Konusli birikmalarda o‘zaro almashinuvchanlik


Download 1.88 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi1.88 Mb.
#1037234
Bog'liq
ma\'ruza-16 ABRAZIV ISHLOV BERISH STANOKLARI


Botirib kirish usuli bo'yicha detalning jilvirlanadigan qismi uzunligi jilvirlash doirasining kengligidan kichik (B
16.2-rasm
16.3-rasm
Zamonaviy jilvirlash stanoklari yarim avtomatik yoki avtomatik sikl bo'yicha ishlab, keng ko'lamli, seriyali va yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitlarida foydalaniladi.
3М152Ф2 modelli tashqi doiraviy jilvirlash yarim avtomati (16.4-rasm) das-tur bo'yicha boshqariladi va silindrik, tores, konussimon va zinasimon yuzalarni bo'ylama surish va botirib kirish usullari bo'yicha mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida foydalan-ish uchun mo'ljallangan. Jilvirlash doirasining yon qismi va cheti (periferiya) bo'yicha o'tkirlab to'g'rilab turish (pravka) avtomatik tarzda orqa babkada maxsus opravkaga o'rnatilgan olmosli qalamchalar yordamida bajariladi. . Ishlov berish dasturini raqamli boshqarish sistemasiga (ЧПУ) kiritish boshqarish pultidagi klaviatura yordamida bajariladi.
16.4-rasm. Doiraviy jilvirlash stanogi.
1-stamna; 2-pasiki slot; 3-buruvulchi stol; 4-burish mexanizmi; 5-surish mexanizmi; 6-oldmgi babka; 7-orqa babka; 8-old babka shpindeli; 9-pinol; 10-jilvirtash babkasi; 11-balansirlash mexanizmi.
Rezba frezalash stanoklari
ЗМ152ВФ2 yarim avtomatining texnik tavsifi: Ishlanayotgan detaining eng katta o'lchamlari dmax= 200 mm; L =1000 mm;
Markazlar balandligi (stol ustidan) h = 125 mm; Jilvirlash doirasining o'lchamlari 600*80*305 mm; Doiraning (eng katta) tezligi 50 m/s; Jilvirlash babkasi yuritmasi Ned= 11 kW, n=1500 min-1. Stanokdagi asosiy harakatlar:
Bosh harakat — jilvirlash doirasining aylanma harakati. Jilvirlash doirasining shpindeli elektr dvigatelidan tasmali uzatma orqali harakat oladi:
Zagotovkaning aylanma harakati — doiraviy surish (v—s). Old babka shpideli o'zgarmas tok elektr dvigateli (Ned=0.85 kW, ned=220...2200 min1) dan tasmali uzatma orqali harakat oladi:

Jilvirlash babkasining ishchi (ko'ndalang) surilishi sk uning detalga tez yaqinlashuvi va uzoqlashuvi yuqori momentli o'zgarmas tok elektr dvigateli (N=0.75 kW, n=1000...2600 min-1) dan chervyakli (2:32) va gayka-vint (r=6 mm) uzatmalari orqali bajariladi.

  • Jilvirlash babkasining ishchi (ko'ndalang) surilishi sk uning detalga tez yaqinlashuvi va uzoqlashuvi yuqori momentli o'zgarmas tok elektr dvigateli (N=0.75 kW, n=1000...2600 min-1) dan chervyakli (2:32) va gayka-vint (r=6 mm) uzatmalari orqali bajariladi.
  • Orqa babka o 'rnatilgan markaz bilan zagotovkani siqib, o 'rnatib qo yish (pinol orqali) gidrosilindr yordamida bajariladi. Bu gidrosilindrni boshqarish stanokning old tomoniga o'rnatilgan pedal orqali bo'ladi.

16.5 - rasm
Markazsiz jilvirlash stanoklari. Yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarishda markazsiz doiraviy jilvirlash stanoklari keng qo'llanilib, ularda tashqi va kamroq darajada ichki yuzalar jilvirlanadi. Bunday stanoklarning ish unumdorligi markazli stanoklarnikiga qaraganda ancha yuqori, ular jilvirlash chuqurligining ko'proq bo'lishi (chunki detallarning egilishi bu yerda yo'q), kichik diametrli va katta uzunlikdagi detallarga ishlov berish imkoniyatlariga ega.
16.6 – rasm. Tashqi markazsiz jilvirlash sxemasi
3M184 modelli universal markazsizjilvirlash stanogi (16.8-rasm) tekis, zinasimon, konussimon va shakldor yuzalarni jilvirlash uchun mo'ljallangan. Stanokjilvirlash va yetaklovchi doiralarni o'tkirlab turuvchi (to'g'rilovchi) qurilmalarga ega, ular gidravlik silindrlardan harakatlantiriladi. Jilvirlash va yetaklovchi doiralar alohida elektr dvigatellardan tasmali uzatma orqali harakat oladi.
3M184 modelli stanokning texnik tavsifi:
Jilvirlanayotgan detaining diametri dmax =3-80 mm;
Jilvirlanayotgan detaining uzunligi lmax=250 mm;
Jilvirlash doirasining aylanish chastotasi 1370 ayl/min;
16.7-rasm. Markazsiz ichki doiraviy jilvirlash sxemasi
16.8-rasm. Markazsiz doiraviy jilvirlash stanogi.
1-summa; 2-yetaklovchi doira babkasi: 3-jilvirlash babkasi; 4-tayanch.
Yetaklovchi jilvirlash doirasining aylanish chastotasi 10-150 ayl/min;
Jilvirlash doirasining tezligi 35 m/s;
Bosh harakat elektr yuritmasi quvvati 11 kW.
3E183A modelli yarim avtomat markazsiz tashqi doiraviy jilvirlash stanoklarining zamonaviy modellaridan biridir. Yarim avtomat jilvirlash va yetaklovchi doiralar babkalarining jilvirlash doirasi o'qiga perpendikulyar yo'nalishda surila oladigan qilib komponovka qilingan. Jilvirlash doira­sining tebranishlari ЭВМ-БП2 tipidagi vibrometr yordamida o'lchab boriladi. Doiralar to'g'rilash (pravka) mexanizmining olmosli qalamchalari yordamida o'tkirlanib turadi. Stanok gidravlik yuritmalar bilan to'la jihozlangan.
Yetaklovchi doira babkaning buriluvchi qismiga o'rnatilgan bo'lib, u vertikal tekislikda ±8° ga, gorizontal tekislikda ±0,5°ga burila oladi. Yetaklovchi doira o'zgarmas tok elektr dvigatelidan chervyakli uzatma (z=22-l5) orqali harakatlanadi. Uning aylanish chastotasi 15...200 min-1 . Botirib kirish usuli bo'yicha jilvirlashda, yetaklovchi doiraning o'qi 0,5° ga burib qo'yiladi. Bu detalni cheklagichga zichroq yaqinlashtirib qo'yish uchun zarur boiadi. Detalning jilvirlash zonasidan o'tib ketish usuli bo'yichajilvirlashda bo'ylama surishning miqdoriga yetaklovchi doiraning aylanish chastotasi va uning burilish burchagini o'zgartirish orqali erishiladi.
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling