1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini


Download 267.44 Kb.
bet23/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari. Agar uning qarashlari tizimi ong birligiga tayansa, inson dunyo haqida bir butun tasavvur hosil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, dunyoqarashni shakllantirish shaхsning intellektiga, irodasiga, his-tuyg’usiga, uning amaliy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari: intellektual tarkibiy qism, ijobiy emosional holat, amaliy faoliyat sohasi, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi
Pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhim omili sifatida aks etadi.Dunyoqarashni shakllantirishning muvafaqqiyati ko’pincha, o’quvchilarning o’qituvchiga ishonchiga asoslanadi


90. Oila tarbiyasining xuquqiy asoslari (OIla kodeksi)
91. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va ulami ta’lim jarayonida qoTlashning didaktik imkoniyatlari
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi», didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o’qituvchi va o’qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?” “qanday o‘qitish?” “qayerda o‘qitish” kabi savollarga javob izlaydi
Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati), ularning o’zaro harakati aks etadi.


92. Pedagogik mahorat asoslari fanining vujudga kelishi tarixi
Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo’lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog`liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, ma’naviy qiyofasini ham yo’qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo’ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo’lganligining o’zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho’qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YUNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e’lon qilindi. A.S.Makarenko bo’lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o’rganishi zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin». Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo’lgan ilg`or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish prinsipining o’ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog`liq bo’lgan bilimlarni tanlab, ularni o’zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o’quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o’rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi. Pedagogik faoliyat bu mazmunini o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish tashkil qilgan faoliyatdir. Shuni yodda tutish kerakki, pedagogik faoliyat bu bir tomonlama emas, balki ikkitomonlama (hamkorlikdagi) faoliyatdir. Unda ikkita faol tomon ishtirok etadi: o’qituvchi – o’quvchi (o’quvchi). Maqsad – o’quvchi, o’quvchi shaxsi, uning rivojlanishidir. Mohir pedagog deb ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkillay oladigan, buning uchun o’quvchi psixologiyasini yaxshi bilgan, o’zida pedagog uchun zarur bo’lgan kasbiy fazilatlarni mujassam etgan, ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar qonuniyatlari asosida samarali tashkillay oladigan va olib boradigan pedagogga ayta olamiz (shu sababli pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanlari bir o’quv faniga birlashtirilgandir)



Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling