Boy ota, kambag’al ota (taqriz)


Download 15.31 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.31 Kb.
#1563250
Bog'liq
taqriz


Boy ota, kambag’al ota (taqriz)
(Robert. T. Kiosaki)

Amerikalik tadbirkor, yozuvchi va o‘qituvchi Robert Kiosaki o‘zining biznes va shaxsiy rivojlanish sohasidagi treninglari va kitoblari bilan juda mashhurdir. Kiosakining eng mashhur kitobi – “Boy ota, kambag‘al ota”. Qachon muvaffaqiyat keladi?


“Har bir inson istagan narsasini bajarish uchun uning qo‘llari, oyoqlari, boshi va haftasiga 168 soati bor”.
“Yutqizishdan qo‘rqmanglar. G‘oliblar yutqizishdan qo‘rqmaydi. Muvaffaqiyasizlik – bu muvaffaqiyat yo‘lining bir qismidir. Muvaffaqiyasizliklardan qochadigan insonlar – muvaffaqiyatdan ham qochishadi”, – deydi tadbirkor.
“Men doimo hamma narsaga umidsizlik bilan qaraydigan insonlarga hayron qolaman. Ular bu hayotda hech narsaga erishilib bo‘lmasligini va muvaffaqiyat faqat tanlangan kishilarga tegishli deb ishonishadi. Xullas, aziz umidsizlar. Uyda yotib, pivani ichib, millionlar haqida hayol suradiganlarga muvaffiqat kelmaydi. Muvaffaqiyat – harakat qilgan, hech voz kechmagan va qattiq ishlagan insonga keladi.”
Boshqalar bu sportchiga hech kim ishonmaydi va uning hech qanday imkoniyati yo‘q desalar, lekin sportchi tanasining har bir hujayrasidagi og‘rig‘iga qaramasdan, sport zali tomon yursa va harakatni susaytirmasa, keyin esa bu bola Olimpiya chempioni bo‘lganda muvaffaqiyat keladi.
Muvaffaqiyat, ota-onasi bolaligidan raqsning kasb emasligini va hayoldan bu foydasiz narsalarni chiqarib tashlashni aytsalar, ammo qiz kechasi va bo‘sh vaqtlarida mashq qilish kerakligini va keyin mashhur xoreografga aylanganda keladi.
Muvaffaqiyat, kambag‘al oila a’zolaridan biri, potensial investorlar eshiklari yonida kun o‘tkazgan, kechalari u loyihalari bilan o‘tirib, keyinchalik “mega-korporatsiya” boshlig‘iga aylanganda keladi.
Muvaffaqiyat, agar inson minglab muvaffaqiyasizliklarga va tushkunlikka qaramasdan, o‘rnidan turib, yana o‘z maqsadiga qaytadigan bo‘lsa, orzu uchun ko‘p fidokorlik qilganda keladi.
Hayotning rasvo ekanligini va bu narsada biror narsaga erishish mumkin emasligini aytishdan oldin,
• Orzuingizni amalga oshirish uchun shaxsan nima qilganingizni o‘ylab ko‘ring?
• Kechalari qancha uxlamagansiz?
• Qancha jarohat olgansiz?
Necha marotaba qoqilib, yiqilgansiz?
• Hech narsaga qaramasdan necha marta ishingizni tashamagansiz?
Oyoqlarim og‘riyapti, juda charchaganman, vaqt yo‘q, men iste’dodli emasman degan bahonalar bilan o‘zingizni aldashni bas qiling. Bu hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Agar siz unga ishonib, haqiqatan ham xohlasangiz, Albatta, hamma narsa bo‘ladi! Dunyoda zabt etib bo‘lmaydigan cho‘qqining o‘zi yo‘q! “
Download 15.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling