1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Adabiyotlar:
1. Ahmedov B., Sohibqiron Temur (Hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati), T., 1996. 2. Pugachenkova G. A., Arxitekturnoye naslediye Temura. T., 1996. 3. Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma "Cho‘lpon", 1991. 4. Marsel Brion. Men kim sohibqiron – jahongir Temur. 2010. 5. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. “Sharq”, 1997. 6. Nurali Qobul. “Buyuk Turon amiri yoxud Aql va qilich”. Sharq, 1997. 7. A.Oripov. “Sohibqiron” dramasi T.: Akademnashr, 2016. Amonova Mamlakat Shafkatilloyevna Vobkent tuman 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi AMIR TEMUR – ILM-FAN VA MADANIYAT HOMIYSI Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temurning XIV asrda Movarounnahr, Xuroson hududida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari haqida batafsil yoritilgan. Ayniqsa, ilm-fan namoyondalariga ko‘rsatilgan yuksak ehtiromi va homiyligi Movarunnahrda uyg‘onish davrining debochasi bo‘ldi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Kalit so‘zlar: ma’naviy va tarixiy meros, mo‘g‘ullar istibdodi, sho‘rolar davri xulosalari. -159- Insonning tabiati o‘zligini anglashga, o‘tmishini bilishga qiziqishiga moyil bo‘ladi. Mustaqillik bizning mamlakatimizda ana shu jarayonni yanada kuchaytirdi. Biz bugungi murakkab davr oldimizga qo‘ygan ko‘pgina dolzarb muammolarga javob topish uchun, tarixning yashirin ma’no-mohiyatini chuqurroq anglash uchun o‘tmishga murojaat qilamiz. Bizning o‘tmishimiz juda boy, o‘rganilmagan sahifalar esa ko‘p. O‘rganilganlari esa sho‘ro mafkurasi davrida soxtalashtirildi. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab biz o‘tmish madaniy-ma’naviy va tarixiy merosimizga munosabatga alohida e’tibor qildik. Chunki xalqimizning sho‘ro davrida unutilgan, toptalgan milliy g‘ururini, ongini yuksaltirish uchun tariximizni tiklash lozim. O‘tmishimizda shunday shaxslar borki, ularning hayoti, faoliyati tariximizning shonli sahifalarini tashkil etadi. Sohibqiron Amir Temur ham ana shunday daholardan biridir. Xalqimiz tarixida, nafaqat turkiy xalqlar balki jahon xalqlari taqdirida munosib iz qoldirgan Amir Temurning O‘rta Osiyo xalqlarini, qolaversa, o‘nlab boshqa xalqlarni mo‘g‘ul istibdodidan ozod qilish borasidagi faoliyatining o‘zigina uning tarixda o‘chmas nom qoldirish uchun yetarlidir. Ulug‘ bobomiz tuzgan saltanat esa davlatchiligimizning muhim bosqichi edi. Sohibqiron Amir Temur ayni paytda ilm-fan va madaniyat, adabiyot va san’at homiysi, shaharsozlik ilmining ustasi, siyosat va hayotga nisbatan mushohada doirasi keng bo‘lgan sinchkov va qiziquvchan suhbatdosh sifatida ham tarixda chuqur iz qoldirgan. Shuning uchun ham buyuk ajdodimizning ilm-fan va madaniyat homiysi sifatidagi faoliyatini chuqurroq o‘rganish davr talabidir. Chingiziylar davrida ta’qib-u siquvlar, siyosiy ostin-ustunliklar natijasida ilm- fan ahli davlatni tark etishga o‘zga yurtlarda jon saqlashga majbur bo‘lganlar. Sohibqiron qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo‘shib olgan bo‘lsa, o‘sha yerdagi olimlar, sayyidlar, mashoyixlar va ulamo-yu fuzalo hurmatini joyiga qo‘yib ularga suyurg‘ol va lavozimlar berib, maosh belgilagan. Temur zabt etilgan mamlakatlardan -160- olimu fuzalolarni, elga tanilgan ilohiyotchilarni, san’at namoyondalari, kasb-hunar egalarini Samarqandga o‘zi bilan birga olib kelishga harakat qilgan. Sohibqiron Temur davrida shunday olimlardan Sayyid Sharif Sheroziy kabi ulug‘ tabiblar, Mavlono Ahmad kabi munajjimlar, Shayx Saidali Hamadoniy kabi faylasuflar, Lutfullo Nishopuriy kabi shoirlar, Kamoliddin Isfaxoniy kabi qasidanavislar, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan faylasufi, fiqhshunos Sa’diddin bin Umar Taftazoniy, tarixchi olim Ibn Arabshoh, taniqli musiqashunos va olim Abduqodir Ibn G‘aybiy va boshqalar Samarqandda samarali ijod qilib, Movarounnahrning ilm-fan taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. Temur bu olimlarning ijod qilishi uchun yetarli sharoit yaratib bergan, ularga homiylik qilgan. Hofizu Abru o‘zining “Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy” asarida Amir Temurning ilm-fanga munosabati haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi. “…Uning Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling