Davlat va huquq nazariyasi moduli oraliq nazorat ishi uchun kasuz
Download 415.52 Kb. Pdf ko'rish
|
1 DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI MODULI ORALIQ NAZORAT ISHI UCHUN KASUZ 2. Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. Yuridik faktlar keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlariga ko‘ra huquqiy munosabatlarni vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan faktlarga bo‘linadi. Ammo ayni bir yuridik hodisa, bir vaqtning o‘zida ham muayyan huquqni yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Yuridik faktlarning turlarini muhokama qiling va oddiy hamda murakkab yuridik faktlarga O‘zbekiston Respublikasi yuridik amaliyotidan misollar keltirib o‘ting. Javob Ushbu kazusga javob berish uchun quyidagi boshqichlarga qat’iy rioya qilib va tahlil orqali to’g’ri javob berishimiz mumkin bo’ladi. 1.Yuridik fakt tushunchasi hamda uning huquqiy munosabatlardagi ahamiyati 2.Yuridik faktlarning turlari (klassifikatsiyasi) 3.O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga murojaat qilgan holda oddiy va murakkab yuridik faktlarni aniqlash va bir nechta misollar ko’rib chiqish kabi jarayonlarnidir. To’gridan, to’g’ri yuridik faktlar to’grisida so’z boshlashdan oldin uning tomonidan hamda bevosita yordami bilan paydo bo’ladigan huquqiy munosabat tushunchasiga ta’rif berib o’tishimiz muhim deb o’ylayman. Huquqiy munosabatlar –bu ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga solinadigan bir qismi bo’lib,ularning subyektlari subyektiv huquq va subyektiv yuridik majburiyatlarga ega bo’ladigan ,shaxslar o’rtasidagi yuridik aloqadir 1 . Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot 1 Davlat va huquq nazariyasi .SH.A.SAYDULLAYEV.TOSHKENT 2020 182 bet 2 qonuniyatlariga itoat etadi. Insonlar o‘rtasidagi aloqalarning yuridik shakli bo‘lmish huquqiy munosabatlar muntazam ravishda doimo paydo bo‘lib, o‘zgarib va barham topib turadi. Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjud bo‘lishi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq.Yuridik adabiyotlarda yuridik fakt tushunchasi turli toifa olimlar tomonidan turlicha izohlanadi. Bu hodisaga dastlab nemis olimi Savigny XIX- asrda qiaziqib qolgan.U yuridik faktlarni huquqiy munosabatlarning boshlanishi va tugashiga olib keladigan hodisalar sifatida tavsiflagan.Rossiyalik huquqshunos olimlar esa XX-asrda bu tushunchani yanada kengaytirdilar.Jumladan, ular huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishi va tugatilish bosqichlariga ularni o’zgarish bosqichini ham qo’shdilar.Rus olimlaridan biri bo’lgan professor A.Mitskevich :Yuridik fakt –qonun,huquqiy normalarni huquq oqibatlari kelib chiqishi bilan bog’laydigan hayotiy vaziyat sifatida ta’riflagan bo’lsa yana bir rus olimi L.A.Morozova yuridik faktni quyidagicha izohlaydi.” Yuridik fakt –huquqiy normalar huquqiy munosabatlarni vujudga kelishi ,o’zgarishi,yoki bekor bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan hayotiy vaziyat” . Shuningdek biz ta’lim olayotgan SH.Saydullayev mualifligidagi darslikda esa yuridik faktga huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi holatlar sifatida izohlangan. Yana bir o’zbek huquqshunos olimi professor X.T.Odilqoriyev esa, Yuridik faktlar- huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir deb ta’rif berib o’tgan.Yuqorida keltirib o’tilgan tushunchlar mazmunan bir-biriga yaqin va o’xshash bo’lsada, biroz farqli jihat mavjud.Ya’ni Mitskevich yuridik faktlarni qonun va huquq normalari tomonidan keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatga bog’laydigan vaziyatlar desa qolgan olimlar esa aynan huquq normalari asosida huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi holat deb hisoblashadi. Yuridik faktlar huquqiy 3 munosabatlarning zaruriy sharti, konkret talabi sifatida maydonga chiqadi. Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha voqeliklar mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda turli-tuman faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo ularning hammasi ham yuridik fakt bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish davlatning xohish irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy munosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat tug‘diradi. Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi. . Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan konkret huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik (huquq subyekti), subyektiv huquq va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Fuqaroning oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish huquqi amalga oshishi uchun u balog‘at yoshiga yetganligi hamda muomala layoqatiga egaligidan tashqari tegishli yuridik fakt mavjud bo‘lishi lozim. Bu yuridik fakt – kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli imtixon topshirish, tanlovdan o‘tish va buyruq bilan o‘quv muassasasiga qabul qilinishidir. Ana shundagina talaba bilan o‘quv yurti ma’muriyati o‘rtasida huquqiy munosabat vujudga keladi. Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi. Aytaylik, nikohni FHDY (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish fakti yuridik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mustahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh o‘qish faktlari (urf-odati) mavjud. Biroq bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. Shu bois u yuridik fakt bo‘la olmaydi.Aynan shuning uchun yuridik faktlarning belgilari bilan 1-jadval asosida tanishib chiqamiz. Yuridik faktlar, ularning mohiyati, ro'yxati tegishli huquq normalari bilan belgilanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonunchiligi normasi bunga misol bo'la oladi, unda vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaro paydo bo'lgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, tegishli qaror sud tomonidan bekor qilinadi. Bu yerda vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaroning 4 paydo bo'lishi va uning joylashgan joyini aniqlash uning o'limi to'g'risidagi qarorni sud tomonidan bekor qilinishi kabi huquqiy oqibatlarga olib keladigan o'ziga xos hayotiy holatlardir. 1- jadval No Download 415.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling