1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida quyidagi qaysi huquqlarga ega ekanligini toping


Download 27.24 Kb.
Sana08.08.2023
Hajmi27.24 Kb.
#1665795
Bog'liq
Huquq TEST DTM 30 talik 16.07.2023 (2)


1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida quyidagi qaysi huquqlarga ega ekanligini toping.

1. qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining mustaqilligini belgilash huquqi;


2. daxlsizlik, o‘z hududiga va chegarasiga egalik huquqi;
3. xalqaro huquq subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqalar o‘rnatish huquqi;
4. umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini belgilash huquqi;
5. o‘z sud tizimini tashkil qilish va sud ishlarini mustaqil yuritish huquqi;
6. huquqiy tartibotni belgilash huquqi;
7. referendum o‘tkazish hamda hokimiyat va boshqaruv organlari tarkibini belgilash huquqi;

A) 1,2,3,5,7


B) 2,3,5,7
C) 1,2,4,6,7
D) 2,3,4,5,6

2. Davlat paydo bo’lganidan so’ng odamlar ittifoqi nima sababdan muayyan qoida-talablarga ehtiyoj seza boshladi va mana shu ehtiyoj sabab ushbu ittifoqning barcha a’zolari uchun majburiy bo‘lgan huquq-tartibot qoidalari – qonunlar yuzaga kela boshladi.

A) yagona hududda birikkan odamlar ustidan adolatli tarzda hukmronlik qilish uchun
B) huquq-tartibot hokimiyatning takomillashuviga olib kelishi uchun
C) umumiy manfaatlar atrofida birikkan odamlar ittifoqi ushbu manfaatlarga erishish uchun
D) Barcha javoblar to'g'ri

3. Mutlaq monarxiyaga berilgan ta'rifni toping?


A) Agar monarx ichki va tashqi siyosatda davlat boshlig'i sifatida maydonga chiqsa


B) Agar monarx hokimiyati uning farzandlariga meros tarzida o'tadigan bo'lsa
C) Agar monarx o‘z davlatini boshqarishda uning boshqaruvi boshqa biron bir idora bilan cheklanmasa
D) Agar monarx o'z faoliyatini mustaqil amalga oshirsa

4. Keltirilgan davlatlarni boshqaruv shakli ( a)respublika, b)monarxiya ) hamda tuzilish shakli ( c)unitar, d)federatsiya ) ga ko'ra to'g'ri muvofiqlashtiring:


1.O‘zbekiston 2.Rossiya 3.AQSH 4.Eron


5.Ispaniya 6.Braziliya 7.Qozog‘iston 8.Buyuk Britaniya

A) a)1,2,3,4,6,7 b)5,8 c)1,4,7 d)2,3,5,6,8


B) a)1,2,3,4,6,7 b)5,8 c)1,4,5,7,8 d)2,3,6
C) a)1,2,3,4,6,7 b)5,8 c)1,4,5,7 d)2,3,6,8
D) a)1,2,3,6,7 b)4,5,8 c)1,4,5,7 d)2,3,6,8

5. Vakillik demokratiyasida qarorlar qaysi tuzilmalar tomonidan qabul qilinadi?


A) tayinlangan siyosiy organlar – qonun chiqaruvchi organlar (Senat, Qonunchilik palatasi), mahalliy kengashlar tomonidan


B) saylov vositasida tarkib toptirilgan siyosiy organlar – qonun chiqaruvchi organlar (Senat, Qonunchilik palatasi), mahalliy kengashlar tomonidan
C) barcha fuqarolarning ixtiyoriy guruhlari tomonidan
D) davlat hokimiyatining oliy hamda mahalliy ijroiya idoralari tomonidan

6. Fuqarolik jamiyatida davlat tomonidan muayyan kafolatlar tizimi tashkil etilishi lozim.


Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida ushbu kafolatlar tizimlariga nimalarni misol qilsa bo'ladi?

A) inson huquqlari bo'yicha tashkilotlar tizimi


B) qabul qilinayotgan qonun, farmon va farmoyishlar tizimi
C) huquqni muhofaza qiluvchi davlat idoralari tizimi
D) barcha javoblar to'g'ri
7. Noto'g'ri berilgan ma'lumotni toping?

A) Obyektiv huquq – huquq normalarining yig‘indisi. Subyektiv huquq esa ma’lum bir shaxs yoki guruhga tegishli bo‘lgan huquq


B) Misol uchun kimningdir uy-joyga bo‘lgan yoki biror-bir mulkka nisbatan bo‘lgan huquqi subyektiv huquq hisoblanadi
C) Obyektiv huquq subyektiv huquqsiz mavjud bo‘lmaydi. Chunki obyektiv huquq subyektiv huquqdan kelib chiqadi
D) Huquqning o‘zi davlat bilan uzviy bog‘liqdir. Ular bir-birisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas

8. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati nimadan iborat ekanligi to'g'ri keltirilgan javobni toping?


A) jamiyat tomonidan qabul qilinadi va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlanadi


B) u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umummajburiy qoidaga aylanadi
C) faqat qonun chiqarish vakolatiga ega bo'lgan organ tomonidan qabul qilinadi
D) to'g'ri javob keltirilmagan

9. O'zbekiston Respublikasi a'zo bo'lgan xalqaro tashkilotlarning nomi va ularga a'zolikka qabul qilingan yillarni to'g'ri muvofiqlashtiring.


1. SHHT 2. YUNESKO 3. YXHT 4. YUNISEF 5. BMT


a) 1993-yil 26-fevral


b) 1992-yil 2-mart
c) 2001-yil 15-iyun
d) 1995-yil 22-dekabr
e) 1993-yil 29-oktabr
A) 1-c; 2-a; 3-e; 4-d; 5-b;
B) 1-c; 2-d; 3-e; 4-a; 5-b;
C) 1-c; 2-e; 3-a; 4-d; 5-b;
D) 1-e; 2-d; 3-a; 4-c; 5-b;

10. «Agar sen inson bo‘lsang, xalq ehtiyoji to‘g‘risida qayg‘urmaydiganni inson deb atamagin».


Ushbu fikr muallifini toping?

A) Abu Nasr Farobiy


B) Alisher Navoiy
C) Abu Ali ibn Sino
D) Amir Temur

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan mansabdor shaxslarni to'liq belgilang:


1.Oliy sud sudyalari


2.Davlat xavfsizlik xizmati raisi
3.Bosh vazir
4.Bosh prokuror
5.Markaziy bank boshqaruv raisi
6.viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

A) 2,4,6
B) 1,2,4,6


C) 2,3,4,6
D) 2,4,5,6

12. «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasida keltirilmagan qoidani toping?


A) Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlari (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir


B) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli
C) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi lozim
D) Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi

13. Sudlov organlari ish faoliyati muhimligi ular odamlar o‘rtasidagi nizo va mojarolarni ... hal qilishida mujassamlashgan.


Nuqtalar o'rnidagi mos so'zlarni toping?

A) inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda qonuniylik va adolatni qaror toptirish maqsadida


B) odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimiyati organi ekanligini mustahkamlash uchun
C) davlatda qabul qilingan qonunlarni amaliyotda qo‘llash asosida zo‘ravonlik ishlatmasdan
D) ularning huquqlаri hаmdа qonun bilаn qo‘riqlаnаdigаn mаnfааtlаrini sud yo‘li bilаn himoya qilib

14. " Saylovchi maxsus tayyorlab qo‘yilgan kabinaga kiradi, saylov byulletenini to‘ldiradi, ya’ni saylovchi ovoz berayotgan deputatlikka nomzod familiyasi qarshisida, o‘ng tarafda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi – qo‘shuv belgisini qo‘yadi va saylov qutisiga o‘z qo‘li bilan tashlaydi".


