1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. “Buxoro tarixi”. Toshkent “ 
Kamalak”, 1991. 
2. Herman Vamberi. “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi”. Toshkent. 
G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti., 1990
3. M.Ivanin. “Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur”. Toshkent: 
O‘Z.R.FA “Fan” nashriyoti, 1994. 


-171- 
4-SHO‘BA. YANGI O‘ZBEKISTON “UCHINCHI RENESSANS” 
OSTONASIDA 
 
Haydarov Yuldash Hazratovich 
Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi”
 kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent 
“UCHINCHI RENESSANS”NING MUSTAHKAM POYDEVORINI 
YARATISHDA MUHIM OMIL
Annotatsiya: Ushbu maqolada “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratish 
uchun zarar shart-sharoitlar xususida fikr yuritilgan. Zamonaviy O‘zbekistonda ilm-
fanning rivojlanish xususiyatlari to‘g‘risida mulohazalar bildirilgan. 
Kalit 
so‘zlar: 
“Uchinchi 
Renessans”, 
Fanlar 
Akademiyasi,
“yo‘l xaritasi”, innovatsiya, “Akademik harakatchanlik” dasturi, fan doktori. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: 
Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir 
uyg‘onish – “Uchinchi Renessans” davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni 
haqiqat bo‘ladi[1.2]”. Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda 
xalqimizning jipsligi, birdamligi va fidoiyligi muhim rol o‘ynaydi.
“Uchinchi Renessans”ning mustahkam poydevorini yaratishda O‘zbekiston 
ilm-fanining ham muhim o‘rni bor. Shu boisdan ham davlatimiz rahbarining 
Prezident sifatidagi birinchi uchrashuvi 2016-yil 30-dekabrda yurtimiz akademiklari 
bilan bo‘lib o‘tgani ham bejiz emas.
Xabaringiz bor, o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridan O‘zbekiston ilm-fani 
taraqqiyotida “muzlik” davri boshlangan edi. Bu holat 2017-yilga qadar davom etdi. 
Buni quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.


-172- 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi oxirgi saylovlar 1995-yilda 
o‘tkazilgan edi. Buning oqibatida o‘tgan davr mobaynida yurtimizda 
akademiklarning soni 2 barobardan ko‘proqqa qisqarib, Fanlar akademiyasining atigi 
63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi xolos. Prezidentimizning 2017-yil 29-dekabrda 
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi 
haqiqiy a’zolari saylandi.
Prezidentimizning 
tashabbusi 
bilan 
Fanlar 
akademiyasi tarkibiga 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi qaytarildi va qator ilmiy 
tashkilotlar qayta tashkil etildi. Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 
ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi.
Shu tariqa O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy 
kadrlar va yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh 
bo‘lishini ta’minlash shart-sharoitlari yaratildi.
Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, 
uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha talim va maktab 
talimi, oliy va o‘rta maxsus talim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni 
bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, 
maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling