Huquqiy munosabatlarga izoh bering. Yuridik faktlarni tavsiflang


Download 21.39 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi21.39 Kb.
#1311394
Bog'liq
Huquq joriy


Huquqiy munosabatlarga izoh bering.

  1. Yuridik faktlarni tavsiflang.

Yuridik faktlar bular huquqiy normalar asosida huquqiy vaziyatlarni paydo qiluvchi, ularni o`zgartiruvchi va yakunlovchi hayotiy voqealardir. Yuridik faktlar huquqiy tizimda huquqni tartibga solish jarayonida muhim rol oynaydi. Ular huquqiy norma bilan aniq huquqiy munosabat o`rtasidagi boglovchi bogindir. Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik yani huquq subyekti va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqqiy munosabatlarning kerakli sharti xisoblanadi. Yuridik faktlar turli xil boladi. Ular mohiyatan bir nechta turga bolinadi. Yuridik faktlar keltirib chiqaradigan huquqiy natijalariga qarab huquqni yaratuvchi, huquqni o`zgartiruvchi, huquqni bekor qiluvchi faktlarga bolinadi.

  1. Inson huquqlari sohasida qabul qilingan biron-bir hujjatni tahlil qiling

Inson huquqlari bu barcha insonlarning umumiy va ajralamas huquqlaridir. Ular qaysidir davlatga millatga yoki dinga tegishli bolishiga qaramasdan hamma uchun bir xildir. Bu huquqlar «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiya»siga asoslangan. Inson huquqlari sohasida qabul qilingan hijjatlar ko`p. Misol uchun O’z.Res konstitutsiyaning 18 – 52 moddalari, “Inson huquqlari boyicha O`zb. Respublikasining milliy strategiyani tasdiqlash tog`risidagi” qarorlar ham inson huquqlari tog`risida qabul qilingan. Bugun biz tahlil qiladiganimiz: “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiya” sidir. Bu hujjat 1948 yil 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan va e'lon qilingan. U 30 ta moddani o`z ichiga oladi. Bu hujjatni qabul qilishdan maqsad har bir davlat va uning fuqarolari ushbu Deklaratsiyani takidlagan holatda maʼrifat va taʼlim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga komaklashishi kerakdir. Bu Deklaratsiya har bir insonning ajralmas huquq va erkinliklarini taminlaydigan xalqaro hujjatdir. Ushbu Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun oʻzgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat aʼzolarining burchidir.

  1. Mehnat munosabatlarining subyektlari to‘g‘risida tushuncha bering

Mehnat huquqi normalari mehnat aloqalarining paydo bolishi ozgarishi va yakun topishining shartlarini, ish vaqti va dam olish muddatining davomiyligini belgilash, mehnat muhofazasi , mehnat intizomiga tegishli munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Mehnat munosabatlari subyektlariga davlat organlari, ishchi va xizmatchilar, turli xil davlat muasasalari, korxonalari va jamoat birlashmalari kasaba uyushmalari kiradi. Mehnat huquqining mehnat munosabatlarini tartibga solishda qollaydigan usullari bolib, rag`batlantirish kerakli shartnomalarga normative hujjat tusini berish hisoblanadi.


  1. Fuqarolik huquqining asosiy institutlarini izohlang.

Fuqarolik huquqining predmeti, usuli va manbalari
Fuqorolik huquqining predmeti 3ga bolinadi 1-mulkiy munosabatlar, 2-mulk bilan boglik bolgan shaxsiy nomulkiy munosabatlar. 3-tashkiliy- huquqiy mazmundagi ijtimoiy munosabatlar.
Fuqorolik huquqqining subyektlari huququqiy layoqatdan tashqarimuomla layoqatiga ham egadirlar. Har qanday fuqarolik huquqi subyekti uning subyekti sifatida fuqarolik huquqiy muomalada faol qatnashishi uchun huquq layoqati va muomala layoqatiga ega bo‘lishlari lozim. Fuqarolik huquqining asosiy subyektlaridan biri bo‘lib hisoblangan fuqarolar ham xuddi shunday belgilarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Fuqarolik huquqining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksidir. Bundan tashqari, ushbu huquq tarmog‘i ichiga kiradigan ba’zi huquq tarmoqchalari normalari ham kodekslashtirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Uy-joy kodeksi. 321 XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish Mazkur huquq tarmog‘i tartibga soladigan munosabatlar mazmuni uchun taraflarning tengligidir.


  1. Huquq tushunchasi va belgilari.

Huquq tushunchasi
Huquq - davlat tomonidan o’rnatilgan yoki ma’qullangan va uning tasiri bilan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bolgan xulq-atvor qoidalarning tizimi. “Huquq” iborasi ikki ma’noda qo’llaniladi.
Obyektiv huquq-umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig’indisi. Bu normalar u yoki bu insonning, subyektning irodasi va hohish istagidan qat’i nazar mavjud bo’ladi.
Subyektiv huquq-muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo’lgan huquq. Subyektiv huquq yuridik jihatdan shaxs erkinligini ta’minlaydi, unga mustaqillik beradi va tashabbus ko’rsatishiga imkon yaratadi.
Huquqda turli yondashuvlarning tahlili uning belgilarini qayd etish imkonini beradi. Huquq belgilari: Huquq-normalar yoki xulq atvor qoidalar tizimi; Huquq bu davlat tomonidan o`rnatilgan yoki maqullangan normalar tizimi; Huquq umumiy majburiy xususiyatlarga ega qoidalar tizimi; Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va taminlanadi.
Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling