1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


O’zbеkiston iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining o’rni. Agrar islohotlar


Download 0.65 Mb.
bet65/83
Sana24.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1117940
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Bog'liq
Tarix

69. O’zbеkiston iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining o’rni. Agrar islohotlar. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi salmog’i sanoatdan so’ng ikkinchi o’rinni egallaydi. Sho’ro mustamlakachiligi yillarida yuritilgan shovinistik va zo’ravonlik siyosat tufayli o’zbekiston qishloq xo’jaligi bir tomonlama, faqat paxtachilikka moslab rivojlantirildi va mamlakatda paxta yakka hokimligi vujudga keldi.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakat qishloq xo’jaligini milliy mustaqillik talablari asosida har tomonlama rivojlantirish imkoniyatini beradigan shart-sharoitlarni yaratishni ko’zlab tub islohotlarni amalga oshirish dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo’yildi.Qishloqda tub islohotlarni o’tkazishning asosiy omillari quyidagilardan iborat: 1)Xalq xo’jaligi barcha sohalari taraqqiyoti qishloq xo’jaligining ishlab chiqarishiga bog’liq. Iqtisodiyotning asosiy qon tomiri bo’lgan sanoat ham bundan mustasno emas. 2)Mamlakat aholisining oziq-ovqat va kiyitn kechakka bo’lgan ehtiyojini ham yuksak darajada rivojlangan va taraqqiy etgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishisiz to’la qondirish mumkin emas. o’zbekiston aholisining asosiy qismi-60 foizdan ortiqrog’i qishloqda yashaydi. Sanab o’tilgan va boshqa bir qator omillar taqozosiga ko’ra mamlakat rahbariyati mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab bu sohaga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Dastlab, 1992-yilda Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasida qishloq xo’jaligi masalalari bilan shug’ullanuvchi kompleks tashkil qilindi. Sohaga rahbarlikni takomillashtirish ishlari doimo respublika parlamenti va davlat rahbarining diqqat markazida bo’ldi. Islohot yillarida mamlakat parlamenti bir qator qonunlar majmuasini qabul qildi: «Yer to'g’risida»gi (1998-yil), «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g’risida»gi (2000-yil), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g’risida»gi (1991-yil), «Ijara to'g’risida»gi (1991-yil), «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi (1992-yil), «Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to'g’risida»gi (1993-yil), «Suv va suvdan foydalanish to'g’risida»gi (1993-yil), «Yer solig’i to'g’risida»gi, «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to'g’risida»gi (1995-yil), «Naslchilik to'g’risida»gi (1995-yil), «Qishloq xo’jaligi kooperativi (Shirkat xo’jaligi) to’g’risida»gi (1998-yil), «Dehqon xo’jaligi to'g’risida»gi (1998-yil), «Fermer xo’jaligi to'g’risida»gi (1998-yii) qonunlar va «O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi» (1998-yil) shular jumlasidandir. Milliy istiqlol-yillarida mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mamlakat qishloq xo’jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi. Qishloqda amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida mamlakatda sho’rolar davrida hukm surgan «sotsialistik mulk»ning ikki shakli: davlat mulki va jamoa mulki (amalda u ham davlat mulki edi) o’rniga ko’p ukladli xo’jaliklar shakllantirildi. O’zbekistonda shakllantirilgan ko’p ukladli xo’jaliklar quyidagilardan iborat: 1)Kooperativ mulk sektori: jamoa xo’jaliklari, xo’jaliklararo korxonalar,shirkatlar, uyushmalar, davlat xo’jaliklari negizida tashkil etilgan xo’jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermalar va hokazo. 2)Davlat mulki sektori: davlat xo’jaliklari, naslchilik zavodlari, o’quv tajriba hamda tajriba xo’jaliklari.3)Xususiy mulk sektori: dehqon va fermer xo’jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar.4)Aholiga qarashli bo’lgan shaxsiy tomorqa yordamchi xo’jalik sektori.1996-yil 21-mayda o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «2000-yilgacha bo’lgan davrda o’zbekiston Respublikasi qishloq infra-strukturasini rivojlantirish Dasturi to'g’risida» Qaror qabul qildi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to’liq va samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish tadbirlari belgilandi.Xullas, mustaqillik sharofati tufayli o’zbekistonda agrar sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida Sho’ro mustamlakachiligi davridagidan keskin farq qiluvchi tub sifat tizimi vujudga keldi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling