2-nazariy savol
Download 483.7 Kb. Pdf ko'rish
|
XXF B potok 1-guruh Qurbonov Ro'zimurod Jinoyat huquqi[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfli retsidiv jinoyat deb – shaxsning ilgari qasddan sodir etilgan jinoyati
13-kazus
3 Rustamboyev M.X O‘zbekiton Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. 211-bet 4 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plennumining 2007-yil 27-iyundagi “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-son qarori, 27-band. https://lex.uz/docs/-1592419#-1593056. Sud sudlanuvchi B.ning jinoiy harakatlarining yuridik kvalifikatsiyasiga baho berib, oʻgʻirlik, yaʼni xavfli retsidivist tomonidan oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishda ifodalangan jinoiy harakati Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, talonchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini xavfli retsidivist tomonidan ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishda ifodalangan jinoiy harakati Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan alohida jazo tayinlab, soʻngra ushbu jazolarni JK 59- moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil 7 (yetti) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. 1.Vaziyatga huquqiy baho bering. Xavfli retsidivist deb topish asoslarini yoriting. 2. Oʻzbekiston Respublikasi JK 59-moddasi moddasi asosida tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoxud yengilroq jazoni ogʻirroq jazo bilan qoplash yoʻli bilan uzil-kesil jazo tayinlash masalarini tahlil qiling.
Ushbu muammoli vaziyatni yoritishda dastlab retsidiv jinoyat nima, xavfli retsidiv jinoyat deb qanday turdagi jinoyatlarga aytiladi va qaysi huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan shaxs xavfli retsidivist deb topilishi mumkinligi kabi savollarga javob berish bilan boshlaymiz. Jinoyat kodeksi 31- moddasi 1-qismida bayon etilishicha, shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat hisoblanadi. Jinoyat qonunchiligida va sud amaliyotida quyidagi ikkita belgiga asoslanib retsidiv jinoyat deb topish mumkin: 1) yangi jinoyatni qasddan sodir etish; 2) ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun shaxsning sudlanganligi.
Retsidiv jinoyatni sodir etgan shaxs birinchi jinoyati uchun qo„llanilgan tegishli ogahlantiruv-tarbiyaviy ta‟sir choralari uni to„g„ri yo„lga yo„naltirishda yetarli emasligini anglatadi. Shu bois, jinoyat qonuni retsidiv jinoyatchiga nisbatan qattiqroq qo„shimcha jinoiy javobgarlik va jazo choralarini qo„llashni muhim deb hisoblaydi. Amaldagi Jinoyat kodeksida retsidiv jinoyatning quyidagi turlari ajratib ko„rsatilgan: a) oddiy retsidiv; b) xavfli retsidiv; c) o„ta xavfli retsidiv. “Xavfli retsidiv jinoyat deb – shaxsning ilgari qasddan sodir etilgan jinoyati
Download 483.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling