1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
namunali ishlaridan biri ul erdikim, sayyidlar, olimlar, din peshvolari va solihlarning
izzat-hurmat qilish shart deb sanardi… Ularga yaxshi g‘amxo‘rlik qilib katta nafaqa, alohida maosh, yashashi uchun barcha zarur narsalar ajratib, nazorat qilib, e’tibor qaratib turardi, yig‘inlarda ularni hamma izzat hurmat qilishi kerak[1,3]”, – deb bilardi. Sohibqironning olimlarga qay darajada munosabatda bo‘lganini “Temur tuzuklari”da keltirilgan ma’lumotlardan ham bilsa bo‘ladi: “Sayyidlar, ulamo-yu mashoyixlar, oqil-u donolar, muxaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlangan, e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-u hurmatlarini joyiga qo‘ydim. Shijoatli kishilarni do‘st tutardim, chunki Tangri Taolo jasur kishilarni ardoqlaydi[2,55]”. Amir Temur davrida memorchilik ravnaqi borasida amalga oshirilgan tadbirlar davlatning qudratini o‘zida namoyon qiladi. Turkiston shaharlarida Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Yassi, Xurosonda Hirot, Mashhad, Nishopur va boshqalar, Eron va Ozarbayjonda bunyod etilgan qal’alar, masjidlar, madrasalar, karvonsaroylar, bozorlar, timlar, saroylar, xonaqohlar, xiyobonlar, maqbaralar bizning kunimizgacha saqlanib qolgan muhtasham san’at obidalari o‘z davrida sohibqiron homiyligida -161- mamlakatda me’morchilik va shaharsozlik naqadar rivojlanganidan dalolat beradi. Bu o‘rinda Amir Temur bobomizning bunyodkorlik haqidagi “Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, yo‘lovchi musofirlar uchun yo‘l ustiga rabotlar qurishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim[2,58]”, – degan fikri buning yorqin dalilidir. Sohibqiron Temur davrida tuzilishi va miqyosi bo‘yicha misli ko‘rilmagan ko‘plab inshootlar barpo qilindi. Bulardan biri Yassi (keyinroq Turkiston) shahrida qurilgan Ahmad Yassaviy maqbarasidir.1392-yili yakunlangan bu inshoot qurilishiga eng yuksak malakali me’morlar jalb etilgan. Maqbaraga kiraverish ravoqli va baland gumbazli peshtoqdan iborat. Axmad Yassaviy maqbarasi musulmon Sharqining me’moriy yodgarliklari orasida eng noyobidir. Amir Temur davrida saroylar qurilishi ko‘lami va bezaklarning hashamdorligi bilan ajralib turadi. Saroylar shunchaki hukmdor xonadon a’zolari yashaydigan joygina emas, balki ulug‘vor qabul marosimlari o‘tkaziladigan joy ham bo‘lgan,o‘zining hashamati-yu dabdasi bilan hukmdor qudratini o‘zida aks ettirgan. Temur Shahrisabzda Oqsaroy nomi bilan mashhur bo‘lgan, asosan ma’muriy siyosiy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan saroy qurdirdi. Saroy peshtoqida bitilgan “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarga boq!”, – degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Oqsaroyning mufassal tavsifini Klavixo yozib qoldirgan. Temur davrida qurilgan Ko‘ksaroy, Bo‘stonsaroy kabi saroylar Samarqand ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turibdi. Qadamjolar me’morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda Chashmayi Ayub (1380-yil) yodgorligini qurdirdi[3,182]. Shahrisabzda esa ziyorat va dafn marosimlari uchun “hazira” – “Dor us-siyodat” (“Sayyidlar, rahbarlar uyi”, 1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O‘g‘li Jahongir vafot etgach, Shahrisabzda maqbara qurdirgan. Unda Xorazm me’morchiligi an'analaridan foydalanilgan. Sohibqiron davrida so‘lim bog‘lar qurilishiga ham e’tibor qaratilib, shahar atrofida shunday bog‘lardan o‘n ikkitasi yaratilgan. Tarixchi Sharafiddin Ali -162- Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning zoye bo‘lishini ravo ko‘rmagan[4,187]. Sohibqiron Amir Temur tasviriy va musiqa san’atining ravnaqiga ham homiylik qilib, bu sohalar ham turfa yo‘nalishlari bo‘yicha mislsiz darajada yuksaladi. U o‘z davrining yirik me’morchilik obidalarining asosiy ijodkori bo‘lib, devoriy rasmlarni tikladi. Ibn Arabshoh, Sharafiddin Ali Yazdiy, Z.M.Bobur o‘z risolalarida Samarqanddagi Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho va Hirot saroyining hashamatli devoriy rasm – bezaklari haqida so‘z yuritganlar. Sohibqiron davridan Samarqanddagi uchta – Shirinbeka og‘a, Bibixonim va Tuman og‘a maqbaralaridagi tasvirlar bizgacha yetib kelgan. Ularda naqqoshlik va xattotlik san’ati namunalari bilan bir qatorda tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka og‘a maqbarasida ko‘p rangli surat bo‘lsa, qolgan ikki bino devorlarida faqatgina oq va moviy ranglardan foydalanilgan. Sohibqiron davrida tasviriy san’at bilan bir qatorda musiqa san’ati va ilmi ham jadal ravnaq topdi, kamolot cho‘qqisiga erishdi, chinakam uyg‘onish davri bo‘ldi deyish mumkin. Xonanda va sozandalar rasmiy diplomatik, harbiy va boshqa tantanalarning doimiy qatnashchilariga aylangan. Xalq tomoshalari, ommaviy bayramlar ularsiz o‘tmagan. Bu esa, o‘z navbatida, musiqaning boshqa san’atkorlar qatoridan muhim o‘rin egallashini ta’minladi. Manbalarda keltirilishicha, o‘zbek xalqi musiqasi qatori harbiy rasmiy musiqa turlari, mumtoz maqom san’ati, mintaqaning boshqa turkiy hamda arabzabon, forsiyzabon xalqlarning musiqaviy folklori rivoj topdi. Eng muhimi, musiqiy anjomlar jasorat va mardlik timsollariga aylandi. “Amr qildimki, – deb yozadi Amir Temur o‘z “Tuzuklar”ida, – qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar: faxrli kitob, tug‘ va nog‘ora berib, uni bahodir deb atasinlar[2,80]”. Xulosa qilib aytganda, XIV asrning oxiri XV asrning boshlari madaniy rivojlanishi haqiqatda ham qisqa vaqt bir asrdan sal ko‘proq davrda Movarounnahr va -163- Xuroson xalqlari madaniyatida, ilm-fanida shu darajada tez va nihoyat yorqin o‘zgarish, yutuq va yangiliklar ro‘y berdiki, ular butun Sharq, jahon ilm-fani, madaniyati rivojida so‘nmas iz qoldira oldi. Bu qisqa davr ichida bunday madaniy yuksalish shunday aql zakovat, iste’dod va talant egalarini yetishtirdiki ularning nomi tarixga namuna bo‘lib qoldi. Ana shu taraqqiyot bosqichi sohibqiron Amir Temur va temuriylar nomi bilan bog‘liq. Bugungi kunda ikkinchi uyg‘onish bosqichi deb atalgan sohibqiron Amir Temur davri tom ma’noda ilm-fan madaniyat gullagan davr bo‘ldi. Xullas, sohibqiron Amir Temur davrida yashagan ijodkorlar, olimlar musavvir-u naqqoshlar, musiqashunoslar, yetuk san’atkorlar o‘sha davr xalqlarigagina xizmat qilib kelmay, balki hozirgi kun san’atiga ham nihoyatda mustahkam poydevor qo‘yganlaridan darak beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling