Test savollariga javoblar


Download 95.35 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi95.35 Kb.
#1423205
Bog'liq
53-54-55-56 javoblarII







53-54-55-56 test savollariga javoblar:

53. Birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlari va sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlari haqida aytib bering
Javob: Benuqson obro‘-e’tibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir.Sudyalarning sudyalik faoliyati davrida benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi, halolligi, xolisligi, adolatliligi va layoqatliligi sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlaridir.Kengash yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan sudyalik lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishda ushbu nomzod tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining barqarorligini, odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilik normalarini qo‘llash borasida yetarli tajribaga ega ekanligini, shuningdek jamoatchilikning uning kasbiy faoliyati haqidagi fikrini inobatga oladi.


54. Sudyalik lavozimiga nomzodning tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi haqida aytib bering.
Javob: Sudyalik lavozimiga nomzodni tibbiy tekshirish juda muhimdir. Birinchi navbatda, sudya shaxsiy rivojlanish va rivojlanishni ta'minlash uchun muhimligi bilan bog'liq kasbiy malakalarini o'rganish uchun o'z fikrini bildirgan har bir nomzodni tekshirish majburiydir.
Sudya nomzodlarining tibbiy tekshiruvi, ularning salomatligi va jismoniy holatini aniqlashga yordam beradi. Ushbu tekshirishning asosiy maqsadi, sudya nomzodlarining ish joyida va faoliyati davomida sog'lom turishini ta'minlashdir. Tibbiy tekshirish, ularning barcha zarur tibbiy testlarini o'tkazish, jismoniy sinovlar va boshqa diagnostik sinovlarni o'tkazishni o'z ichiga oladi. Bu tekshirishning natijasida nomzodning shaxsiy tibbiy xususiyatlari, jismoniy va salomatlik holati aniqlanadi va sudyalik lavozimiga murojaat etishiga qaror qilinadi.
Sudyalik lavozimi uchun nomzodlarni tekshirish tibbiy xususiyatlariga bo'lgan e'tiborining yanada ko'proq kengaytirilishiga sabab bo'lib, bu jarayon sodda emas. Sizning savolingizga javob sifatida, sudya nomzodlari tibbiy tekshirish jarayonida, ularning jismoniy va tibbiy holati aniqlanadi va bu tekshirishning natijalari sudyalik lavozimi haqida qaror qabul qilishda muhim rol o'ynaydi.


55. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni tanlash tartibi haqida aytib bering.
Javobi: Bo‘sh sudyalik lavozimlari to‘g‘risidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Sudyalikka nomzod bo‘sh sudyalik lavozimlarini to‘ldirish uchun tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli o‘rganish usullaridan — suhbat o‘tkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan o‘tkazishdan, berilgan muammolar bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron so‘rov dasturidan foydalanilishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil o‘tgach, bo‘sh sudyalik lavozimini to‘ldirish uchun e’lon qilingan tanlovda ishtirok etishi to‘g‘risidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.


56. Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin uni sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi haqida aytib bering.
Javob: Yangi vakolat muddatiga o‘z nomzodini ko‘rsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida olti oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hay’atiga beradi.
Boshqa sudyalik lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatish istagini bildirgan sudya, buning sabablari va asoslarini ko‘rsatgan holda Kengashga ariza beradi.
Sudyalar oliy malaka hay’ati sudyani yangi muddatga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash mumkinligi haqida Kengashga xulosa taqdim etadi.Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais o‘rinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga ko‘ra o‘rganadi.Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin Kengash uch oy ichida nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani ko‘rib chiqishi kerak.
Agar sudya o‘zi da’vogar bo‘lgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga ko‘rib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.
Ilgari sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarni sudyalik lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala yangi vakolatlar muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga taqdim etilgan sudyalar uchun qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.


Download 95.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling