1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bo‘riyev O. Azaliy saodat qo‘llagan (Amir Temur va ilm-fan). Milliy tiklanish. 1996 yil 5- mart. 2. Temur tuzuklari. Toshkent, 1991. 3. Temur va Ulug‘bek davri tarixi. Toshkent, 1996. 4. Sharafuddin Ali Yazdiy. “Zafarnoma”. Toshkent, 1997. Raximova Madinabonu Mirzoqulovna G‘ijduvon tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi AMIR TEMUR “TUZUKLAR”I VA ULARNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI Annotatsiya: Ushbu maqolada avvalo,o‘sib kelayotgan yosh avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib voris qilib tarbiyalash va ularning ilmiy-adabiy merosini o‘quvchi ongiga yanada singdirish, Amir Temurning o‘z davrida aytilgan tuzuklarining bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: “Temur tuzuklari”, “Zafarnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiy, Tuzukoti Temuriy. -164- Mashhur o‘zbek taraqqiyparvari,jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Abdurauf Fitrat 1917-yilda tarixdan saboq chiqarish to‘g‘risida shunday yozgan edi: “Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir”. Darhaqiqat, tarix xalqqa saboq va ma’rifat beradi. Tarixni o‘rganmasdan turib kelajakni anglab bo‘lmaydi. Tarix inson aql-idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo‘jizakor mahsuli, inson tarixdan ta’lim-tarbiya oladi, tarix katta saboq beradi. Tarix saboqlaridan o‘ziga tegishli xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millatning kelgusi qismati o‘z-o‘zidan ravshan. Avvalo, O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlar tarbiyasida tarix fanining o‘rni nihoyatda beqiyos ekanligini anglagan holda, ularga o‘zini anglay boshlagan davrdan boshlab, dunyoni lol qoldirgan, hayot faoliyati ibrat maktabiga aylangan buyuk bobokalonlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaylik. Jumladan, farovon kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni Amir Temurdan adolatni, Mirzo Ulug‘bekdan samolarni zabt etishni, Zahiriddin Muhammad Boburdan Vatanga cheksiz mehrni, Chingizxonni lol qoldirgan Jaloliddin Manguberdidan mohir diplomatlikni, Abu Ali ibn Sinodan tabobat ilmiga muhabbatni, Al-Xorazmiydan algoritm sirlariga muhabbatni o‘rganish ruhida tarbiyalsh lozim. Zero Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “…barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxt va saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi”. Mustaqillik in’om etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri – bu, xalqimizning o‘zligini bilish, o‘z tarixini emin-erkin o‘rganish huquqi bo‘ldi. Qadriyatlarimizni tiklash, merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini sharaflash, ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol yillarida amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk nomi, hayoti va mislsiz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining -165- ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolat. Qadriyatlarimizni tiklash, merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini sharaflash, ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol yillarida amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk nomi, hayoti va mislsiz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolatdir. Amir Temur bugungi davrda nafaqat tariximizni gavdalantiradi, balki jamiyat boshqaruvida, uni shakllantirishda tajriba sifatida asqotadi. Bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temurning surati va siyrati haqida ko‘plab tarixiy asarlarda ma’lumotlar uchraydi. Amir Tеmur to‘g‘risida uning zamondoshlari qimmatli yirik asarlar yaratganlar. G‘iyosiddin Alining «Ro‘znomayi g‘azovoti Hinduston» («Hindistonga qilingan g‘azo urushi kundaligi»), Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafiddin Alining shu nomli («Zafarnoma») asarlari shular jumlasidandir. «Tuzukoti Tеmuriy» asari bular orasida alohida o‘rin tutadi. «Tuzuki Tеmuriy» yoki «Tuzukoti Tеmuriy» odatda boshqa katta hajmli asarga ilova tarzida ko‘chirilgan. Bu mustaqil yirik asar «Mafuzoti Tеmuriy» yoki «Voqеoti Tеmuriy» (Amir Tеmurning tarjimayi holi») dеb atalib, uning yеtti yasharligidan boshlab hayot yo‘li haqida hikoya qiladi. Asar haqida ikki xil fikr mavjud. Ba‘zilar bu ikki qismdan iborat bir asar dеgan fikrda, boshqa olimlar esa ikki mustaqil asarning bir muqovada jamlangani, dеb yozadilar. Shuning uchun «Tuzukoti Tеmuriy»ni har ikki qismga bеrilgan bir nom dеb tushunganlar. Bu hol Sharq qo‘lyozmalarining kataloglarida ma’lum bahslarga sabab bo‘lgan. Shamsiddin Somiyning mashhur qomusida shunday dеyilgan: «Amir Tеmur «Tuzukot» dеb yuritiladigan qonunlar majmuasini yozdi, unda o‘zining hayot yo‘lini bayon qildi» («Qomus ul-a‘lom». Istanbul, 1891-yil 1727-sahifa). Bu borada atoqli tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy quyidagi e’tiborga molik ma’lumotni kеltirgan: «On hazrat o‘zining hayoti va turmushi tarziga doir asosiy voqеalarni o‘z ichiga olgan turkiy va forsiyda alohida bir manzuma tuzdilar». Shuni ham ta’kidlash -166- lozimki, taniqli sharqshunos M. Sharmua (1793-1869-yillar) va yirik rus harbiy tarixchisi M. I. Ivanin (1801-1874-yillar) «Tuzukot»ning haqiqiy asar va uning muallifi Amir Tеmur bo‘lgani haqida fikr bildirgan edilar. «Tuzukoti Tеmuriy»ning haqiqiy asar ekanligini Amir Tеmurning hayoti va faoliyati to‘la aksini topgan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma» asarlari bilan qiyoslash orqali ham bilib olish mumkin. Xullas, asar Amir Tеmur tomonidan, yoki uning ishtirokida yozilganligi shubhasizdir. Hozirgi zamon tarix fanida jahongirning savodi qay darajada ekanligi haqidagi turli fikrlar mavjudligidan qat’iy nazar, Amir Tеmur zukko va fozil kishi bo‘lganlingini ta’kidlovchi ma’lumotga egamiz. Amir Tеmur, yuqorida ta’kid etilganidеk, zukko siyosatdon va yirik davlat arbobi sifatida o‘z davlatining tuzilishini, uning qay tarzda bo‘lishi kеrakligini bayon etadi, mansabdorlarning huquq va burchlarini bеlgilab bеradi. «Tuzukot» muallifining fikriga ko‘ra, har bir tojdor o‘z davlatining tayanchi bo‘lgan ijtimoiy- siyosiy guruhlarga suyangan holda ish olib borishi lozim. Faqat ularning yordamida raiyat, qo‘shinlar va davlatini idora qilishi zarur. Bunday guruhlarga quyidagilar kirgan: 1) Muhammad (s.a.v) avlodi bo‘lmish sayyidlar, ulamolar, shayxlar; 2) tajriba orttirgan bilim-donlar; 3) duogo‘y taqvodorlar; 4) amirlar, sarhanglar, sipohsolar; 5) sipoh va raiyat; 6) saltanat ishlarini, uning siru-asrorini bilgan, kеngash qilishga munosib oqil, ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotib, dеvon munshiylari; 8) hakim-lar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9) muhaddislar, roviylar; 10) mashoyix, so‘fiy, oriflar; 11) hunar va san’at ahli; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling