Mavzu: Markaziy Osiyoning arablar tomonidan fath etilishi. Reja
Download 1.61 Mb.
|
1. Markazi Osiyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- VIII asrdagi Oʻrta Osiyo xaritasi
- VII-VIII asrlarga oid Toxaristondan topilgan erkak kishi haykali
- Adabiyotlar
- E’tboringiz uchun rahmat !
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Unvesiteti Tarix fakulteti sirtqi ta’lim 4-bosqich 404-guruh talabasi Suyarov Bahromning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fanidan tayyorlagan taqdimotiMAVZU:Markaziy Osiyoning arablar tomonidan fath etilishi.Reja:1. Istilogacha boʻlgan davrdagi voqealar2. Istiloning boshlanish3. Istilo natijalariArab xalifaligining Oʻrta Osiyoda (VII—VIII asrlar) islom dinini yoyish, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi (hozirgi Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston) yerlarni bosib olish maqsadida olib borgan harbiy harakatlari.Arablar 642-yilgi Nahavand jangida gʻalabaga erishishi tufayli Seyiston va Xuroson egallanib, Sosoniylar saltanati toʻliq zabt etiladi. Ushbu jangdan qariyb 10 yil oʻtib, arablar Oʻrta Osiyoga yetib kelishdi. Xurosonning markazi Marv shahri 651-yilda Basra hokimi Abdulloh ibn Amir tomonidan egallanadi va natijada xalifalik chegaralari Amudaryo daryosigacha choʻziladi. Amudaryo daryosi shimolida joylashgan hududlar arablar tomonidan „Movarounnahr“ („daryoning narigi tomoni“) deb atalgan. VIII asrdagi Oʻrta Osiyo xaritasi
Arab manbalarida Movarounnahrni arablar istilo qilishi 650-yillarda boshlagan, degan taassurot uygʻotsa-da, aslida dastlabki harbiy harakatlar faqat oʻlja olish va oʻlpon undirishga qaratilgan edi. Dastlab arablar Marvdagi kichik harbiy boʻlinma bilan cheklanishgan, Iroqdagi voliylar har yili Movarounnahrdagi mahalliy hokimliklarni talon-taroj qilish uchun qoʻshin joʻnatib turishgan. 652-yilda Axnaf ibn Qays boshchiligidagi birinchi harbiy ekspeditsiyasi Quyi Toxaristonning birlashgan qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchrab, Marvirudga qaytib ketishadi. Ammo al-Aqra ibn Habis boshchiligidagi ikkinchi harbiy ekspeditsiya Joʻzjon hokimini magʻlub etib, Joʻzjon, Foryob, Taliqon va Balxni egallashga muvaffaq boʻladi.VII-VIII asrlarga oid Toxaristondan topilgan erkak kishi haykaliVII-VIII asrlarga oid Toxaristondan topilgan erkak kishi haykaliIstilo qilingan hududlarda arab va mahalliy xalqlar (fors, turkiy, soʻgʻd va boshqalar) madaniyatlarining oʻzaro aralashuvi sodir boʻldi. Arablar tomonidan bosib olingan xalqlar uchun islom (mahalliy e'tiqodlar qoʻshiluvi bilan) asosiy hukmron dinga aylandi. Islom dini targʻibotini shayxlar, darveshlar, soʻfiylar olib borishdi. Mahalliy aholi orasidan diniy vakillar (mullalar, imomlar, eshonlar, qozilar) paydo boʻldi. Shahar aholisi orasida dindorlar soni ortib, namoz va boshqa diniy marosimlar uchun moʻljallangan masjid va xonaqohlar barpo etila boshlandi. Keyinchalik masjidlar qoshida madrasalar ochilib, ularda arabcha savod oʻrgatilgan. Muqaddas kitob „Qur’on“ni oʻqishning oʻrgatilishi turkiy xalqlarning birligini mustahkamladi. Markaziy Osiyoning islomlashuvi turkiy xalqlar jamiyati, iqtisodiyoti, siyosati va madaniyatining jadal rivojlanishining bosh omili boʻldi. Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy-madaniy hayotida katta oʻzgarishlar roʻy berdi: shaharlar yanada rivojlandi, Buyuk Ipak yoʻli boʻylab Sharq va Gʻarbning koʻplab mamlakatlari bilan savdo-sotiq rivojlandi. VIII asrdan Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻistonda istehkomlar – rabotlar qurildi, ularning koʻpchiligi keyinchalik shaharlarga aylandi. Pahlaviy tili bir asrdan kamroq vaqt ichida fors tiliga aylandi. Fors va turkiy lugʻatga koʻplab arabcha soʻzlar kirib keldi. Adabiyot rivojlandi. Islomiy taqvim qabul qilindi. Diniy bayramlar kundalik hayotda paydo boʻldi. Dafn marosimlari musulmon urf-odatlari asosida amalga oshirila boshlandi. Sharq adbiyotining mumtoz asarlari, diniy rivoyatlar va islom aqidalarini targʻib qiluvchi sheʼrlar (Qur'oni Karim qissalari, „Salsal“, „Zarkum“, „Yusuf va Zulayho“, „Ming bir kecha“ va boshqalar).Adabiyotlar:
E’tboringiz uchun rahmat !Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling