2-nazariy savol


Download 483.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi483.7 Kb.
#234414
1   2   3   4
Bog'liq
XXF B potok 1-guruh Qurbonov Ro'zimurod Jinoyat huquqi[1]

 

13-nazariy savol 

 

Murakkab aybli jinoyatlarni tushuntirib bering. Bunday turdagi jinoyatlar 

toʻgʻrisida qanday holatlarda soʻz borishi mumkin. 

 

Jinoyat kodeksi 23-moddasida izohlanishicha, agar shaxsning qasddan 



jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar 

yuz bergan va shunday qilmish uchun qonun qattiqroq javobgarlikni nazarda 

tutgan bo„lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Mazkur turdagi 

jinoyatlar murakkab aybli jinoyatlar deb ataladi.  

 

“Murakkab aybli jinoyatlarni to„g„ri kvalifikatsiya qilishning muhimligi 



obyektiv belgilarga ko„ra, o„xshash bo„lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlardan 

ajratishda ko„rinadi. agar qasddan badanga og„ir shikast yetkazish natijasida 

shaxsning o„limi yuzaga kelsa, shuningdek, harakat umumiy qasd (egri qasd bo„lsa 



ham) bilan qamrab olingan bo„lsa, sodir etilgan jinoyat qasddan odam o„ldirish deb 

kvalifikatsiya qilinmog„i lozim”

3

.  


  Murakkab aybli jinoyatlar JK Maxsus qismining bitta moddasi bilan 

kvalifikatsiya qilinadi. Misol uchun “aybdorning harakatlarida JK 104-

moddasining ham ikkinchi ham uchinchi qismlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya 

belgilari mavjud bo„lgan taqdirda, barcha qilmish JK 104-moddasining uchinchi 

qismi bo„yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim bo„lib, biroq shaxsni jinoyat ishida 

ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etish to„g„risidagi qarorda va hukmda 

barcha kvalifikatsiya belgilari ko„rsatilishi shart”

4

.   



 

Murakkab aybli jinoyatlarda shuni inobatga olish kerakki, ushbu jinoyatlar 

faqat moddiy tarkibli jinoyatlarda mavjud bo‟ladi va jinoyatning subyektiv 

tomonini ham ifodalab keladi.  

 

Xulosa o‟rnida shuni ta‟kidlamoqchimanki, murakkab aybli jinoyat tarkibida 



shaxs ikki mustaqil tarkib va ayb shakliga ega bo‟lgan jinoyat sodir etganligini 

bilishimiz mumkin. Bunday turdagi jinoyatlar umuman qasddan sodir etilgan 

jinoyat bo‟lib, bu hodisa jazoni ijro etish tartibiga va boshqa jinoiy-huquqiy 

oqibatlarni keltirib chiqaradi.  

 

 

 



 

 

 



 

 


Download 483.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling