Toshvil uz 1
Download 45.43 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq
toshvil.uz 1 Yer hisobi va davlat kadastrlarini samarali yuritish masalalari muhokama qilindi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-oktyabr kuni davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mamlakatimizda yer ajratish va davlat kadastri sohasida bir necha oʻn yillar mobaynida tizimli muammolar toʻplanib qolgani sir emas. Tartib-intizom, hisob-kitob boʻlmagani sababli minglab gektar yerlar talon-toroj boʻlib ketgan. Bu sohadan aholi ham, tadbirkorlar ham norozi edi. Shu bois joriy yil 7-sentyabrda “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda sohani ilgʻor tajriba asosida isloh qilish, yangicha boshqaruv tizimini joriy etish, yerning hisobini toʻliq yuritish va raqamlashtirish boʻyicha komleks vazifalar belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etildi. Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish vazifasi mazkur agentlikka, yerlardan samarali foydalanishni taʼminlash va nazorat qilish funksiyalari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazildi. Yangi tizimga koʻra Kadastr agentligi Soliq qoʻmitasi tarkibida tashkil etilgani bejiz emas. Chunki bu sohada soliq bazasini kengaytirish uchun katta zaxira bor. Misol uchun, yaqinda Boʻstonliq, Furqat, Koson tumanlari va Urganch shahrida oʻtkazilgan oʻrganishlarda jami 2 mingdan ortiq koʻchmas mulk obyekti kadastr va soliq bazalarida hisobga olinmagani aniqlangan. Shunday holat yer maydonlarida ham bor. Masalan, xatlovlar natijasida 66 tumanda 150 ming gektar qoʻshimcha qishloq xoʻjaligi yerlari, shundan hisobotlarga kiritilmagan 28 ming gektar sugʻoriladigan ekin maydoni borligi ayon boʻlgan. Umuman, 113 tumanda yer fondi toifalari va turlarining aniq hisob-kitobi boʻlmagani oqibatida koʻplab zaxiralar yoʻqotilmoqda. Yigʻilishda yangi tizim asosida ishni tashkil etish uchun birinchi galda yer hisobini joyiga qoʻyib, toʻliq shakllantirib olish zarurligi taʼkidlandi. – Kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi qonun hujjatlari eskirgan. Ular murakkab, tushunarsiz yozilgan. Bu esa korrupsiyaga yoʻl ochib bergan. Bugun tizim tamomila oʻzgarishi kerak. Asosiy maqsad yer hisobini aniq yuritish, bu borada adolatni taʼminlashdir, – dedi Prezident. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar rahbarlariga barcha qishloq xoʻjaligi tumanlari boʻyicha yer kadastr hujjatlarini tayyorlab, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish yuzasidan koʻrsatma berildi. Endi hokimlarning yer ajratish toʻgʻrisidagi qarorlari mazkur geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi. Shuningdek, Kadastr agentligi bilan soliq idoralarining maʼlumotlar bazasini birlashtirib, foydalanishdagi yer va obyektlarni hisobga olish hamda soliq shakllantirib borish vazifasi qoʻyildi. Bugungi kundagi oʻrmon xoʻjaligi kadastri 1987-yildan buyon yangilanmagani koʻrsatib oʻtildi. Undan beri oʻtgan davrda tabiiy yoʻl bilan yangi oʻrmonlar paydo boʻlgan. Shu bois Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga oʻrmonzorlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish boʻyicha topshiriq berildi. Tizimdagi muammolardan biri shuki, 340 mingta obyektning kadastr qiymati belgilanmagan. Shundan 200 mingdan ziyod obyekt boʻyicha soliq hisoblanmayapti. Bundan tashqari, 1 milliondan ortiq uy-joyning Download 45.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling