2) voyaga yetmaganlarning jinoyatlariga oid ishlarni yuritishda qonuniy vakillar va himoyachining ishtiroki shartligi. Himoyachi voyaga yetmaganga nisbatan huquqiy yordam koʻrsatsa, qonuniy vakillar esa psixologik va ruhiy yordam koʻrsatishadi.
3) voyaga yetmagan ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)ni soʻroq qilishning oʻziga xosligi.Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchi himoyachi ishtirokida soʻroq qilinadi. Soʻroq qilish chogʻida tergovchining ruxsati bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin. Voyaga yetmagan ayblanuvchini soʻroq qilishda tergovchi yoki prokurorning ixtiyoriga koʻra pedagog yoki psixolog ishtirok etishi mumkin. U tergovchining ruxsati bilan ayblanuvchiga savollar berishga, soʻroq tugaganidan soʻng esa, soʻroq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligi va mukammalligi haqida oʻz fikrlarini yozma ravishda berishga haqlidir.
JPKning 553-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak. Fikrimizcha, JPK 553-modda-sida voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, toʻrt soatdan oshmasligi kerakligi, deb oʻzgartirilishi kerak.Chunki voyaga yetmaganlarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari 6 soatlik muttasil soʻroq qilinishni koʻtara olmasligi mumkin va ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
4) voyaga yetmaganlarga nisbatan voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralarini qoʻllashning oʻziga xosligi. JPKning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga JPKning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qoʻllash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan boʻlsa, shu muassasa rahbarlari-ning qaroviga ham berilishi mumkin. JPK 556-moddasida voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirish tartibi, 557-moddada voyaga yetmagan shaxsni bolalar muassasasiga joylashtirish tartibi, 558-modda-da voyaga yetmagan ayblanuvchini qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |