18. 1-§. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish tushunchasi va turlari


 Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish


Download 51.22 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2023
Hajmi51.22 Kb.
#1481567
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
алоҳида тоифа

3. Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish. Yarashuv instituti xalqimizga xos boʻlgan kechirimlilik, insonparvarlik, bagʻrikenglik kabi azaliy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2001-yilning 29-avgus-tida “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamdaMa’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni1 qabul qilinganidan soʻng jinoyat protsessi sohasida yangi institut – yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish tartibi joriy etildi va hozirgi kunda 56 ta jinoyat tarkibi boʻyicha yarashuv institutini qoʻllash imkoniyati nazarda tutilgan.
“Jabrlanuvchi bilan yarashuv” toʻgʻrisidagi alohida toifadagi ish yuritish tartibining joriy etilishi va yarashgan ayblanuvchi (sudlanuv-chi)ning sudlanmagan shaxs huquqiy maqomiga ega boʻlishi milliy jinoyat-protsessual tizimimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida muhim qadam boʻldi.
Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tartibi JPKning 62-bobida (582–586-moddalarida) belgilangan. JPKning ushbu normalarini tahlil qilish unda yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibi oʻrnatilganligini koʻrsatadi. Jumladan, mazkur jinoyat-protsessual normalarga binoan, yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan e’tiboran oʻn sutkadan kechiktirilmay oʻtkaziladi. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza sud majlisida berilgan hollarda, bu masala sud majlisida darhol hal etilishi lozim. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida, ya’ni shaxs gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan paytdan boshlab, sudlanuvchi esa jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan birinchi instansiya sudi maslahatxonaga kirgunga qadar berilishi mumkinligi qonunda nazarda tutilgan. Shuni nazarda tutish lozimki, yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasi ham boshqa toifadagi jinoyat ishlari boʻyicha protsess ishtirokchilaridan birmuncha farq qiladi.


Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish–JKning 661-moddasidanazarda yutilgan va sodir etilgan jinoyat boʻyicha oʻz aybiga iqror boʻlib, uning oqibatlarini va keltirilgan zararini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan harakatlari natijasida yuzaga keladi, buning oqibatida jinoyatdan avvalgi huquqlari hamda mavqei tiklangan va keltirilgan zarari bartaraf etilgan jabrlanuvchi oʻz ixtiyori bilan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bilan yarashuv toʻgʻrisidagi kelishuvga rozi boʻlib, bu haqda jinoyat ishiga masʼul boʻlgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga ariza bilan murojaat etadi va uning harakatlari tekshirilishi va tasdiqlanishi natijasida jinoyatni sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, uni sudlanmaganlik maqomiga ega qilish asosida ish sudning ajrimiga binoan tugatiladi.

Yarashuv institutining xususiyatlari quyidagilardan iborat:


1. Yarashuv munosabati bilan koʻrib chiqiladigan jinoyat ishlariga JKning 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
2. Yarashuv toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari jinoyat ishini qoʻzgʻatish, dastlabki tergov va sud muhokamasini oʻz ichiga oladi.
3. Surishtiruv va dastlabki tergovda quyidagilar isbotlanishi shart: a) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ilgari sudlangan yoki sudlanma-ganligi; b) jinoyat haqiqatan ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan sodir etilganligi; d) ixtiyoriy ravishda yetkazilgan barcha turdagi zararning qoplanganligi; e) jabrlanuvchi jinoiy qilmishni sodir etgan shaxsni kechirib, yarashuv toʻgʻrisida ariza berganligi.
4. Sud muhokamasiga ish materiali, tergovchi tomonidan chiqarilgan va prokuror rozilik bildirgan yarashuv toʻgʻrisidagi qarori, jabrlanuvchining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasi topshiriladi.
5. Sud muhokamasi majlisiga tayyorgarlik, sud muzokarasi va yarashuv toʻgʻrisidagi ajrim chiqarish uchun masalahatxonaga kirish qismlaridan iborat.
6. Sud majlisida taraflarning bir tomonini prokuror va jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning vakillari, ikkinchi tomonini – gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va ularning himoyachisi tashkil etadi.
7. Agar dastlabki tergovda yarashuv toʻgʻrisidagi bitimga kelishilmagan boʻlsa, sud masalahatxonaga kirgunga qadar jabrlanuvchi yarashuv toʻgʻrisidagi arizani topshirishi kerak. Bunday holda sud majlisi besh qismdan iborat boʻladi.
8. Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha chiqarilgan ajrim boʻyicha xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin2.
Yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish uchun toʻrtta shartning mavjud boʻlishi talab qilinadi:
1. Eng asosiysi– JKning 661-moddasi jabrlanuvchini jinoyat sodir etgan shaxs bilan yarashganligini talab qiladi. Yarashuv toʻgʻrisidagi kelishuv surishtiruv, tergov organlari yoki sudga jabrlanuvchi tomonidan taqdim etilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi arizasi asosida rasmiylashtiriladi yoki jabrlanuvchining arizasi asosida qoʻzgatilgan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi mazmunga ega boʻladi.
2. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi muhim bir shartga ega boʻlishi kerak: ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
3. Aybdor shaxsning aybiga iqrorligi va yarashuvga roziligini bildirishi shart. Shuni ham aytish joyizki, JKning 661-moddasi boʻyicha yarashuvni amalga oshirish tergov organlari va sudning majburiyati emas, balki bu ularning huquqi sifatida tan olinadi. Shu bilan birga, jabrlanuv-chining arizasiga koʻra, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha (JKning 118-moddasining birinchi qismi va 119-moddasining birinchi qismiga) asosan jabrlanuvchini jinoyat sodir etgan shaxs bilan yarashish fakti jinoyat ishini tugatish uchun asos boʻla olmaydi, chunki bu jinoyatlar tarkibi bevosita JKning 661-moddasida qayd etilmagan.
4. Shu bilan birga, yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etish aybdor shaxs tomonidan jabrlanuvchiga keltirgan jismoniy, ma’naviy va mulkiy zararni toʻla qoplagan boʻlishi kerak. Jabrlanuvchining shaxsan oʻzi keltirilgan zararni qoplash boʻyicha uning miqdori, shakli va uslubi toʻgʻrisida tegishli shart qoʻyish huquqi esa jinoyat-protsessual qonunida qayd etilmagan. Bundan tashqari, keltirilgan zararning qoplash shakli ham qonunda aniq belgilanmagan, vaholanki, u har xil boʻlishi mumkin: ogʻzaki kechirim soʻrash oʻtkazilishidan boshlab, mulkni bevosita ayblanuvchidan jabrlanuvchiga taqdim etish yoki pul shaklida keltirilgan zararni qoplash.

Download 51.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling