1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- -171- 4-SHO‘BA. YANGI O‘ZBEKISTON “UCHINCHI RENESSANS” OSTONASIDA Haydarov Yuldash Hazratovich
- “UCHINCHI RENESSANS”NING MUSTAHKAM POYDEVORINI YARATISHDA MUHIM OMIL Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. “Buxoro tarixi”. Toshkent “ Kamalak”, 1991. 2. Herman Vamberi. “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi”. Toshkent. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti., 1990 3. M.Ivanin. “Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur”. Toshkent: O‘Z.R.FA “Fan” nashriyoti, 1994. -171- 4-SHO‘BA. YANGI O‘ZBEKISTON “UCHINCHI RENESSANS” OSTONASIDA Haydarov Yuldash Hazratovich Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent “UCHINCHI RENESSANS”NING MUSTAHKAM POYDEVORINI YARATISHDA MUHIM OMIL Annotatsiya: Ushbu maqolada “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratish uchun zarar shart-sharoitlar xususida fikr yuritilgan. Zamonaviy O‘zbekistonda ilm- fanning rivojlanish xususiyatlari to‘g‘risida mulohazalar bildirilgan. Kalit so‘zlar: “Uchinchi Renessans”, Fanlar Akademiyasi, “yo‘l xaritasi”, innovatsiya, “Akademik harakatchanlik” dasturi, fan doktori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – “Uchinchi Renessans” davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi[1.2]”. Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda xalqimizning jipsligi, birdamligi va fidoiyligi muhim rol o‘ynaydi. “Uchinchi Renessans”ning mustahkam poydevorini yaratishda O‘zbekiston ilm-fanining ham muhim o‘rni bor. Shu boisdan ham davlatimiz rahbarining Prezident sifatidagi birinchi uchrashuvi 2016-yil 30-dekabrda yurtimiz akademiklari bilan bo‘lib o‘tgani ham bejiz emas. Xabaringiz bor, o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridan O‘zbekiston ilm-fani taraqqiyotida “muzlik” davri boshlangan edi. Bu holat 2017-yilga qadar davom etdi. Buni quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. -172- O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. Buning oqibatida o‘tgan davr mobaynida yurtimizda akademiklarning soni 2 barobardan ko‘proqqa qisqarib, Fanlar akademiyasining atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi xolos. Prezidentimizning 2017-yil 29-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari saylandi. Prezidentimizning tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi tarkibiga 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi qaytarildi va qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi. Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi. Shu tariqa O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar va yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash shart-sharoitlari yaratildi. “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha talim va maktab talimi, oliy va o‘rta maxsus talim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling