1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Sh.M. Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan 
intervyusidan. 17-avgust. 2021-y. 
2. 
“Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida” nomli kitob 
taqdimotidan. Madaniyat rukni ostida. 2021-y, 21-oktyabr. 
Raxmatov Ramshod Raximovich 
Buxoro shahar 29-IDUM o‘qituvchisi 
+99899 385-17-32, 
ramshod.raxmatov@gmail.com
 
MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK O‘ZBEK 
XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR 
Annotatsiya: ushbu maqolada har bir xalq va millatlar uchun muhim 
hisoblangan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik uning bugungi zamonda 
davlatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkam olib borishlari uchun dolzarb 
ahamiyat kasb etishi, inson va uning taqdiri, davlatlarning jahon hamjamiyati oldida 
o‘z o‘rnini mustahkamlab olishi, o‘z hududidagi millatlarning tinch totuv 
yashashliklari haqida fikr yuritiladi.  
Kalit so‘zlar: millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, baynalmilal, mustaqillik, 
konfessiya. 
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor. Haqiqatan shu bir so‘z zamirida qancha ma’no 
mujassamlashgan. Bag‘rikenglik – bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni
o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil 
usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, 
samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. Bu 


-220- 
faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. 
Bag‘rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizlikdan 
tinchlik madaniyatiga eltuvchidir. Bag‘rikenglik haqida gapirilganda bu xalqimizning 
azaliy fazilati ekanligini ta’kidlash zarur.
Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy xristianlik ta’limotini o‘rganar ekan, 
“Bibliya”ga kirgan to‘rtta “Injil” haqidagi ma’lumotlarni keltirib, ular orasidagi 
farqlarni ham tahlil qilib bergan. Uning yozishicha: Xuroson mitropolitining 
qarorgohi Marv shahrida bo‘lgan. Bu esa o‘sha davrlarda musulmon aholisi bilan 
birga xristian jamoasi ham emin-erkin o‘z ibodatlarini amalga oshirganligini 
ko‘rsatadi. Yurtimizning bag‘rikeng diyor ekanligiga tarixning o‘zi guvoh.
Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi boshidan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va 
ikkinchi jahon urush yillari ko‘p sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreys, nemis, turk, 
polyak, grek, qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni vatan tutdilar. 
Ularning hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona Vatanga aylandi. Chunki, ular 
shu yerda tug‘ilib kamolga yetdilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topdilar. 
Yurtimizdagi tinchlik – osoyishtalik, albatta, turli millat vakillarining o‘zaro 
do‘stlik, birodarlik munosabatlariga asoslangan. Prezidentimiz bu borada 
“O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” sohasida o‘z anʼanalariga 
doimo sodiq bo‘lib, bu yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi. 
Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, 
do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali eʼtibor qaratiladi. 
Millatlararo totuvlik g‘oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha xalqlarning guruhlarning 
teng huquqlilik, hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasidir. 
Millatlararo totuvlik g‘oyasi millatparvarlik g‘oyasidir. U barcha millat va elatlarni 
tili, urf-odati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. 
Yana shu narsani tan olib aytishimiz mumkinki, yurtimizda barcha sohada olib 
borilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy samarasini beryapti. Shu jumladan, mustaqillik 
yillarida yurtimizda yashayotgan turli millatlar, xalqlar o‘rtasida teng huquqlilik va 
hamjihatlikni ta’minlash maqsadida uning qonuniy asoslari yaratildi. Jumladan, 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling