1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman –
hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar[2.3]”, – deb ta’kidladilar Prezidentimiz. Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda uchinchi tayanch ustun bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ilm-fan taraqqiyoti rivojini ta’minlashda faollik ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. 2020-yil 29-oktabrda “O‘zbekistonda ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Konsepsiya ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirishning o‘n yettita maqsadli ko‘rsatkichini qamrab olgan bo‘lib, ularga muvofiq, 2025-yilga qadar ilm-fanga -173- yo‘naltiriladigan jami mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 barobar, 2030-yilgacha esa o‘n barobar oshirish maqsad qilingan. Bu mamlakatimiz uchun juda muhim qadam. Chunki hozir ilm-fan rivojiga mamlakat yalpi ichki mahsulotning 0,2 foizi yo‘naltirilmoqda. Mazkur ko‘rsatkichni dunyoning yetakchi davlatlaridagi muqobil holat bilan taqqoslasak, Isroilda bu ko‘rsatkich 5, Janubiy Koreyada 4,8, Shvesiyada 3,3, Germaniyada 3,1, AQShda 2,8 va Rossiyada 2,6 foizni tashkil qiladi. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da esa ilm-fan sohasi va ilmiy tadqiqot ishlarini 2021-2023-yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlari va ularga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025-yilga qadar ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratilgan mablag‘lar ulushini amaldagi sakkiz foizdan yigirma foizga, 2030-yilgacha esa o‘ttiz foizga yetkazish, innovatsion ishlanma va startap (Yangi tijorat loyihasi bo‘lib, foyda va biznesni muvaffaqqiyatli rivojlantirish maqsadida tuziladi). loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021-yilda ikkita, 2025-yilda o‘nta venchur fondni tashkil qilish (hozir ikkita venchur fond mavjud) vazifalar belgilab berildi. (Venchur fond-hozirgi zamonning eng ishbilarmon, tadbirkor va favqulotdda iqtidorli, yuksak mahoratli hamda istedodli odamlardir. Ular dunyoda shu qobiliyatlari va mehnatlariga mos holda yashab, qulay ish sharoitida eng yuqori maosh olib ishlashadi. “Venchur” inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “kamyob odamlar”, degan ma’noni anglatadi). Moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish ilm-fanning davlat budjetiga tushadigan og‘irini yengillashtirishga yordam beradi. Hozir bu yo‘nalishdagi dastlabki ishlar boshlandi. Masalan, xalqaro hamkorliklar doirasida Germaniya, Rossiya va Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda 9,6 milliard so‘mlik o‘ttiz sakkizta qo‘shma ilmiy loyiha bajarilmoqda. Yevroosiyo hamjamiyati, Turkiya, -174- Xitoy va Hindiston bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha tanlovlar tashkil qilindi. Konsepsiyada belgilangan vazifalar doirasida bunday hamkorliklar kengaytirildi. Yaqinda ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish maqsadida O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni shakllantirish uchun 50 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli zayom mablag‘lari Jahon banki tomonidan tasdiqlandi. Loyiha 2021-yil davomida ishga tushirilib, ilmiy faoliyatga oid loyihalar xalqaro talablarga ko‘ra shakllantiriladi. Xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi va moliyalashtirish uchun tanlab olinadi. Ushbu ishlarni bajarishga ko‘maklashish, moliyaviy nazorat va hisobot tizimini yuritish maqsadida xalqaro ekspert kengashi va loyihani amalga oshirish guruhi tashkil qilinadi. Bu jarayonda olimlar uchun dunyo fani darajasidagi chinakam raqobat muhiti yaratiladi. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida 2020-2021-yillarda qirq uchta, 2021-2022-yillarda yuqori samarador o‘ttiz sakkizta ilmiy ishlanmani tijoriylashtirish asosida ilmiy va innovatsion mahsulotlar turini kengaytirish; ilmiy tashkilotlar tadqiqotchilarning o‘rtacha yoshini 2025-yilga qadar 45, 2030-yilgacha esa 39 yoshga yetkazish (hozir 51 yosh); yangi ish o‘rinlarini yaratish; yettita zamonaviy laboratoriyalar majmuasini tashkil etish, ularni GLP va GMP jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlash kabilar belgilangan[3.3]. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 24-may kuni O‘zbekiston milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar,olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi yurtimiz ilm-fanini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Avvalo yaqin-yaqingacha uch-to‘rt yilda bir beriladigan grant mablag‘lari hisobiga kun ko‘rib kelayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari 2020-yil 1- yanvardan budjet asosida moliyalashtirishga o‘tkazilgani tom ma’noda davlatning ilm-fanga g‘amxo‘rligi bo‘ldi. Endi olim “Loyiham tugasa, qayerdan maosh olaman, bergan loyihamga mablag‘ ajratiladimi?” qabilidagi adoqsiz tashvishlardan xoli bo‘lib, ko‘ngilni bir joyga qo‘yib, ilm bilan shug‘ullanishi mumkin. 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oliy o‘quv yurtidan keyingii ta’lim institutiga tayyorlov bosqichi sifatida stajor- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling