1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
-78-
ko‘rishga Amir Husayn bilan kelishgan Temur 1362-yilda Marv tomonidan Buxoroga yo‘l oladi. «Ikki kun yo‘l yurib, Qorako‘lga qarashli bir qishloqqa yetdilar, deb yozadi Bo‘riboy Ahmedov «Amir Temur» tarixiy romanida. Shu yerda Kesh ham, hatto Soli Saroy ham notinch ekanligi haqida xabar topdilar. Endi nima qilish kerak? Orqaga qaytishning iloji yo‘q. Qobul taraflarga esa yo‘l berk. Oxiri kengashib, nima bo‘lsa ham eski reja bo‘yicha Buxoro tarafga borishga qaror qildilar. Temurbek bilan xotini mulozimlari va xizmatkorlari bilan bir haftadan keyin Buxoroning Zandanisiga kirib borib, tanish bir savdogarning uyini qidirib topdilar. Xayriyatki, savdogar uyida ekan. Mehmonlarni xursandchilik bilan qarshi oldi va tashqaridagi katta mehmonxonasini ularga bo‘shatib berdi. O‘sha kecha Temurbek savdogardan so‘rab- surushtirib, mamlakatdagi ahvolni bilib oldi. Shundan keyin Temurbek Buxoroga ham, Samarqandga ham bormay, ularni imkoni boricha chetlab o‘tib, Kesh tarafga borishga qaror qildi[3.73]. Savdogarning uyida o‘tkazilgan suhbatlarida Amir Temur ona yurtining uni hamisha qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qilgan bo‘lsa ajab emas. Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish ilinjida kurash olib borgan. Amir Temur 1370 yilda hukmdorlikni o‘z qo‘liga oldi. Sohibqiron o‘z davlatini barpo etish, uni siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkamlashga kirishishdan oldin qarorgoh – taxt joyi, ya’ni mamlakat poytaxtini tanlashi kerak edi. Amir Temur saltanat poytaxtini tanlashda ona shahri Buxoroga alohida e’tibor qaratgan edi. Har gal Buxoroi Sharifga kelib shaharga qaysi darvozadan kirmasinlar, otdan tushib yayov shaharga kirgan va shaharning har qarich yerini, har bir g‘ishtini muqaddas bilganlar. XIV asrning 70-yillarida Movarounnahrda Buxoroi Sharif diniy darajasiga yeta oladigan shahar topilmasdi. Abu Hafs Kabir zamonlaridan (IX asr) “Qubbat ul islom” nomini olgan muqaddas shahar Temur saltanatining markazi bo‘lishiga tarixan tayyor edi. Ammo bu masalada Samarqandda o‘tkazilgan mashvaratda ayrim oqsoqollar tomonidan Buxoroning Movarounnahrning bir qadar chekkasida joylashganligi to‘g‘risidagi maslahatlariga quloq tutgan Sohibqiron bobomiz Samarqandni o‘z -79- saltanatining poytaxti deb e’lon qiladi. Sharqning bu bobokalon shahri o‘zining siyosiy, tarixiy, iqtisodiy, jo‘g‘rofiy, madaniy xususiyatlari bilan ustun keldi. Buxoro ikkinchi poytaxt sifatida saltanat tayanchi bo‘lib xizmat qildi[4.19]. Amir Temur davrida Buxoroda saroylar, masjidlar, xonaqohlar, savdo rastalari va boshqa imoratlar qad ko‘taradi. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Buxoro katta savdo-sotiq markaziga aylandi. Buxoroda bu davrda ko‘plab ariqlar chiqarildi. Ayniqsa shaharning atrofini o‘rab olgan Shohrud arig‘ining qayta tiklanishi, shahar aholisining obi-hayotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qildi. Ma’lumki shahardagi mashhur ariq mo‘g‘ullar hujumi davrida buzib tashlangan edi. Amir Temur davrida nafaqat Buxoro shahri, balki butun voha obodonlashtirildi. XIX asrning oxirida Buxoroda bo‘lib, ariq va kanallar tizimini o‘rgangan rus olimi F.Sitnyakovskiy sharqiy-janubiy tomonga qarab chiqarilgan va xalq xotirasida Temur ariq haqida ma’lumot berganki, bu kanal Amir Temur farmoyishi bilan bunyod etilgan [5.139]. Mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay vayron etilgan Buxoro vohasining suv xo‘jaligi Amir Temur davriga kelib to‘la tiklandi. Bu muzofotda dehqonchilik maydoni kengaydi. Keyinchalik o‘z bobosining yaratuvchilik va obodonchilik an’analarini davom ettirgan Mirzo Ulug‘bek davrida Buxoro viloyatining janubi- sharqiy chegarasiga tutashgan Somonjuq dashtiga suv chiqariladi va yangi yerlar o‘zlashtiriladi[6.94]. Amir Temur taxtga o‘tirganidan keyin ona yurti Buxoroga tez-tez kelib turardi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temur har gal harbiy yurishlardan zafar bilan qaytganda, albatta Buxoroi Sharifga kelib avliyo-ambiyolarni ziyorat qilar, so‘ngra poytaxti Samarqandga o‘tar edi. Sohibqiron kelib tavof qilgan ziyoratgohlardan biri Chashmai Ayub maqbarasidir. U XII asrda qurilgan bo‘lib, 1379-yilda Temur farmoyishi bilan mozor-go‘rxona ustida katta gumbaz quriladi. Amir Temur ko‘rsatmasi bilan Boharziy va Bayonqulixon maqbaralarida ham ta’mirlash ishlari olib borilgan. Temur davrida Buxorodagi eng katta machitlardan biri Namozgohda mehrob devori ta’mirlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling