1 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan testlarning tuzish uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dilorom Sangirova
O’quv – uslubiy qo’llanma universitet o’quv-uslubiy Kengashi tomonidan (№____bayonnoma 2015 yil___ ______ ) nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar : Dilorom Sangirova – GulDU, ―Tarix‖ kafedrasi katta o`qituvchisi, t.f.n; Omon Begiyev – SVPKQTvaMOI, Ijtimoiy fanlar va ma`naviyat asoslari kafedrasi mudiri.
– I akademik litsey Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi.
Ma’sul muharrir: Ismoilov Sobirjon, Falsafa va MG` kafedrasi dotsenti, f.f.n.
© Universitet 3 KIRISH O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritganidan keyin ta'lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O'zbekiston tarixini o'rganish esa bu borada asosiy o'ringa ega. Umumiyta`lim va o'rta maxsus ta'lim davlat standartini ishlab chiqish uchun 1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asos qilib olindi. Tarix fani umumta'lim maktablari (V - IX sinflar) hamda akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida (keyingi bosqichlarda) asosiy o'quv fani sifatida o'qitiladi. Umumiyta`lim ta'lim maktablarining V - IX sinflarida O'zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlardan XX asr boshlarigacha bo'lgan davri o'rganiladi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o`rganishga qo'yilgan talablar (V - IX sinflar) o'quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanish darajalariga mos bo'lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o'quv fani ikki yo'nalishni tashkil etadi: Jahon tarixi va O'zbekiston tarixi. V-sinflar uchun tayyorlangan «Tarixdan hikoyalar» darsligi eng qadimgi davrlardan shu kunlargacha bo'lgan ayrim epizodik lavhalarni o'z ichiga oladi. VI - IX sinflarda davriy izchillik bilan insoniyat paydo bo'lgan eng qadimgi davrdan XX asr boshlarida ro'y bergan voqea-hodisalar, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar tarixi quyidagi tartibda o'rganiladi: VI-sinf: Tarix o'quv fani asosiy predmet sifatida o'rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodiy V asrning ikkinchi yarmigacha bo'lgan davrdagi jahon va O'zbekiston tarixi o'rganiladi. VII-sinf: O'zbekiston tarixi - mamlakatimiz tarixining IV asridan XVI asrigacha bo'lgan davrini qamrab oladi. Jahon tarixida dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo'lgan davri o'rganiladi. VIII-sinf: O'zbekiston tarixi - tariximizning XVI asridan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan davri o'rganiladi. Jahon tarixida esa XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan davr o'rganiladi. IX-sinf: O'zbekiston tarixi - XIX asrning ikkinchi yarmidan 1920-yilgacha bo'lgan davr tarixi bilan tanishtiradi. Jahon tarixi XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarigacha bo'lgan davr voqealarini o'z ichiga oladi. Eng yangi davr tarixini izchillikda o'rganish o'rta maxsus ta'limi muassalarida davom ettiriladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling