1. O`zbekiston Respublikasi Bojxona organi asosiy vazifalari, huquqlari


Bojxona organlarining majburiyatlari


Download 143.91 Kb.
bet3/8
Sana27.10.2023
Hajmi143.91 Kb.
#1725965
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bojxona777

Bojxona organlarining majburiyatlari

  • yagona davlat bojxona siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojlar to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilishga;

  • davlat xavfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga ko‘maklashishga;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llanish bo‘yicha belgilangan tartibda uslubiy ko‘rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni nashr etishga;

  • yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish hamda bojxona chegarasidan o‘tish vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishga;

  • faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishga;

  • o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni oshkor etmaslikka majburdirlar.

  • Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradilar.

O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari belgilandi. Mazkur yangi stavkalar 2021 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Qayd etilishicha, yangi stavkalarni belgilashda Jahon savdo tashkiloti talablari inobatga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 
Ayni vaqtda amalda bo‘lgan bojxona yig‘imlari stavkalari Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 apreldagi “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida” 204-son qarori bilan belgilangan bo‘lib, u o‘z ichiga 19 ta bojxona yig‘imlari turlari olgan edi. 
Mazkur bojxona yig‘imlari stavkalarining aksariyati foizda belgilangan bo‘lib, Jahon savdo tashkilotining (JST) Savdo jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim talablariga muvofiq emas.
Jahon savdo tashkilotining Savdo jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan bojxona yig‘imlari stavkalari JST va boshqa xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda belgilangan. 
Bundan tashqari stavkalarni belgilashda JST va Jahon bojxona tashkilotining asosiy talablaridan biri, ya’ni bojxona yig‘imlari faqatgina bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash asosida belgilanishi lozimligi inobatga olingan.

Download 143.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling