1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги (1403-1406 йиллар); Р. Г. Клавихо; Ўзбекистон, 2010. 2. Клавихо Р. Г. Де, Дневник путешествия в Самарқанд ко двору Тимура (1403-1406), М., 1990. 3. Бўрибой Аҳмедoв. Клавихо ва унинг «кундалиги T., 1999. 4. Poyon Ravshanov. “Amir Temur Sulolasi” T., 2014. Rasulova Nafisa Nasulloyevna Vobkent tuman 5-maktab o‘qituvchisi TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUNYODKORLIK Annotatsiya: mazkur maqolada Temur va temuriylar davrida bunyodkorlik ishlarining ahamiyati masalasi yoritilgan. Kalit so‘zlar: bunyodkorlik, obodonlashtirish, madaniy hayot, rasadxona, madrasa. Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan dovrug‘ qozongan, millatimiz faxri bo‘lmish ulug‘ insonlar benihoya ko‘p. Ammo ular qatorida yulduzlararo quyoshday charaqlab turgan bir zot borki, u Vatanimiz kechmishi, buguni va ertasida muhim o‘rin tutadi. Bu buyuk zot sohibqiron Amir Temur bo‘lib, ko‘hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus manfaati yo‘lida chekkan mislsiz zahmat hamda ko‘rsatgan shijoatlariga guvohlik beradi. Ma’rifatli Movarounnahr ruhi, temuriylar davrida fan-madaniyatning gullab- yashnashi Yevropada uyg‘onish jarayonida hayotbaxsh ta’sir etganligini anglab, faxrlanamiz albatta. Amir Temurning butun suronli umri, uning bunyodkorlik bilan yo‘g‘rilgan faoliyati sabab, xalqimiz, millatimiz nomi tillarda doston. -152- Amir Temur Samarqand, Kesh, Buxoro, Toshkent, Qarshi kabi shaharlarni qayta tiklab, obod qildi, Movarounnahr va Xuroson, hatto, Janubiy Ozarbayjon, Kobul kabi olis hududlarda ham obodonchilik ishlarini olib borib, sug‘orish inshootlari qurdirgan. Shu bilan bir qatorda, ilmli kishilarni yuksak e’zozlab, davlatni boshqaruv ishlarida olimu-fuzalolarning maslahatlariga quloq tutgan. 1403-yil Baylakonda bo‘lib o‘tgan ulamolar yig‘ilishida olimu-ulamolardan davlatni boshqarish, inshootlar qurilishida o‘z maslahatlari bilan ko‘maklashishlarini so‘rashi yuqoridagi fikrimiz isbotidir. Amir Temurning har bir zafarli voqeani muhtasham me’moriy obida barpo etish bilan nishonlash odati bo‘lgan, ayniqsa, poytaxti Samarqandning obodonchiligiga alohida ahamiyat bergan. U o‘zning butun harakatlarida, jumladan, binokorlik sohasidagi faoliyatida ham siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan. Amir Temurning “Kimki bizning shon-shuhratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin” yoki, “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”, – degan so‘zlari fikrimiz isboti bo‘lib, bunda ul zot avvalambor, o‘z xalqiga, kelajak avlodlarga murojaat qilgan desak yanglishmagan bo‘lamiz. Amir Temur shaharu qishloqlardagi bunyodkorlik ishlaridan tashqari Samarqand atrofida go‘zal bog‘lar qurdirib, bu bog‘lar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan. Tarix, tibbiyot, matematika, me’morchilik sohalaridagi yuksak salohiyat Sohibqiron avlodlari – ayniqsa, Mirzo Ulug‘bekka o‘tgani shubhasiz. Musulmon Sharqida shu turdagi binolarning mumtoz namunasi hisoblangan, Buxoroda barpo etilgan Ulug‘bek madrasasi peshtoqiga “Ilm olish har bir musulmon erkak va ayolning burchidir”, – so‘zlarining bitilishi barchani ilm-ma’rifatli bo‘lishga chorlaydi. Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan me’moriy binolar ichida Samarqand rasadxonasi alohida o‘ringa ega bo‘lib, Sharq mamlakatlarida ilmu-ma’rifatni, jumladan, astronomiya va matematika fanlari rivoji yo‘lida uning bajargan xizmatlari beqiyosdir. -153- Temuriylar davrida barpo etilgan ulug‘vor obidalarni ziyorat qilar ekanmiz, go‘yoki, Sohibqironning dil sadosi qalblarimizda aks-sado berayotgandek bo‘ladi. Tarixda buyuk hukmdorlar ko‘p o‘tgan lekin, millat g‘amida yongan, uning istiqboli yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib yashagan buyuk hukmdorlar kamdan-kam uchraydi. Ana shunday Vatan dardida yongan, ilm-fan tammaduniga hissa qo‘shgan buyuk hukmdorlarni kelajak avlod hech qachon unutmaydi. Faxrimiz-g‘ururimiz bo‘lgan Amir Temur va temuriylar davri – demokratik davlat va adolatli jamiyat qurish yo‘lida borayotgan “Yangi O‘zbekiston” barpo etayotgan xalqimizni bugungi kunda hamjihatlikka chorlaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling