fors qo’shinlarining ko’pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o’zi ham halok bo’ldi". O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida Miloddan avvalgi 522-yilda Doro I taxtga otirdi. Doro I hukmronligining birinchi yili Marg’iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo’zg'oloni ko’tarildi. Qo’zg'olonga Frada rahbarlik qiladi. Qo’zg'olonchilar bilan forslar qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 522- yilda bo’ladi. Fradaning o’zi asirlikka olinadi va miloddan avvalgi 521-yilda qatl etiladi. Bu voqea haqidagi malumot Behistun kitoblarida keltirilgan.Doro I hukmronligining uchinchi yilida saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish haqida Behistun bitiklarida shunday deyilgan: "Shoh Doro ayturki: keyin qo’shin bilan saklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi o’tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar jangga kirdilar. Men daryodan o’tgach, saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga o-dim... Ularning Skunxa degan sardorini qo’lga tushirib, huzurimga keltirdilar. Shunda men ularga boshqa bir sardor tayinladim. Men shunday bo’lishini xohladim. So’ngra bu mamlakat menga tobe bo’ldi". Bu yurish haqida tarixchi Poliyen (miloddan avvalgi II asr) shunday deb yozib qoldiradi:saklar rivoyatiga asoslanib, forslarning qoshiga sak qabilasidan cho’pon Shiroq keladi, u fors qo’shinlarini o’zidan boshqa hech kim bilmaydigan so’qmoq bilan saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suvsiz cho’l-biyobon bo’ylab yetti kun yo’l bosishgach, tashnalikdan do’zax azobini chekayotgan forslar o’zlarining aldanganliklarini sezib qoladilar. Forslar jasur cho’ponni chopib tashlaydilar, Doro I ning saklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Doro I, uning vorisi Kserks hukmronligi davrida bosib olingan viloyatlardan O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida ham qatnashdilar. Mashhur Marafon jangida fors qo’shinlari markazida muvaffaqiyatli urushgan saklar o’zini ko’rsatadi. Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan o’rta Osiyolik jangchilar qurol-yaroglarini mufassal tasvirlagan. Sak va baqtriya suvoriylari Kserks armiyasida eng yaxshi jangchilardan bo’lishgan.O’rta Osiyo xalqlari ustidan ahamoniylar hukmronligi 200 yildan ko’proq davom etdi. Faqat mil. avv. IV asrda saklar, xorazmiylar va massagetlar Ahamoniylar davlati tarkibidan chiqib mustaqil bo’ldilar.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling