99-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati ajrim


Download 17.7 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1444459
Bog'liq
03,Ish yuritishni toxtatib turish buyicha Ajrim


99-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati
AJRIM
(Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida)
2018-yil 17-aprel kuni______-sonli ma’muriy ishni _______tuman ma’muriy sudi o‘z binosida,
Sudya Z.Alimovaning raisligida,
D.Sobirovaning kotibligida,_______ tuman prokurori yordamchisi A.Roziqov, arizachi A.Tolmasov, javobgar vakili A.Sotiboldiyev ishtirokida, arizachi yakka tartibdagi tadbirkor A.Tolmasovning javobgar_____ tuman davlat soliq inspeksiyasining 2017-yil 1-dekabrdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizasi bo‘yicha yuritilayotgan ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni
ANIQLADI:
yakka tartibdagi tadbirkor A. Tolmasov (bundan buyon matnda arizachi deb yuritiladi)_____tuman davlat tuman davlat soliq inspeksiyasining (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) 2017-yil 1 dekabrdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Bugungi sud majlisida javobgar vakili iltimosnoma taqdim qilib, mazkur ish bilan bog‘liq bo‘lgan 17/13-2022-sonli jinoyat ishi xozirgi kunda jinoyat ishlari bo‘yicha______ tuman sudida aniqlangan holatlar asos bo‘lganligini bildirib, ish yuritishni to‘xtatib turishni so‘radi.
Arizachi vakili iltimosnomani rad etishni va ishni mazmunan ko‘rib chiqishni so‘radi.
Sud taraflar vakillarining tushuntirishlarini, prokurorning ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi fikrini tinglab, iltimosnomani muhokama qilib, quyidagilarga ko‘ra uni qanoatlantirishni lozim topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 99-moddasining 1-bandiga ko‘ra mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda sud ish yuritishni to‘xtatib turishga majbur.
Javobgar vakilining iltimosnomasi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha ____tuman sudidan olingan 2018-yil 15-apreldagi 03/11-sonli xatiga ko‘ra ma’muriy ish bilan bog‘liq bo‘lgan 17/13-2022-sonli jinoyat ishi mavjud. Mazkur jinoyat ishi bugungi kunda jinoyat ishlari bo‘yicha_____tuman sudida ko‘rilmoqda. Mazkur jinoyat ishining qo‘zg‘atilishiga esa soliq tekshiruvini o‘tkazishda aniqlanga holatlar sabab bo‘lgan.
Shu sababli 17/13-2022-sonli jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha ___tuman sudida ko‘rib yakunlangunga qadar ma’muriy ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 99,168 va 169-moddalarini qo‘llab, sud
A J R I M Q I L D I:
______ tuman davlat soliq inspeksiyasining iltimosnomasi qanoatlantirilsin. 17/13-2022-sonli jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha______ tuman sudida ko‘rib yakunlangunga qadar mazkur ma’muriy ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatib turilsin.
Arizachi va javobgar zimmasiga 17/13-2022-sonli jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha ____ tuman sudida ko‘rib yakunlangandan keyin bu haqida qabul qilingan sud hujjatini ilova qilgan holda sudga xabar berish majburiyati yuklatilsin.
Ajrim ustidan 20 (yigirma) kun ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
Sudya Z.Alimova
Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling