8
TARIXDAN YIL HISOBIGA DOIR TESTLAR USLUBIYATI
Tarix fanida testlarni tarixiy voqealarni xronologik ketma-ketlikda
tavsiflashga undaydigan savollar ham mavjud bo'lib, o'quvchilar ko'p hollarda
milodiy va miloddan avvalgi davr yillarini o'zida aks ettiradigan bunday
savollar oldida ojiz qolishadi. Shu o'rinda milodiy va miloddan avvalgi yillarni
farqlashda kichik bir izoh keltiramiz:
Tarixda yil hisobini belgilashda olimlar «era» yoki «milod» atamalarini
ishlatadilar. Era lotinc
ha «dastlabki raqam», «boshlang`ich son» ma'nolarini
anglatadi. Tarix darsliklari va tarixiy asarlarda era va milod so'zlari bir xil
ma'noda qo'llaniladi. Biz uchun doimiy tanish bo'lgan yillardan biri milodiy
bo'lsa, ikkinchisi hijriy yildir. Milodiy yil hisobiga Iso Masihning tug'ilgan kuni
asos qilib olingan. Grigoriy, Yuliy Sezar singari kalendar tuzgan shaxslar shu
kunni milodiy уilning boshlanishi qilib belgilaganlar. Miloddan avvalgi «falon
yil» deyilganda Iso Masih tug`ilgan kundan oldingi yillar tushuniladi. Milodiy
«falon yil» deyilganda esa Iso Masih tug'ilgan kundan keyingi yillar
tushuniladi. Masalan, Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi 250-yili
tashkil topgan. Xo'sh, bu tarixiy jarayon bo'lib o'tganidan beri oradan necha yil
o'tdi? Milodimizda 2015 yil, miloddan avvalda esa 250 yil mavjud. Buni
aniqlash uchun 250+2015=2265. Demak, Yunon-Baqtriya podsholigi bundan
2265 yil avval tashkil topgan.
Quyidagi testlar misolida yillami to'g'ri hisoblashga harakat qilib ko'ring.
1. Axmoniylar davlati tashkil topganidan qancha vaqt o`tib, Makedon
qo`shinlari Hindistondan butunlay quvib yuborildi?
A) 304 yil.
B) 270 yil.
C) 280 yil.
D) 240 yil.
2.
Olimpiada o`yinlari ilk bor o`tkazilgandan 440 yil o`tib…
1) Xeroniya yaqinida jang bo`ldi.