Ushbu harakatlar qaysi saylov tamoyilini amalga oshirish maqsadidan kelib chiqadi?
A) Yashirinlik tamoyili
B) Ochiqlik tamoyili
C) Tenglik tamoyili
D) Umumiylik tamoyili

15. «Davlat va huquq asoslari» fanida «huquqiy oila» deganda nima tushuniladi?


A) turli huquq tizimlarining yig'indisi


B) turli huquq tizimlarini ularning o‘xshashligiga qarab birlashtirish
C) turli huquq tizimlarini ularning farqlariga qarab birlashtirish
D) barcha javoblar to'g'ri

16. Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyada nazarda tutilgan huquqlarni to'g'ri belgilang:


1. o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashish huquqi


2. qulay yashash uchun barcha sharoitga ega bo‘lish huquqi
3. o‘z ota-onasining tilida so‘zlashish, ularning dinidan va madaniyatidan foydalanish
huquqi
4. erkin ta’lim olish huquqi
5. alohida g‘amxo‘rlik va maxsus professional tayyorgarlik olish huquqi

A) 2,4,5
B) 2,3,4,5


C) 1,3,4,5
D) 1,4,5

17. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332-moddasiga muvofiq, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab ... kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda - shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab ... kechiktirmay to‘lanishi lozim.


Nuqtalar o'rnidagi mos kunlarni toping? (yangi tahrir bo'yicha)
A) o'ttiz kundan, o'ttiz kundan
B) o'ttiz kundan, o‘n besh kundan
C) o‘n besh kundan, o'ttiz kundan
D) o‘n besh kundan, o‘n besh kundan

18. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 18-moddasida keltirilishicha, fuqarolar qanday huquqlarga ega bo'lishlari mumkin:


1. fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari


2. mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari
3. shaxsiy nomulkiy huquq asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari
4. bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari
5. mol-mulkni hadya shartnomasi asosida meros qilib olishlari va shu asosda vasiyat qilib qoldirishlari

A) 1,3,4
B) 1,2,4,5


C) 1,2,4
D) 1,2,3,4

19. Quyidagi qanday holatlarda bitimlar haqiqiy emas deb topiladi?


A) muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan vasiysining roziligisiz tuzilgan


B) o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligisiz tuzilgan
C) aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan (qalbaki bitim)
D) barcha javoblar to'g'ri

20. O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq to'g'ri keltirilgan ma'lumotlarni toping:


1. Kafolat muddati tovar ishlab chiqarilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar ishlab chiqarilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, bu muddat tovar iste'molchiga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi


2. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta’minlashi shart
3. Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi shart emas
4. Asosiy buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, butlovchi buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim

A) to'g'ri - to'g'ri - noto'g'ri - noto'g'ri


B) to'g'ri - noto'g'ri - noto'g'ri - to'g'ri
C) noto'g'ri - noto'g'ri - noto'g'ri - noto'g'ri
D) noto'g'ri - to'g'ri - noto'g'ri - noto'g'ri

21. Fuqarolik ishini sudda ko'rish bosqichlarini ketma-ketlikda to'g'ri muvofiqlashtiring:


1. Prokurorning nutqi (da’vogar talablari qonuniyligini rad etadi yoki yoqlaydi)


2. Sud majlisi zalidan guvohlarni chiqarib yuborish
3. Prokuror xulosasi
4. Raislik qiluvchining ish mazmunini bayon etishi (da’vogarga talablarini himoya qilayotganini; javobgarga da’vogar talablarini tan olganligini hamda ikkala tarafga ishni tinch yo‘l bilan tugatishni istayotganini so‘rab murojaat qilish bilan tugallanadi)
5. Ishni ko‘rib chiqish tugallanishi (raislik qiluvchi ishda qatnashayotganlardan ish materiallarini biror narsa bilan to‘ldirishni istashlari yoki yo‘qligi xususida so‘raydi)
A) 4,2,1,3,5
B) 2,4,1,3,5
C) 4,1,2,5,3
D) 2,4,1,5,3

22. O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarning ish vaqti davomiyli qanday qilib belgilanadi?


A) haftasiga yigirma to‘rt soatdan ko'p bo'lmagan


B) haftasiga o'n ikki soatdan ko'p bo'lmagan
C) haftasiga o'ttiz olti soatdan ko'p bo'lmagan
D) A va B javoblar to'g'ri

23. Nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra, nikoh yoshi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagibilan ko‘pi bilan bir yilga kamaytirilishi mumkin.


Jumlani to’ldiring?


A) tuman, shahar hokimi qarori
B) tuman, shahar xalq deputatlari kengashi qarori
C) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi qarori
D) tuman, shahar sudining qarori


24. …ning ijtimoiy xavflilik xususiyati uning nafaqat mulkchilikka, balki mulkchilik manfaatlarining mustaqil shakli sifatida namoyon bo‘luvchi boshqa (majburiyat yuklovchi, meros bo‘lib o‘tuvchi, uy-joy kabi) mulkiy munosabatlarga ham tajovuz qilishidan iborat.
Nuqtalar o’rnidagi jinoyatni toping?

A) Tovlamachilik


B) Talonchilik
C) O’g’rilik
D) Bosqinchilik

25. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyatining obyektiv tomonini toping?


A) sanitariyaga oid qonun hujjatlarini buzish


B) epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
C) odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelgan sanitariyaga oid qonun hujjatlarini va epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
D) barcha javoblar to’g’ri

26. Quyida keltirilgan hujjatlar va ularning qabul qilingan yillarini to’g’ri muvofiqlashtiring:


I. «Yo‘qolish arafasidagi yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo-sotiq qilish to‘g‘risida»gi Konvensiya


II. «Dunyoning madaniy va tabiiy merosini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konvensiya
III. Atrof-muhitga nisbatan harbiy yoki boshqa zarar yetkazuvchi vositalar ishlatilishining oldini olishga doir Konvensiya
IV. BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasi

a) 1972-yil


b) 1992-yil 9-may
c) 1973-yil 3-mart
d) 1976-yil 10-dekabr

A) I-c; II-a; III-b; IV-d;


B) I-c; II-d; III-a; IV-b;
C) I-c; II-b; III-d; IV-a;
D) I-c; II-a; III-d; IV-b;

27. Atamalarni to’g’ri muvofiqlashtiring:


I. Intizom


II. Kassatsiya
III. Naturalizatsiya

a) xorijiy shaxsni uning arizasiga binoan fuqarolikka qabul qilish


b) jamiyatda shakllangan axloq va huquq me’yorlariga muvofq kishilarning xatti-harakatlari muayyan tartibi
c) hali kuchga kirmagan sud qarori yoki hukm ustidan yuqori sudga shikoyat qilish

A) I-b; II-c; III-a;


B) I-a; II-b; III-c;
C) I-b; II-a; III-c;
D) I-c; II-b; III-a;

28. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda qancha muddat ichida qonunga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi?


A) bir oy


B) ikki oy
C) uch oy
D) olti oy

29. Qanday holatda Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi?


A) Agar qonun avvalgi tahrirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan qayta ma’qullansa


B) Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa
C) Agar Prezident e’tiroz bildirgan qonun eski tahrirda Oliy Majlis Senati a’zolari hamda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma’qullansa
D) barcha javoblar to’g’ri

30. Konstitutsiya moddalarini to’g’ri muvofiqlashtiring:


I. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir


II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin
III. Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi

a) 100-modda


b) 78-modda
c) 77-modda
d) 126-modda
e) 127-modda

A) I-b; II-a; III-e;


B) I-c; II-a; III-d;
C) I-b; II-a; III-d;
D) I-c; II-a; III-e;
Download 27.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling