2-nazariy savol


Download 483.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi483.7 Kb.
#234414
  1   2   3   4
Bog'liq
XXF B potok 1-guruh Qurbonov Ro'zimurod Jinoyat huquqi[1]



 

 

   

 

 

2-nazariy savol 

 

Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi va huquqqa xilofligi kabi belgilarining oʻzaro 



nisbati qanday? 

Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi deganda, qonun bilan qo„riqlanadigan ijtimoiy 

munosabatlarga zarar yetkazish yoki zarar yetkazishni real xavfi ostida qolishi 

mumkinligini anglatuvchi jinoyatning obyektiv belgisiga aytiladi. 

 

“Ijtimoiy xavflilik quyidagilarga ko„ra belgilanadi: 



a)  jinoyat qonuni bilan qo„riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning 

muhimligi; 

b)  yetkazilgan zararning hajmi, xususiyati hamda darajasi

c)  ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyatlari; 

d)  ayrim holatlarda – jinoyat sodir etgan subyektning xususiyatlari”

1

.  



  

Ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy (tashqi) belgisi bo„lib, jazo tayinlashda 

ham mazkur belgilarni inobatga olgan holda jinoyatlar kvalifikatsiya qilinadi. 

Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi jinoyatning sifat va yetkazilgan zararning miqdor 

ko„rsatkichini bizga ifodalab beradi. Ya‟nikim, jinoyatning sifat hamda yetkazilgan 

zaraning miqdor ko„rsatkichi, ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat ekanligini yoki 

jinoyat sanalmasligini aniqlab ko„rsatadi.  

 

Huquqqa xiloflik – ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan 



ta‟qiqlanganligini bildirib, jinoyatni baholash, uning normativ belgisi hisoblangan 

jinoyat qonunidagi ijtimoiy xavflilikning yuridik ifodasi sanaladi. Jinoyatning 

mazkur belgisi qonuniylik prinsipining ya‟ni “qonunda belgilanmagan bo„lsa, 

                                                           

1

 Rustabboyev M.H Jinoyat huquqi (umumiy qism). Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: TDYI nashriyoti. 2006. – 



83-84-betlar.  


jinoyat hisoblanmaydi” amaldagi qoidasidan kelib chiqqan. Ya‟ni sodir etilgan 

huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga qonunda belgilangan jazo 

tahdidi mavjud ekanligini anglatadi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli 

moddasining sanksiyasida huquqqa xiloflik aks etadi. Huquqqa xiloflikni 

aniqlashda Jinoyat kodeksining birgina Maxsus qismining dispozitsiyalaridan 

foydalanibgina qolmay, Umumiy qismning tegishli institutlarini ham inobatga 

olish talab etiladi. Zero, Jinoyat kodeksi har ikkala qismi ham jinoyatni aniqlashda 

va jinoiy javobgarlikni qo„llashda birdek zarur bo„lib, har ikkala qism bir-birini 

taqozo etadi va biri ikkinchisini mustahkablab keladi. Huquqqa xiloflik ijtimoiy 

xavflilik va ayblilik belgilarini yuzaga keltiradi. Huquqqa xiloflik obyektiv va 

formal tushuncha hisoblanib, qilmishning sifat ko„rsatkichi va zarar miqdorini 

aniqlovchi moddiy belgi hoisoblangan ijtimoiy xavflilikdan farqli o„laroq jinoiy 

javobgarlikning formalligini ifodalovchi jinoyat qonunining buzilishi sanaladi. 

“Jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisining mohiyati shundaki, huquqqa xilof 

qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga u yoki bu vakolatli mansabdor shaxslar 

(huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari) tomonidan qanday baho 

berilishidan qat‟iy nazar, bunday qilmish uchun qonunda javobgarlik 

belgilanmaguncha formal jihatdan ijtimoiy xavfli, deb hisoblanmaydi”

2



Jinoyatning huquqqa xilof belgisi qilmishga ijtimoiy xavflilik darajasini berib, 



aynan shu daraja orqali qilmish jinoyat tavsifini aniqlab beradi. Jinoyatning asosiy 

belgilaridan biri hisoblangan ayb mavjud bo„lsagina ijtimoiy xavfli va huquqqa 



xilof qilmish jinoyat sanaladi.   

 

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib xulosa qiladigan bo„lsak, jinoyatni 



aniqlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflik jinoyatning asosiy va bir-biriga 

aloqador belgilari ekanligini bilib olishimiz mumkin. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik 

                                                           

2

 Rustamboyev M.H., Ahrorov B.J. Jinoyat huquqi (Umumiy qism).Kasb-hunar kollejlar uchun darslik. T.: “ILM ZIYO”, 



2006, 53-bet.  


belgisining mavjud emasligi, o„z o„rnida, huquqqa xiloflik alomatlarining ham 

yo„qligini tasdiqlaydi. Shuni inobatga olishimiz kerakki, ijtimoiy xavfli hisoblanib 

jinoyat qonuni normalarini buzmagan yoki jinoyat qonuni normalarini buzgan 

holda, ijtimoiy xavflilik alomatlarini o„zida aks ettirmagan qilmishga nisbatan 

jinoiy javobgarlikni qo„llab bo„lmaydi. Mazkur g„oyaning huquqiy asosini Jinoyat 

kodeksi tegishli moddalarining dispozitsiyalarida ko„rishimiz mumkin. Jinoyatning 

ijtimoiy xavfliligi uning moddiy belgisi hisoblansa, huquqqa xiloflik bo„lsa formal 

belgisi sanaladi. Jinoyatning ushbu asosiy ikkita belgisi biri ikkinchisini taqozo 

etib keladi. Jinoyatning ushbu har ikkala belgisi birgalikda qilmishning jinoiyligini 

va bu uchun qonunda jinoiy javobgarlik asosi mavjud ekanligini ko„rsatib beradi.  

 

 

 

 


Download 483.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling