1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- “Hayot davomida o‘qish”
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Mustaqillik – ezgu niyatlarimiz, buyuk maqsadlarimiz ro‘yobi yo‘lida qudrat manbai. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston -177- Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. “Yangi O‘zbekiston”, 2020-yil, 1-sentabr 2-bet. 2. O‘qituvchi va murabbiylar – Yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. “Yangi O‘zbekiston”, 2020-yil, 1-oktabr 3-bet. 3. “Yangi O‘zbekiston”, 2020-yil 3-noyabr, 210-son 3-bet. 4. Mavrulov A. Uchinchi Renessans – munosib kelajak poydevori, “Yangi O‘zbekiston”, 2020-yil 6-oktabr, 190-son, 3-bet. 5. Munavvarov Z. Yangi Renessans – daxldorlik sharafi va mas’uliyati, “Yangi O‘zbekiston”, 2020-yil 15-sentabr, 176-son, 3-bet. Gadoyeva Munira Muxamedova Buxoro viloyat XTXQTUMOHM “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA AMIR TEMUR O‘GITLARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temur o‘gitlari va ularning bugungi kundagi ahamiyati xususida so‘z yuritilgan. Hozirgi zamonda taraqqiyot uchun muhim masalalar haqida fikrlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya, Amir Temur, yoshlar, o‘gitlar, taraqqiyot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 6- noyabrda qabul qilgan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Ta’lim -tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorida xalq ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida aniq vazifalar belgilab berildi. -178- Mazkur hujjatlarda Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratilib, sohadagi rahbar va pedagog xodimlarni “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish vazifasi qo‘yilgan. Ta’lim-tarbiya ishi bugungi kunda ta’lim oluvchilarning har tomonlama rivojlantirishini ta’minlovchi majmuaviy jarayon sifatida namoyon bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham mazkur jarayon turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning aqliy rivolanishi, o‘quv-biluv jarayonida faoliyati, tahsil olishi va rivojlanishining o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga yordam bermog‘i lozim. Xuddi shu borada ta’lim- tarbiyada Amir Temur o‘gitlari orqali o‘quvchilarni bilim sifatini a’lo darajada ko‘tarish hayotga tatbiq etish, amalga oshirib borish ko‘zda tutiladi. «Biz kim – mulki Turon, amiri Turkistonimiz. Biz kim – millatlarning eng kadimi va eng ulugi – turkning bosh buginimiz», «Millatning dardlariga darmon bo‘l...» degan Amir Temurning ma’naviy siyosatini yoshlar ongiga singdirish davr taqozosi. Negaki, Amir Temur va uning davri hakida so‘z ketganda, ko‘z o‘ngimizda yirik sarkarda, buyuk davlat arbobi, qonunshunos, iste’dodli notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el yurtni sevgan, uni jahonga mashhur qilgan buyuk inson namoyon boladi. Amir Temur davlatida yoshlar mamlakatning tayanchi hisoblangan. Shuning uchun ham Sohibqiron navkarlikka olinishi lozim bo‘lgan yigitlarni intizomga rioya etish, mamlakatga ixlos bilan xizmat qilish, sipohiylikning sir-asrorlarini mustahkam egallash, el-yurt ichirgan tuzni oqlashga da’vat etadi. Ana shu tarbiya temirdek mustaxkam qo‘shin uchun zamin bo‘lishi tabiiydir. Sohibqiron bir ugitida shunday deydi: «Millatning dardlariga darmon bulmoq vazifangizdir. Zaifalarni ko‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin». Bu ugit va vasiyatlar real hayot uchun mo‘ljallab bitilgan. Ushbu davlatda hukmron g‘oyalarni el ongiga singdirish yo‘l-yo‘riqlari kuchli bo‘lgan. Tug‘ri, agarda -179- mukammal va mustahkam g‘oya bo‘lmaganida Amir Temur shunday katta salatanatni barpo etarmidi?! Yo‘q albatta. Amir Temur davlatida yosh avlod tarbiyasi masalasida so‘z yuritganda uning chinakam vorislari sifatida bobomiz pand nasihatlariga amal qilishimiz ham farz, ham qarz chunki bu ugitlar bebaho xazinadir. Vatanparvar, insonparvar, erksevar va milliy g‘urur tuyg‘usi kuchli odam bo‘lgani bois Turkistonni mug‘ullar asoratidan ozod qildi. Bu yerda markazlashgan davlat tuzib, uni boy va buyuk bir o‘lkaga aylantirdi. “Temur tuzuklari”-sohibqiron ma’naviyatining ulkan xazinasi. Bu asarni o‘kigan sari, oradan asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, shu bugungi turmush chigalliklarini anglayotgandek, ularni xayolan yechayotgandek bo‘laverasan, kishi. Shu bilan birgalikda, Sohibqironning bu ugitlari yosh avlodni milliy gurur, milliy e’tiqod, milliy madaniyat va milliy ma’naviyatga e’tibor berish yo‘lida tarbiyalaydi. Amir Temur shunday yozadi: “Hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy amal qildim. Ular quyidagilar: 1. Aql–ul narsaga qodir kuch, sidqidildan ishlatsang maqsadingga yetkazadi. 2. Tafakkur – fikrlash va mushohada qilish qobiliyati, quvvai xofizasi kuchli inson har qanday mushkulu mushkulotlarini oson qilish yo‘lini topa oladi. 3. Qilich – ul yigitning yo‘ldoshi – el-yurt osoyishtaligining posboni. 4. Iymon ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguvchi xususiyatdir. 5. Iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-uruglari, elu xalqning or- nomusini himoya qiladi, xalollik va poqlikni fazilat biladi. Kitob (bitik) – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idroq, ilmu- donishmandlik asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti davrida ayniqsa, Amit Temur o‘gitlariga, pand-nasihatlariga amal qilish, shaxsiy namuna ko‘rsatish orqali, har bir vatanparvar shaxs o‘z hissasini qo‘sha oladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling