1 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana09.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#262870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
tarix fanidan testlarning tuzish uslublari



 

O'rta  maxsus  ta'lim  bosqichida  1-kurs  o'quvchilari  O'zbekiston  tarixining 

1917  -  1991-yillardagi  voqealarini  o'rgansa,  2-kursda  1991  -yildan  hozirgi 

kunga qadar bo'lgan mustaqil O'zbekiston tarixini o'rganadilar. Jahon tarixida 

esa  1918-yildan  1945-yilgacha  bo'lgan  davr  tarixi  1-kursda  o'qitilsa,  1945-

yildan  hozirgi  kunga  qadar  jahonda  sodir  bo'lgan  voqealar  tarixi  2-kursda 

o'qitiladi. 

O'quvchilar  tarixiy  hodisalarning  mazmunini  bilishdan  tashqari,  tarixiy 

voqealarni  bir-biri  bilan  taqqoslay  olishlari,  mustaqil  fikr  yuritib,  ularga  baho 

berishlari,  voqealar  mohiyatini  tushuntira  bilishlari,  yozma  ifodalay  olishlari 

zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni 

ijodiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur. 

Hozirgi  kunda  test  sinovida  tayyorgarlik  ko'rayotgan  o`quvchilarga 

nisbatan  qo'yilayotgan  talab  bir  qadar  oshirilmoqda.  Bunga  o'quvchilarning 

bilim  saviyasida  yildan  yilga  o'sish  kuzatilayotganligi  asosiy  sabablardan 

biridir.  Davlat  test  markazi  oliy  o'quv  yurtlariga  kirish  testlarini  Xalq  ta'limi 

vazirligi va O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tavsiya etilgan 

darsliklar  (so'nggi  yillarda  chop  etilgan)  asosida  tuzmoqda.  Ushbu  darsliklar 

oldingilariga  qaraganda  ancha  soddalashtirilgan  bo'lsa-da,  bu  test 

savollarining  ham  soddalashib  ketishiga  olib  kelmaydi.  Buning  sababi 

shundaki, DTM tomonidan testga qo'yilgan talablar mavjud bo'lib, unga ko'ra, 

savolda berilgan to'rtta javobning bittasi to'g'ri bo'lsa, noto'g'ri uchta alternativ 

javoblar  ham  to'g'ri  javobga  juda  yaqin  keladi.  Ularning  ichidan  to'g'risini 

tanlash  uchun  o'quvchidan  kuchli  bilimdan  tashqari,  zukkolik,  mantiqiy  to'g'ri 

fikrlash va test yechishdagi tajriba talab qilinadi.  

Turli  jabhalarda  qo`llanilayotgan  test  usuli  o`quvchilar  bilimini  aniqlab 

beruvchi  sinov  turidir.  Uning  afzalligi  jarayonning  adolatliligi,  xolisligi 

hisoblanadi. 

Test sinovlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi 

Davlat  test  markazi  o’tkazadi.  Uning  huquqiy  asoslari  esa  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004  yil  24  iyundagi  "O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat  test  markazi  faoliyatini 

takomillashtprish to’g’risida"gi 293-sonli qarori, 2010 yil 18 iyundagn 118-sonli 

qarori  bilan  tasdiqlangan  "Oliy 

ta’lim  muassasalarining  bakalavriatiga 

talabalarni qabul qilish tartibi 

to’g’risida"gi va O’zbekiston Respublikasi Adliya 

vazirligidan  2011  yil  8  iyulda 

ro’yxatdan  o’tgan  2245-sonli  "O’zbekiston 

Respublikasi  oliy  ta’lim  muassasalarining  bakalavriatiga  talabalarni  qabul 

qilishda  test  sinovlarini  o’tkazish  tartibi  to’g’risida"gi  Nizomlarda  belgilab 

qo’yilgan. 




 


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling