Ii bo’lim. Bilimlarni nazorat qilishga mo’ljalangan dasturiy vositalar


Download 246.43 Kb.
bet1/16
Sana22.11.2021
Hajmi246.43 Kb.
#176342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
10-mavzu


II BO’LIM. BILIMLARNI NAZORAT QILISHGA MO’LJALANGAN DASTURIY VOSITALAR.

5-Mavzu:Bilimlarni nazorat qiluvchi dasturiy ta’minot. Reja:

    1. Oliy ta‘lim muassasasida pedagogik nazorat

    2. Pedagogik test o‘tkazish tushunchasi

    3. Pedagogik test o‘tkazish sifatining asosiy mezonlari

    4. Test materiallarini tayyorlash tartibi

    5. Test topshiriqlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar



Oliy ta’lim muassasasida pedagogik nazorat.

Hozirgi vaqtda ta‘limning intensiv usullariga o‘tish bosqichida bo‘lgan respublikamiz oliy ta‘lim tizimi o‘z pedagogik nazorat tizimini takomillashirmoqda.

Pedagogik nazoratning sifatini oshirish, eng yaxshi shakl va usullarini izlab topish, tejamkorligini oshirish, maqbullashtirish usullarini topishga qo‘yilayotgan talablar oshib bormoqda.

O‘qitishning borishi va natijalari, tinglovchilar bilimini nazorat qilish va baxolashning reyting tizimiga o‘tilishi sababli tinglovchilar bilimlarini uzluksiz va to‘liq qamrab oladigan nazorat jarayonini xolisona va samarali amalga oshirishga imkon beradigan pedagogik vositalarni ishlab chiqish o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.



Reyting - nazorat metodi ko‘p jixatdan aynan test orqali baxolashga asoslanadi.

Aynan butun o‘quv jarayoni mobaynida tinglovchilarni muntazam test orqali tekshirish ularda faol bilish, ijodiy faoliyatni rag’batlantirishga imkon berishi mumkin.

Pedagogik test o‘tkazish bilimlarni tekshirishning odatdagi usullaridan avvalo ommaviyligi, tezkorligi, samaradorligi, pedagoglar va tinglovchilar mexnatini tejashi bilan ajratib turadi.

Buning uchun, pedagogik testlar sifatli, pedagogik jixatdan savodli bo‘lishi hamda pedagogik test o‘tkazish nazariyasi va amaliyotining zamonaviy yutuqlariga asoslanishi kerak.




Download 246.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling