18. 1-§. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish tushunchasi va turlari
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash
Download 51.22 Kb.
|
алоҳида тоифа
4. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod etish jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishning alohida mustaqil turi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi-ning 10-bandida qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Prezident taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qiladi. Amnistiya jinoyat sodir etgan, shuningdek jazoni oʻtayotgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik prinsipini amalga oshirilishidir. Amnistiya – davlatning vakolatli organi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qabul qilgan normativ-huquqiyhujjatda ifodalangan erki boʻlib, oʻz ijtimoiy mohiyatiga koʻra muayyan toifadagi jinoyatlarni sodir etgan muayyan toifadagi shaxslarni kechirish boʻlib, davlat va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan hujjatdir va u sud tartibida qoʻllaniladi3.
2008-yil 22-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Amnistiya aktini qoʻllash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi va JPKga yangi “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash” deb nomlangan 63-bob kiritildi. Unga koʻra, dastlabki tergov yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatmasdan sudlar amnistiya munosabati bilan tergovchi tomonidan chiqarilgan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini rad qilish haqidagi sudga prokuror orqali iltimosnoma kiritish asosida kelib tushgan materiallar boʻyicha tegishli ajrim chiqarish vakolatiga ega boʻldilar. Shunday qilib, amnistiya aktini qoʻllash ustidan amalga oshiriladigan sud nazorati jinoyat-protsessual qonunchiligida oʻz ifodasini topdi. Har safar amnistiya toʻgʻrisidagi hujjat qabul qilinganda uning qoʻllanish doirasi koʻrsatib oʻtiladi. Amnistiya aktini qoʻllashning umumiy tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslari, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilanadi. Amnistiyaning quyidagi xususiyatlarini ajratib koʻrsatish mumkin: Download 51.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling