Pedagogik nazorat deganda tinglovchilarni o‘qitish va tarbiyalash natijalarini tekshirish tizimi tushuniladi.
Uning maqsadi tinglovchilarda dasturiy materialni bilish darajasini hamda mutaxassis shaxsiga xos xarakter, ma‘naviy va ishbilarmonlik xislatlari, kasbiy jixatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlashdir.
Pedagogik nazoratning xar xil turlari mavjudligi va rivojlanishi tinglovchilarning o'qishi va xulqida tekshiruvning rag’batlantiruvchi ro‘li bilan bog’liq. Bu g’oyaning to‘g’riligini amaliyot ham, ilmiy tadqiqotlarning ko‘plab ma‘lumotlari ham tasdiqlagan.
Pedagogik nazoratni o'quv jarayonidan batamom yoki qisman olib tashlashga urinishlar, odatda, salbiy natijalarga, asosan ta‘lim sifatining pasayishiga olib kelgan.
Oliy o‘quv yurtlaridagi pedagogik nazorat tizimi uchta o‘z aro bog‘liq funksiyani bajaradi.
Diognostika
Ta‘lim
Tarbiya
Do'stlaringiz bilan baham: |