Zbekiston respublikasining qonuni jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa


Download 69.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana05.01.2022
Hajmi69.78 Kb.
#217999
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Protsessual Ishtirokchilar To'g'risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

JABRLANUVCHILARNI, GUVOHLARNI VA JINOYAT PROTSESSINING BOSHQA

ISHTIROKCHILARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 22-

noyabrda qabul qilingan 

Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda

ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari

Ushbu  Qonunning  maqsadi  jabrlanuvchilarni,  guvohlarni  va  jinoyat  protsessining

boshqa ishtirokchilarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu  Qonunning  asosiy  vazifalari  jabrlanuvchilarning,  guvohlarning  va  jinoyat

protsessi  boshqa  ishtirokchilarining  (bundan  buyon  matnda  himoya  qilinuvchi  shaxslar  deb

yuritiladi)  hayoti,  sog‘lig‘i  hamda  mol-mulkiga  tajovuz  tahdidi  mavjud  bo‘lganda

qo‘llaniladigan,  jinoyatlarning  oldini  olishga  yoki  ularni  fosh  etishga  ko‘maklashadigan,

xavfsizlik  va  ijtimoiy  himoya  qilish  choralarini  o‘z  ichiga  oladigan  chora-tadbirlar  tizimini

belgilashdan, shuningdek ularni qo‘llashning asoslari hamda tartibini aniqlashdan iboratdir.

2-modda. Himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun

va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining

himoya  qilinuvchi  shaxslarni  himoya  qilish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarida  nazarda

tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.




Download 69.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling