1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Kalit so‘zlar: ta’lim, innovatsiya, dars, interfaol metodlar, pedagog, 
texnologiya, hamkorlik, ko‘nikma, o‘yin. 
Har bir zamonaning o‘z qahramonlari bahodirlari bor. Ul zotlar shaxsiy 
manfaat, shon-shuhrat kabi unsurlarni keyingii o‘rinlarga surib qo‘yib, millatning 
dardiga darmon bo‘lib yashaydilar. Ulardan biri Sohib-ul-qiron Amir Temurdir.
Sohib-ul-qiron o‘z qalbini va donoligini Samarqand shahriga baxshida etgan. 
Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi markazlaridan bo‘lgan Maroqand 
(Samarqand) shahrida ming yillar davomida juda ko‘p tarixiy voqyealar yuz berdiki, 
ular umuman sivilizatsiyaning shakllanish va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdilar. Bu 
yerda mashhur sulolalar inqirozga yuz tutib, ularning o‘rnida yangi davlatlar barpo 
bo‘ldi, bu yerdan shunday karvonlar o‘gdiki, ular faqat mol tashish bilangina 
shug‘ullanmay, balki boshqa mamlakatlar hayoti haqidagi bebaho bilimlarni 
tarqatdilar. Lekin Samarqandning haqiqiy buyukligi va uning dunyoviy ahamiyati 
avvalo Amir Temur nomi bilan bog‘liqdir va biz uni faxr va hurmat tuyg‘usi bilan 
tilga olamiz. Aynan Temur va temuriylar davri deb nom olgan davrda Samarqand 
ulkan imperiyaning poytaxti bo‘ldi. Ko‘hna Turon va Buyuk Ipak Yo‘li shuhratini 
tiklash, Movarounnahr xalqlarini eng badavlat va gullab-yashnagan xalqlarga 


-84- 
aylantirish, Samarqdning dong‘ini olamga yoyish Sohib-ul- qironning yuksak orzusi 
edi. Amir Temur: “Biz kim amiri Turkiston, mulki Turonmiz, eng ko‘hna va buyuk 
millat – turklarning bosh bo‘g‘inimiz”, degan mashhur so‘zlarni aytganda u bugunlay 
haq bo‘lgan. Yon-atrofda joylashgan aholi manzillariga dunyodagi buyuk davlatlar 
poygaxtlarining nomlari berilganligi ham bejiz emasdir. Ma’lumki, Sohib ul-qiron 
tarixga mamlakat mustaqilligi uchun kurashni yaratuvchilik ishlari bilan 
muvaffaqiyatli uyg‘unlashgira olgan ulug‘ arbob, Sharq va G‘arb mamlakatlarida 
yuksak obro‘ga ega bo‘lgan buyuk siyosatchi va diplomat sifatida kirgan. Amir 
Temur o‘z saltanatida jinoyatchilik va daydilikni bugunlay quritdi. U davlat tepasida 
turgan davrda xalq ijodiy va yaratuvchilik ishlariga to‘liq jalb qilingan edi. Sohib ul-
qiron o‘z xalqi uchun doimo otalarcha qayg‘urar va uni lashkarlar juda e’zozlar 
edilar, bu haqsa uning zamondoshlari bir necha bor yozib qoldirganlar. U faqat savdo, 
tadbirkorlikka g‘amxo‘r bo‘lib qolmay, balki maorif, adabiyot va san’at sohasida ham 
homiylik qilib, xalqning ma’naviyati va madaniyatini rivojlantirishga ham katta 
ahamiyat bergan.
Hozirda O‘zbekiston o‘zining rivojlanishida tub burilish davrida bo‘lib, 
iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mazkur jarayonlarda 
yangiliklarga yo‘g‘rilgan kuchli ta’lim texnologiyalarini izlab topib, amaliyotda 
qo‘llash hamda tegishli natijalarga erishish – ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor 
dolzarb vazifalardan biridir. 
Mazkur vazifalarning asosini quyidagilar tashkil etadi: 
- kelajak avlodni bozor iqtisodiyoti sharoitida yashashga hamda jadal 
rivojlanayotgan jamiyatda faoliyat yuritishga tayyorlash
- o‘quvchilarga ta’lim berishda asosiy e’tiborni katta hajmdagi ma’lumotlarga 
asoslangan nazariy bilimlarga emas, balki olgan bilimlarni mustaqil, tanqidiy fikrlash 
asosida mavjud muammolarni yechishga yo‘naltirish; 
- o‘zgarishlarga doimo tayyor turishga, «yuqori informatsion xuruj»lar 
sharoitida to‘g‘ri xulosalar qilib, harakat qilishga o‘rgatish. 


-85- 
O‘z o‘rnida ta'lim va tarbiya, shaxs rivojlanishi yo‘lida yangidan-yangi 
pedagogik texnologiyalarni izlab topishni, har bir masalaga ijodiy yondashishni talab 
etadi. Ta’lim va tarbiya, shaxs rivojlanishi yo‘lida albatta o‘quvchining intellektual 
faollik darajasini aniq bilgan holda darslar tashkil etilsa albatta yaxshi natija beradi.
D.B. Bogoyavlenskayaning nazariyasiga binoan, intellektual faollikning 3 ta 
darajasi mavjuddir.
1. Reproduktiv. Yuqori chegarasi – qiziqish, quyi chegarasi sinalayotgan 
odamning vazifasiga nisbatan sustligi.
2. Evristik. Faoliyatni takomillashtirishga intilish paydo bo‘ladi, yechimning 
yangi usullarini topishga nisbatan intilish vujudga keladi.
3. Kreativlik. Bu intellektual faollikningyuqori darajasi bo‘lib, uning 
yordamida vazifani yo‘lga qo‘yishdagi tashabbus, nazariy umumiy xulosalar, o‘zaro 
bog‘likliklar, sabab-oqibatlar aniqlanadi.
Hozirgi tavsiyamizni reproduktiv va evristik intellektual faolligini kreativ 
darajaga yetishiga poydevor bo‘ladi degan umiddamiz.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling