1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
-175-
tadqiqotchilar institutining tashkil etilishi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi o‘rtasida oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichi talabalarining amaliyotni fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma qaror yosh olimlarni tayyorlashga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi. 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Akademik harakatchanlik” dasturi joriy qilinmoqda. Uning maqsadi hududlarda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ilm-fanga keng jalb qilishga qaratilgan. Dasturni amalga oshirish uchun Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uch yilda o‘ttiz yetti milliard so‘m yo‘naltiriladi. 2021-2022 o‘quv yildan boshlab innovatsion rivojlanish vazirligi hamda xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar muassisligida Innovatsiyalar, texnologiyalar va tadbirkorlik xalqaro universiteti tashkil qilinadi. Shuningdek, ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi joriy qilinmoqda. Tizim orqali izlanuvchi, ilmiy rahbar va konsultantlarga doir ma’lumotlar, tashkilotlar ilmiy salohiyati holati, dissertatsiyalarning elektron versiyalari, kvotalar bo‘yicha buyurtmanoma shakllantiriladi. Oliy ta’limdan keyingii ta’limning bir pog‘onali tizimi (aksariyat davlatlarda bunday tizim ishlab turibdi) joriy qilingan xorijiy mamlakatlar hamda ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinchi uch yuzta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlar O‘zbekistonda fan doktori (DSC) sifatida tan olinadi. Professor, dotsent, katta ilmiy xodim va shularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvonlar qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazilmasdan va boshqa sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi. Uchinchi Renessans ilm-fanning barcha sohalarini muntazam ravishda qo‘llab- quvvatlash va rivojlantirish natijasida yaratilishi mumkin. Ammo bu jarayon aniq va tabiiy fanlarga alohida e’tiborni talab qiladi. Shu ma’noda mamlakatimiz rahbari uyg‘onish davri falsafasini juda chuqur va har tomonlama pishiq ishlab -176- chiqayotganini ham qayd etish lozim. Yadro fizikasi institutini (2019-yil 21-oktabr) tashkil etish, matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish (2020-yil 7-may), kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish (2020-yil 12-avgust) to‘g‘risida e’lon qilingan qarorlar aslida mamlakat rivojlanishini tamomila yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi mustahkam qadamlardir[4.3]. 2016-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ishtirok etgan o‘sha paytda jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi bo‘lgan nufuzli siyosiy arbob Tolib Rifoiy “Movarounnahr o‘rta asrlarda dunyoning Silikon vodiysi bo‘lgan”[5.3], degan edi. Haqiqatda ham yurtimizda faoliyat ko‘rsatgan ilmiy markazlar va madrasalarda mahalliy xalq vakillari bilan bir qatorda musulmon dunyosining turli o‘lkalaridan kelgan chet elliklar ham tahsil olgan hamda yurtimizda yaratilgan Renessans yutuqlaridan foydalangan. Bugungi kunda Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratar ekanmiz, jahonda robototexnika, avtomatlashtirish, nanotexnologiyalar rivojlangan davrda ilm-fanga asoslanib, mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga erishmog‘imiz zarur. Mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar va yoshlarning ilm-fanga yuksak darajada qiziqish bilan qarayotgani hamda jahon miqyosida bu sohada hech kimdan kam emasligini ko‘rsatayotganligi Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishimizga qat’iy ishonch tug‘diradi. Xulosa qilib aytganda, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilm-fanni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonlarda yurtimizning fidoiy olimlari yanada faolroq ishtirok etsalar, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish borasidagi ishlar yuksakliklarga ko‘tarilaveradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling