18. 1-§. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish tushunchasi va turlari
Download 51.22 Kb.
|
алоҳида тоифа
birinchidan, amnistiya akti yangi huquqiy normalarni oʻrnatmaydi, ularni oʻzgartirmaydi yoki bekor qilmaydi;
ikkinchidan, u barcha shaxslarga yoki u chiqarilgunga qadar jinoyat sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan ham tatbiq etilmaydi, balki ushbu hujjatda belgilangan shaxslar va jinoyatlar toifasiga nisbatan tatbiq etiladi va shunga koʻra, uning amal qilish doirasini cheklanmagan deb boʻlmaydi; uchinchidan, u bir marotaba qoʻllaniladigan hujjat boʻlib, muayyan shaxsga nisbatan bir marta qoʻllanilgach, unga nisbatan boshqa huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmay, oʻz kuchini yoʻqotadi; toʻrtinchidan, amnistiya doimiy amal qiluvchi hujjatlar sirasiga kirmaydi, chunki, uning oʻzida mazkur hujjatning amal qilish muddati koʻrsatilgan boʻladi va qoida tariqasida bu muddat olti oydan oshmaydi. Amnistiya aktlari quyidagi xususiyatdagi koʻrsatmalarni qamrab olishi mumkin: jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida; jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarni jazodan yoki uni oʻtashdan ozod etish haqida; tayinlangan jazoni qisqar-tirish haqida; tayinlangan jazoni nisbatan yengilrogʻiga almashtirish haqida; qoʻshimcha jazodan ozod etish haqida; sudlanganlikni bekor qilish haqida. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida quyidagi mazmundagi koʻrsatma mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68, 76 va 79-moddalariga muvofiq, amnistiya akti qoʻllanilishi natijasida quyidagi huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin: shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi; mahkum asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ozod etilishi; mahkumga tayinlangan asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazo muddatining kamaytirilishi; mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilishi; mahkumga tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismi yengilrogʻi bilan almashtirilishi; jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik muddatidan ilgari olib tashlanishi4. Amnistiyani qoʻllashda birinchi navbatda sodir etilgan jinoyatning xususiyati, ayblanuvchining jinsi (ayollarga nisbatan koʻproq qoʻllaniladi), yoshi (voyaga yetmaganlar va qariyalarga nisbatan koʻproq qoʻllaniladi), jamiyatdagi ijtimoiy roli (urush faxriysi, harbiy harakatlar ishtirokchisi), jazoni oʻtash vaqtidagi xulq-atvori kabi omillar e’tiborga olinadi. Amnistiyada shaxsi kim ekanidan qat’i nazar, jinoyat sodir etgan shaxslar toifasi e’lon qilinadi, masalan, homilador yoki aniq yoshdagi bolalari bor ayollar, voyaga yetmagan shaxslar, ma’lum turdagi jinoyat sodir etgan shaxslar va boshqalar. Amnistiyaning turlari: 1) taqdim etish xususiyatiga qarab, uni mutlaq va shartli amnistiyaga boʻlish mumkin. Mutlaq amnistiya biror-bir shartlarsiz amal qilsa, ikkinchisi muayyan shartlarga rioya etgan holda qoʻllaniladi; 2) amnistiya asosida kechiriladigan qilmishlar toifasiga qarab, toʻliq va notoʻliq amnistiyalarni farqlashimiz mumkin. Toʻliq amnistiyaga ta’qib etilishi lozim boʻlgan barcha qilmishlar doirasini qamrab oladigan amnistiyani, notoʻliqqa esa torroq doiradagi qilmishlarga nisbatan qoʻllanadigan amnistiyani kiritish mumkin; 3) amnistiyani, shuningdek, umumiy va xususiyga ajratish mumkin. Umumiy amnistiya – muayyan jinoyatlar toifasini hech bir cheklashlarsiz amnistiya qilishni koʻzda tutsa; xususiy amnistiya esa amnistiya qilinishi lozim boʻlgan shaxs yoki qilmishlarga nisbatan ma’lum bilan cheklashlarni belgilaydi; 4) amnistiyaning maqsadidan kelib chiqib, uning muhim ahamiyatga ega boʻlgan voqea yoki sanalar (Ikkinchi jahon urushidagi gʻalaba munosabati bilan, parlament tashkil topgani yoki konstitutsiya qabul qilinganligi) munosabati bilan e’lon qilinadigan; davlatdagi ichki vaziyatni barqarorlashtirishga yoʻnaltirilgan amnistiya (urush vaqtida yoki harbiy holatda qoʻllaniladigan siyosiy va iqtisodiy amnistiya) va h.k. Amnistiya bilan bir qatorda afv etish instituti ham mavjud boʻlib, ularning mazmun-mohiyati bir-biriga yaqin. Shu munosabat bilan amnistiya va afv etish aktlari oʻrtasidagi quyidagi oʻzaro farqlanish mezonlarini qayd etish maqsadga muvofiq: Download 51.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling