18. 1-§. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish tushunchasi va turlari


Download 51.22 Kb.
bet1/8
Sana15.06.2023
Hajmi51.22 Kb.
#1481567
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
алоҳида тоифа

18.1-§. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish tushunchasi
va turlari

J


Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishbu jinoyat sudish yurituvining umumiy qoidalariga hamda jinoyat-protsessual qonunchi-likning umumiy normalariga asoslanadigan shaxsning ijtimoiy-huquqiy maqomi yoki ruhiy holati yoxud jinoyat ishlarini yuritishning soddalashtirilgan tartibi oʻrnatilganligi kabi omillarni hisobga oluvchi jinoyat ishlarini yuritishning maxsus shakli hisoblanadi.
inoyat-protsessida ish yuritish protsessual shaklning murakkab-ligiga qarab bir qancha turlarga boʻlingan. Bu esa, jinoyat protsessining muayyan darajada differensiatsiyalashganligidan dalolat beradi. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish ham jinoyat ishi yurituvi differensiatsiyasi natijasida vujudga kelgan.


JPKning 13-boʻlimi alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishga bagʻishlangan boʻlib, dastlab unda ikkita (voyaga yetmaganlar va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari), keyinchalik esa uchta (2001-yil 29-avgust-dagi qonun bilan yarashuv boʻyicha ishlarni yuritish kiritildi) va toʻrtta
(2008-yil 22-dekabrdagi qonun bilan ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash ham kiritildi). Shu oʻrinda ushbu ishlarni yuritishning alohida tartibda ish yuritish deb nomlanishiga sabab nima degan tabiiy savol tugʻiladi. Ma’lumki, jinoyat protsessida ayrim toifa ishlar subyektning huquqiy holati (voyaga yetmagan, ruhiy kasallarga nisbatan ish yuritish) hamda jinoyat ishini koʻrib chiqish tartibining oʻziga xosligidan (yarashuv, amnistiya aktini qoʻllash) kelib chiqqan holda umumiy sud ish yurituvidan farq qiladi. Ya’ni, ushbu toifa ishlarga Oʻzbekiston Respublikasi JPKda belgilangan umumiy qoidalardan tashqari, uning maxsus bobida belgilangan alohida qoidalar ham qoʻllaniladi.
Oʻz navbatida, alohida toifadagi ishlarni yuritish tartibini quyidagi mezonlarga koʻra tasniflash mumkin:
1) jinoyat sodir qilishda ayblanayotgan shaxslarning protsessual holati bilan bogʻliq alohida ish yuritish tartibi – unga voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar kiradi. Bunda ish yuritishning maxsus tartibi belgilanishi jinoyat sodir qilgan shaxslarning oʻz huquqlarini mustaqil himoya qila olmasliklari (yoshligi, ruhiy holati va boshq.) sababli ularga qoʻshimcha kafolatlar yaratilishini nazarda tutadi;
2) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi ishlarni yuritish tartibi – jinoyat sodir qilgan shaxsning alohida protsessual holati tufayli (aqli norasoligi, jinoyat sodir etish vaqtida yoki undan keyin shaxsning ruhiy kasalga chalinganligi) unga nisbatan umumiy tartibda ish yuritish qoidalarini qoʻllab boʻlmasligidan kelib chiqadi. Bunday shaxslarga jinoiy jazo emas, balki tibbiy yoʻsindagi majburlash choralari qoʻllaniladi, ularning ruhiy holatidan kelib chiqib, ayb e’lon qilinmaydi, dastlabki tergov oʻtkazilmay ish sudga yuboriladi, sudning qarori ajrim shaklida boʻladi;
3) ishlarni koʻrishning oʻziga xos, soddalashtirilgan tartibi – unga yarashuv toʻgʻrisidagi va ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllashga doir ishlar kiradi. Mazkur ish yuritish tartiblari 1994-yilda qabul qilingan jinoyat-protsessual qonunda mavjud emas edi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari oʻlaroq, 2001-yil 29-avgustda JPKga yangi “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish”, 2008-yil 22-dekabrda “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash” tartiblari kiritildi. Bunda asosiy e’tibor – qonunda belgilangan yetarli asoslar mavjud boʻlganida, an’ana-viy ish yuritish shakliga rioya qilmagan holda (surishtiruv, dastlabki tergovni oʻtkazmagan yoki oxirigacha yetkazmagan holda) ishni sudda koʻrib hal qilishga qaratiladi. Sud muhokamasi ham, oʻz navbatida, ishlarni umumiy tartibda sudda koʻrishdan soddalashtirilganligi va uning natijasi hukm emas, balki ajrim shaklida yakunlanishi bilan farqlanadi.
Qonun chiqaruvchi mazkur turdagi ishlarni sudda koʻrishning alohida tartibini belgilashda ularning oʻziga xosligi, mazkur ishlarni yuritish tartibining soddalashtirilganligi, ishtirokchilari doirasining kengaytirilganligi, jinoiy ta’qib etilayotgan shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishning qoʻshimcha tartib-taomillari belgilanganligi kabi mezonlarga rioya qilingan hamda shunga asosan, jinoyat protsessida oʻziga xos jihatlari bilan umumiy jinoyat ishi yurituvidan ajralib turuvchi mazkur jinoyat ishlari yurituvlarining alohida tartibini belgilagan.

Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishning quyidagi turlari mavjud:



Download 51.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling