1 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana09.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#262870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
tarix fanidan testlarning tuzish uslublari

 

 

O’quv  –  uslubiy  qo’llanma  universitet  o’quv-uslubiy  Kengashi 

tomonidan  (№____bayonnoma  2015  yil___    ______  )  nashrga  tavsiya 

etilgan. 

 

 

 



 

 

Taqrizchilar : 



Dilorom Sangirova 

– GulDU, ―Tarix‖ kafedrasi katta o`qituvchisi, t.f.n; 



Omon Begiyev 

– SVPKQTvaMOI, Ijtimoiy fanlar va ma`naviyat asoslari 

kafedrasi mudiri. 

Baxodir  Maxmudboyev 

–  I  akademik  litsey  Ijtimoiy  fanlar  kafedrasi 

o`qituvchisi. 

 

Ma’sul muharrir: Ismoilov Sobirjon, Falsafa va MG` kafedrasi dotsenti, f.f.n.



 

 

 



 

 

 

 

© Universitet 


 



 

KIRISH 

 

O'zbekiston  davlat  mustaqilligini  qo'lga  kiritganidan  keyin  ta'lim  davlat 

siyosatining  ustuvor  sohasiga  aylanib,  ushbu  sohada  tub  islohotlar  amalga 

oshirila boshlandi. O'zbekiston tarixini o'rganish esa bu borada asosiy o'ringa 

ega. 

Umumiyta`lim  va  o'rta  maxsus  ta'lim  davlat  standartini  ishlab  chiqish 



uchun  1997-yil  29-avgustda  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX 

sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash 

Milliy dasturi asos qilib olindi. 

Tarix fani umumta'lim maktablari (V  - IX sinflar) hamda akademik litsey, 

kasb-hunar  kollejlarida  (keyingi  bosqichlarda)  asosiy  o'quv  fani  sifatida 

o'qitiladi. 

Umumiyta`lim ta'lim maktablarining V - IX sinflarida O'zbekiston va jahon 

tarixining  qadimgi  zamonlardan  XX  asr  boshlarigacha  bo'lgan  davri 

o'rganiladi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o`rganishga qo'yilgan talablar (V - 

IX  sinflar)  o'quvchilarning  yoshi,  bilim  saviyasi,  ruhiy  xususiyatlari,  jismoniy 

rivojlanish  darajalariga  mos  bo'lishi  lozim.  Shunga  muvofiq  tarzda  o'quv  fani 

ikki yo'nalishni tashkil etadi: Jahon tarixi va O'zbekiston tarixi. 

V-sinflar 

uchun  tayyorlangan  «Tarixdan  hikoyalar»  darsligi  eng 

qadimgi  davrlardan  shu  kunlargacha  bo'lgan  ayrim  epizodik  lavhalarni  o'z 

ichiga oladi. 

VI - IX sinflarda davriy izchillik bilan insoniyat paydo bo'lgan eng qadimgi 

davrdan  XX  asr  boshlarida  ro'y  bergan  voqea-hodisalar,  siyosiy,  iqtisodiy, 

madaniy jarayonlar tarixi quyidagi tartibda o'rganiladi: 

VI-sinf:  Tarix  o'quv  fani  asosiy  predmet  sifatida  o'rganiladi.  Bunda  eng 

qadimgi  davrlardan  milodiy  V  asrning  ikkinchi  yarmigacha  bo'lgan  davrdagi 

jahon va O'zbekiston tarixi o'rganiladi. 

VII-sinf:  O'zbekiston  tarixi  -  mamlakatimiz  tarixining  IV  asridan  XVI 

asrigacha  bo'lgan  davrini  qamrab  oladi.  Jahon  tarixida  dunyo  xalqlari 

tarixining V asridan XVI asrigacha bo'lgan davri o'rganiladi. 

VIII-sinf:  O'zbekiston  tarixi  -  tariximizning  XVI  asridan  XIX  asr 

o'rtalarigacha  bo'lgan  davri  o'rganiladi.  Jahon  tarixida  esa  XVI  asrdan  XIX 

asrning 70-yillarigacha bo'lgan davr o'rganiladi. 

IX-sinf:  O'zbekiston  tarixi  -  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  1920-yilgacha 

bo'lgan davr tarixi bilan tanishtiradi. Jahon tarixi XIX asrning 70-yillaridan XX 

asrning 1918-yillarigacha bo'lgan davr voqealarini o'z ichiga oladi. 

Eng  yangi  davr  tarixini  izchillikda  o'rganish  o'rta  maxsus  ta'limi 

muassalarida davom ettiriladi. 



 


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling