1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-201- 
Ikkinchi Renessansda – Ulug‘bek, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda 
Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk me’morlar, bastakorlar, 
musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar 
yaratdilar. Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilg‘or, mutaraqqiy xalqlari 
qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi bo‘lsak, Uchinchi 
Renessansni amalga oshirmog‘imiz zarur. 
Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, 
uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha talim va maktab 
talimi, oliy va o‘rta maxsus talim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni 
bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, 
maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi 
Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman – 
hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning 
beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar[2.2]”, – deb ta’kidladilar 
Prezidentimiz. 
Bosh vazifamiz esa Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini 
yaratadigan yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilishi 
lozim. Uchinchi Renessans milliy g‘oyaga aylanishi zarur va yoshlarda mafkuraviy 
imunitetni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. 
Shu ma’noda Uchinchi Renessans g‘oyasi istiqbolga intilishga juda mos keladi. 
Mazkur g‘oyaning safarbarlik kuchi, umuman, mafkuraviy salohiyati juda yuqori. 
Ayni chog‘da o‘tmish tariximizning shonli sahifalari, buyuk ajdodlarimizning 
bunyodkorlik va ijodkorlik salohiyati bilan bog‘lanadi. Bizga mazkur tushuncha 
kimlarning vorislari ekanimizni eslatib turadi. Yangi Renessans yo‘lida xalqimiz turli 
mayda, vaqtinchalik masalalarga, guruhbozlik, mahalliychilik, ayirmachilik, 
mafkuraviy mutaassiblikning har xil ko‘rinishlariga chalg‘imasligi kerak. Tarix 
saboqlarini unutishga haqqimiz yo‘q. Uchinchi Renessans g‘oyasi milliy 
ruhiyatimizga, xalqimiz armon-orzusiga yaqin. Zotan, xalq ilgari oqqan daryosi yana 


-202- 
oqishini astoydil istaydi.Uchinchi Renessans g‘oyasini hayotiy va ta’sirchan milliy 
g‘oyaga aylantirishni nimadan boshlamoq kerakligini ham anglab yetishimiz zarur. 
“Uchinchi Renessans” g‘oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirish uchun 
puxta o‘ylangan siyosat olib borilishi, xalqda ruhiy ko‘tarilish, qatiy irodali intilish 
yuz bermog‘i zarur. Avvalo, tushuncha mazmunini aniq ochib berish, aholining 
barcha qatlamlari, avvalo, yoshlar ongiga yetkazish kerak. O‘tmish renessanslari 
davrida ajdodlarimiz nimalarga erishganini, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan 
hissasini, boshqa xalqlar, mintaqalar yutuqlari bilan taqqoslab, jahonning yetakchi 
madaniyatlaridan, ilm-fani, san’ati va adabiyotlaridan birini, ilg‘or ijtimoiy fikru 
qarashlarini yaratganini qisqa, lo‘nda, dabdabali jumlalarsiz yoritish zarur. 
11-sinfda “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishda yoshlar ongi va qalbiga 
Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda nimalarga e’tibor 
qaratishimiz zarurligi haqidagi ma’lumotlarni singdirishimiz kerak. Bunda 
quyidagilar e’tiborga olinadi:
- Uchinchi Renessans poydevori to‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitida yaratilishi 
kerak; 
- Shu sababdan u, avvalo, texnologik inqilobni, yuksak rivojlangan raqamli 
smart (aqlli) iqtisodiyotni taqozo qilishini tushuntirmog‘imiz lozim; 
- O‘z navbatida, raqamli, smart iqtisodiyotga o‘tish uchun ishlab chiqarishni 
bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish, robotlashtirish talab 
etilishini anglab yetishlari kerak. 
Yuqoridagilardan ayonlashmoqdaki, Uchinchi Renessans bizdan xalqaro 
hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida 
yanada chuqurroq integratsiya bo‘lishini talab etadi. Ammo o‘zligimizni, tilimizni, 
milliy xususiyatlarimizni, ma’naviyatimizni saqlab qolishimiz shart. Bu esa ta’lim-
tarbiya tizimiga jiddiy e’tibor qaratishni bildiradi. 
Inson — Yangi Renessans ijodkoridir. Buni yoshlar ongi va qalbiga singdirish 
lozim. Har bir jamiyat o‘ziga zarur shaxsni tarbiyalaydi. Unga o‘z taraqqiyoti darajasi 
va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, e’tiqodiy, kasbiy-professional, huquqiy va 


-203- 
boshqa qator talablar qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson
uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga to‘liq javob 
beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Yusuf Xos Hojib uni “tugal er”, 
Forobiy “fozil kishi”, tasavvuf namoyandalari “komil inson” deb ataganlar. “Har 
tomonlama rivojlangan shaxs”, “uyg‘un rivojlangan shaxs” atamalari ham 
qo‘llanilgan. 
Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan “komil inson”, yosh avlodga 
nisbatan “barkamol avlod” atamalarini qo‘llay boshladik. Gap atamada emas. Qanday 
sifatni qo‘llamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti 
tendensiyalarini va ayni paytda milliy ma’naviyatimiz xususiyatlarini hisobga 
olmog‘imiz lozim. Binobarin, sun’iy intellekt va yuksak texnologiyalarga 
tayanadigan “to‘rtinchi sanoat inqilobi” insonga qo‘yadigan talablarini oldindan 
modellashtirishimiz va ta’lim-tarbiya tizimini ularga moslashtirishiz kerak. 
Bugungi kunda Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratar 
ekanmiz, jahonda robototexnika, avtomatlashtirish, nanotexnologiyalar rivojlangan 
davrda ilm-fanga asoslanib, mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga erishmog‘imiz 
zarur. Mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar va 
yoshlarning ilm-fanga yuksak darajada qiziqish bilan qarayotgani hamda jahon 
miqyosida bu sohada hech kimdan kam emasligini ko‘rsatayotganligi Uchinchi 
Renessansning mustahkam poydevorini yaratishimizga qat’iy ishonch tug‘diradi. 
Ko‘rinib turibdiki, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish 
uchun yoshlarning jipsligi, birdamligi va fidoiyligi muhim rol o‘ynaydi. Eng muhimi, 
ularning bu boradagi izlanish va tashabbuslarini hamisha rag‘batlantirib turish, 
yagona maqsad sari yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling